O’zbekiston Markaziy Osiyo geosiyosiy maydonida asosiy davlat




Download 26.18 Kb.
bet1/2
Sana22.07.2021
Hajmi26.18 Kb.
#15474
  1   2

Allayorov Isroil Xaykalovich Nizomiy nomidagi TDPU

O’zbekiston Markaziy Osiyo geosiyosiy maydonida asosiy davlat


Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy - iqtisodiy qarorlar qabul qilishda orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishini alohida ta’kidlab o’tganlar. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi va bu ishlar davom ettirilmoqda. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning oqibatlarini xavfsizlik nuqtai-nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda.

Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham o’ylantirgan. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin”.

Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bir gurux kuzatuvchilar.Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi u xalqlarni asoratga solishning boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi. "XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - deydu Xo’jazod.

Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi."1990-yillarning oxiri, 2000-yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi. Region mamlakatlarining asosiy qismi Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev.

Yevropa xalq partiyasi» prezidenti siyosiy maslahatchisi Xorxe Mestre-Xordaning (Ispaniya strategik tadqiqotlar instituti) fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlikning asosini tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan jipslashgan tashqi siyosat tashkil qiladi.Ukrainadagi voqealar sababli Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar darajasida pasayish kuzatildi. Bundan tashqari, sobiq ittifoq davlatlari, jumladan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqiga a’zo-davlatlarning Rossiyaga nisbatan ishonchsizligi ortmoqda. Ular o‘rtasida masofa saqlashga harakat qilmoqda. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning dengizga chiqish yo‘li mavjud emas, u bevosita Xitoy va Rossiya yaqinida joylashgan, shuningdek Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.Ma’lumki, O‘zbekiston Rossiya va mintaqa bo‘ylab boshqa qo‘shni davlatlar bilan umumiy tarixga ega. Shunga qaramay, mamlakatning har qanday shakldagi tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan tashqi siyosati siyosiy barqarorlik kafolatining asosi sifatida xizmat qilmoqda.Ukraina va Qrimdagi so‘nggi voqealar Markaziy Osiyo davlatlarining ma’lum darajadagi xavotiriga sabab bo‘ldi, shuningdek ushbu mintaqadagi davlatlar to‘rtta yadroviy mamlakat (Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston) bilan o‘ralgan dunyodagi yagona hududlardir.O‘zbekiston sobiq ittifoqning boshqa davlatlari uchun namuna sifatida xizmat qila oladi, chunki u barcha yirik davlatlar bilan teng masofada shakllantirilgan ko‘p asrlik tashqi siyosatini saqlab qolishga erishdi.1991 yilda mustaqillika erishgan paytidan boshlab O‘zbekiston (qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan farqli tarzda) Xitoy foydasiga strategik tanlovni amalga oshirmadi va Rossiya geosiyosati kun tartibiga ham qo‘shilmadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston da’volariga qaramay) Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga kirmadi.So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyoti va mahsulot bozorlarini diversifikatsiya qilishga urinmoqda. Muvozanatlashgan tashqi siyosat va yetarlicha tabiiy resurslar zaxiralari tufayli mamlakatimiz biron marotaba tashqi aralashuvlarga to‘qnash kelmadi. Biroq, hech bir mamlakat to‘liq himoyalana olmaydigan tahdidlar ham mavjud

Geografik nuqtai nazardan O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan qalqon shaklidagi davlatlar bilan yaxshi himoyalangan. Biroq, bu holat o‘zini to‘liq himoyada his qilishga asos bo‘lmaydi, chunki Rossiya Qirg‘iziston va Tojikistonda harbiy bazalarga ega. Janubda esa O‘zbekiston turli terrorchilik guruhlari uchun bandargohga aylangan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bundan tashqari, O‘zbekiston ochiq dengiz yo‘llariga chiqa olmaydi va Yevropa hamda Osiyodagi boshqa davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikka kirishish imkonini beradigan infratuzilma tarmog‘iga muxtoj.Beqarorlik xususidagi turli taxminlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi vaziyat barqaror bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda jahonning ko‘plab davlatlari mintaqadagi mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik borasida ijobiy tajriba to‘plashga erishdi. Shu ma’noda, O‘zbekiston muammolarni hal qilish va qo‘shni davlatlar bilan nizolarga barham berish yo‘lida ogohlantiruvchi diplomatiyaga tayanmoqda.Si Szinpin rahbarligi ostida Markaziy Osiyoda Xitoy tashqi siyosatining faollashishi mintaqada Rossiyaning ta’siriga qarama-qarshi kuch sifatida xizmat qilmoqda... Energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj tufayli Pekin energetik masalada mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor.

O‘zbekistonning mintaqadagi barqarorlikka sodiqligi quyidagi asosiy jihatlardan iborat bo‘lgan «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi» orqali izohlanadi:
1. O‘zbekiston mamlakatdagi milliy manfaatlarga zid kelmaslik sharti bilan ittifoqlar va tashkilotlarda ishtirok etish huquqini o‘zida qoldiradi.



Download 26.18 Kb.
  1   2




Download 26.18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Markaziy Osiyo geosiyosiy maydonida asosiy davlat

Download 26.18 Kb.