|
O'zbekiston pochtasi
|
bet | 2/9 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 22,92 Kb. | | #155007 |
Bog'liq 1-amaliy ishPochta jo'natmalari deb, pochta qoidalari bo'yicha o'ralgan va ras-miylashtirilgan jismlarga, shuningdek, belgilangan manzilga jo'natish va oluvchiga topshirish uchun pochta aloqasi korxonasiga topshirilgan nashriy matbuotlarga aytiladi.
Ma'lum vaqt oralig'ida qabul qilingan, ishlov berilgan, jo'natilgan va belgilangan manzilga topshirilgan pochta jo'natmalarining soni pochta almashish deyiladi.
O'zbekiston ichida jo'natish uchun mo'ljallangan pochta jo'natmalari ichki, chet davlatlarga jo'natiladigan yoki chet davlatlardan keladigan pochta jo'natmalari esa xalqaro pochta jo'natmalari hisoblanadi.
Alohida olingan pochta aloqasi korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini ko'rib chiqishda chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta almashishlar farqlanadi.
Chiqayotgan pochta almashinuvi pochta aloqasi xizmatidan foydalanuvchilardan belgilangan manzilga jo'natish uchun qabul qilin-gan pochta jo'natmalaridan iborat. Ular mahalliy va boshqa shaharlarga jo'natiladigan jo'natmalarga ajratiladi. Bitta shahar, tuman markazi yoki shahar tipidagi punkt chegarasida, qishloq joylarda esa — bitta aloqa korxonasi ko'rsatayotgan hudud chegarasida jo'natiladigan va yetkazib beradigan pochta jo'natmalari mahalliy; yuqorida ko'rsatilgan hudud- lardan tashqariga jo'natiladigan va yetkaziladigan jo'natmalar boshqa shaharlarga yuboriladigan pochta jo'natmalari hisoblanadi.
Kirayotgan pochta almashinuvi oluvchilarga topshirish uchun pochta aloqasi korxonasiga kelib tushgan pochta jo'natmalaridan iborat.
Tranzit pochta almashinuvi korxonaga boshqa pochta aloqasi kor- xonalaridan ishlov berish va belgilangan manzil bo'yicha yana jo'natish uchun kelib tushgan pochta jo'natmalaridan tashkil topgan.
Aloqa korxonasi umumdavlat aloqa tarmog'i tizimidagi alohida ish-lab chiqarish birligi hisoblanib, ma'lumotlarni uzatish jarayonini tashkillashtiradi. Aloqa xizmatlarining barchasini yoki bir necha turini taqdim etuvchi aloqa korxonasiga birlashgan aloqa korxonasi deyiladi. Agar bunday korxona o'ziga bo'ysunuvchi aloqa bo'limlariga ma'muriy (tuman, okrug, shahar aloqa tugunlari farqlanadi).
Faqat ma'lum bir tipdagi xizmatni ko'rsatishga moslashtirilgan aloqa korxonasi ixtisoslashtirilgan aloqa korxonasi deb ataladi. Bunday korxonalarga pochtamtlar, pochta tashish bo'limlari (PTB), temir yo'l qoshidagi pochtamtlar (TYQP) kiradi.
Pochtamt barcha tipdagi pochta jo'natmalarini qabul qilish, ishlov berish, egalariga topshirish ishlarini, o'ziga bo'ysunuvchi aloqa korxonalariga rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, telegraf va telefon aloqasi xizmatlarini ko'rsatadi. Belgilangan pochta yo'nalishlari bo'yicha pochta tashish, tranzit pochta jo'natmalariga, ayrim hollarda esa chiqayotgan pochta jo'natmalariga ishlov berishni PTB amalga oshiradi. Chiqayotgan, kirayotgan va tranzit pochta jo'natmalariga ishlov berish bo'yicha PTB va shahar aloqa tuguni vazifalarini,
s huningdek, pochta jo'natmalari to'plamini qabul qilish va berish ishlarini TYQP o'zida mujassamlantiradi.
Pochta jo'natmalari qanday joylanganligiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: xatlar, pochta varaqchalari (kartochkalari), banderollar, sekogrammalar, jo'natmalar, pul o'tkazmalari va tezkor pochta jo'natmalari.
Xat — konvertda (xatjildda) jo'natiladigan yozma xabar. Xatda shuningdek, hujjatlar, otkritkalar, fotosuratlar, chizmalar va boshqalar jo'natilishi mumkin.
|
| |