O’zbekiston milliy universitet harbiy tayyorgarlik o’quv markazi sikl boshlig’i Annotatsiya




Download 133,05 Kb.
bet2/2
Sana15.01.2024
Hajmi133,05 Kb.
#137752
1   2
Bog'liq
Raximov Rustam
2-mavzu, Jamiyat mavjud bo\'lishi shakllarining xilma xilligi, Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda, to\'reeva ayxadicha, 4-АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ, 1-2-Amaliy mashgulot (2), O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t, boshlangich sinf matematika darslrida mantiq elementlari (1), 1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1, Valyuta tizimi tushunchasi. Milliy valyuta tizimi va uning eleme, ANDIJON VILOYATI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI, antivirus, 1New INFORMATIKA Majmua 2016 OXIRGI, magnitli ishga tushirgich, RAHIMOV UMRZOQ 2
WDMli tizimlarning blok sxemasi. Quyidagi rasmda WDM li tizimlarning asosiy sxemasi ko‘rsatilgan:

1-rasm. WDM li tizimlarning asosiy sxemasi
Tizimning uzatuvchi qismi turli manbalardan kirishdan ma‘lumotlar oqimi (tashuvchining to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan kodlangan raqamli impulslar raqamli ketma-ketligi)ni qabul qiladi. Bunday oqimlar mos keluvchi interfeyslarda (Int) qayta ishlanadi va optik modulyatorlar (M) yordamida tashuvchisi modulyatsiyalanadi. To‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan modulyatsiyalangan optik tashuvchilar WDM MUX multipleksorlari yordamida modulyatsiyalanadi va kuchaytiriladi. Undan keyin esa chiqishdagi agregat oqimlar tolaga uzatiladi. Qabul qiluvchi qismda esa tola chiqishidan oqim qabul qilinadi va kuchaytiriladi, demultipleksorlanadi ya‘ni to‘lqin tashuvchiga ega bo‘lgan oqimlarga ajratiladi, detektorlanadi (Dgs), kirishdagi filtr esa o‘zaro o‘tuvchi shovqinlarni kamaytirish va detektorlashda shovqin bardoshlikni oshirish uchun qo‘llaniladi va DM yordamida demodulyatsiyalanadi ya‘ni chiqishda kodlangan boshlang‘ich impulslar ketma-ketligi hosil bo‘ladi.
WDM sinflari. WDM multipleksorlari uch turga bo‘linadi: odatdagi WDM; zichlashgan WDM; yuqori zichlashgan WDM. Shu paytgacha bunday multipleksor turlarining orasida aniq bir bo‘lingan chegara yo‘q edi, lekin Alkatel kompaniyasi mutaxassislari tomonidan WDM tizimlarini qayta ishlash uchun ayrim chegaralar muvjud va G.692 standarti bo‘yicha kanal rejasi bilan bog‘liq ya‘ni ―to‘lqin rejasi yoki chastotaviy reja‖ deb ataladi.
Shunga bog‘liq holda to‘lqinli yoki chastotaviy kanal rejasining shkalasi qo‘llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • 200 GGtsdan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi WDM tizimlari, ular 16 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi;

  • 100 GGtsdan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi DWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi;

  • 50 GGts dan kam bo‘lmagan kanallarni chastotaviy ko‘chiruvchi HDWDM tizimlari, ular 64 tadan ko‘p bo‘lmagan kanallarni multipleksorlash imkonini beradi.

WDM texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari. WDM texnologiyasi quyidagicha afzalliklarga ega:

  • kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yuqoriligi;

  • ma‘lumotlarni uzatish tezligining yuqoriligi (10 Gbit/sgacha);

  • bitta tola orqali trafiklarni ikki tomonlama uzatish imkoni;

  • tor oraliqli, yarim o‘tkazgichli lazerlardan foydalanish imkoni (spektrning nurlanish kengligi 0.1 nm);

  • keng polosali kuchaytirgichlardan va yaqin kanallarni ajratishda optik filtrlardan foydalanish; qo‘llaniladigan multipleksor va demultipleksorlarning narxini arzonligi.

WDM texnologiyasi quyidagicha kamchiliklarga ega:

  • yaqin chastotalarni qo‘llaganda DWDM tizimlarining eng qimmatbaho elementlaridan biri bo‘lgan, ishlab chiqaradigan nurlar yuqori mo‘tadilli to‘lqin uzunligi bo‘lishini ta‘minlovchi tor oraliqli yarim o‘tkazgichli lazerlarni talab qilishi;

  • multipleksor/demultipleksorlarda signal quvvatlarini zaiflashishi;

  • ko‘p hollarda WDM qurilmalarini va vaqtli multipleksorlash qurilmalarini ishchi to‘lqin uzunliklariga mos kelmasligi;

  • kommutatsiya tugunlarining sifatini pastligi; sanoat standartlarining mavjud emasligi;

  • ma‘lumotlarni uzatishda turli texnologiyalarning ma‘lumotlarini multipleksorlash lozimligi tufayli boshqarish muammolarining yuzaga kelishi;

  • bir nechta tashuvchilarni bir vaqtda uzatish, nafaqat signalni zaiflashishiga balkim uni buzilishiga va boshqa kanallarning signallarini o‘tishiga ham olib keladi.

Tolali optik kabellar radio to’lqin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qoʻllab, darxol ruxsatsiz tashqaridan eshitilaѐtgan aloqa kanalini oʻchirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin.
Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qoʻllovchi tizimlar tebranishlarga, bosimni ozgina ogʻishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Hukumat, bank va maʼlumotlar himoyasiga yuqori talablar qoʻyiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Guide to WDM Technology Testing, 2nd ed., EXPO Electro-Optical Engineering, Inc., Quebec City, Canada, 2000

  2. Оптик алоқа асослари: ўқув қўлланма/ Г.Х. Миразимова, т.ф.н., доцент Р.И. Исаев масъул мухаррирлиги остида.-ТАТУ, 2006.

  3. Н. В. Никоноров, А. И. Сидоров Материалы и технологии волоконной оптики: специальные оптические волокна. Санкт-Петербург 2009

  4. Юусов Н.Ю ―Оптик алоқа асослари‖ дарслик. Тошкент 2009.

Download 133,05 Kb.
1   2




Download 133,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston milliy universitet harbiy tayyorgarlik o’quv markazi sikl boshlig’i Annotatsiya

Download 133,05 Kb.