• Tezkor pochta jonatmasi
  • Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar




    Download 22,92 Kb.
    bet5/9
    Sana12.02.2024
    Hajmi22,92 Kb.
    #155007
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-amaliy ish

    Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar— massa chegarasi 2 kg, o'lchamlari: 110X220, 114X162, 162X229, 229X324, 250X353 mm.
    Pochta varaqchalari (oddiy va buyurtmali) - o'lchamlari 115X148 mm.
    Banderollar— massasi ko'pi bilan 2 kg, bitta kitob solinganda — 3 kg, maksimal o'lchovlari: uch tomonining biri (uzunligi, eni, balandligi) 36 sm, uch tomonining o'lchamlari yig'indisi 65 sm dan oshmasligi kerak. Naysimon qilib o'ralgan banderollar uzunligi 70 sm, diametri 15 sm. Ayrim hollarda naysimon qilib o'ralgan banderollar, ichiga solingan jo'natmani bukish mumkin bo'lmasa (xaritalar, chizmalar va h.k. lar), 1,5 metrgacha uzunlikda qabul qilinishi mumkin. Minimal o'lchamlari: bir tomoni 10 sm, ikkinchi tomoni kamida 5 sm (qalinligi har qanday minimal o'lchamda bo'lishi mumkin), naysimon qilib o'ralganda uzunligi 10 sm, diametri 5 sm.
    Sekogramma— maksimal massasi 7 kg, chegaraviy o'lchamlari: uzunligi, eni va qalinligining yig'indisi — ko'pi bilan 90 sm, eng katta o'lchami 60 sm. Rulonlar uchun — uzunligi va ikkilangan diametri yig'indisi — 104 sm dan katta bo'lmasligi; eng katta o'lchami 90 sm. Minimal o'lchamlari: 14X9 sm; rulonlar uchun — uzunligi va ikkilangan diametri yig'indisi — 17 sm dan oshmasligi; eng katta o'lchami — ko'pi bilan 10 sm.


    Jo'natmalar— eng katta massasi 20 kg, maksimal o'lchamlari 50X50X40 sm. Eng katta ko'ndalang kesimining perimetri (aylanasining uzunligi) 1,5 metrdan oshmagan taqdirda, uzunligi 2 metrgacha bo'lgan buyumlardan iborat alohida jo'natmalar qabul qilinishi mumkin. Minimal o'lchamlari: bir tomonining uzunligi 10 sm va qolgan har bir tomonlarining uzunligi kamida 5 sm dan.


    Tezkor pochta jo'natmasi— massaning yuqori chegarasi 31,5 kg. Barcha o'lchamlar 150 sm dan oshmasligi kerak. Uzunligi va perimetri (eng katta aylana bo'ylab uzunligi)ning summasi ko'pi bilan 300 sm.

    O'lchamlari 114X162X5 mm, 110X220X5 mm bo'lgan pochta konvertlariga solingan va massasi 20 g dan oshmagan xatlar standart yozma korrespondensiyalariga kiradi.


    Banderolning belgilangan maksimal massasidan 100 g oshib ketishiga ruxsat etiladi.

    Jo'natmaning biror tomoni o'lchami 50X50X40 sm dan oshib ketsa, u katta o'lchamli (katta gabaritli) deyiladi.


    Jo'natmaning massasi 10 kg dan oshiq bo'lsa, u og'ir vaznli deyiladi. 20 kg gacha og'ir vaznli jo'natmalarni qabul qilish va berish pochta aloqasi tashkilotlari tomonidan shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan pochta aloqasi obyektlarida amalga oshiriladi.
    M assasi 3 kg, katta tomonining uzunligi 35 sm dan oshmaydigan, uch tomonining uzunliklari yig'indisi 65 sm dan oshmaydigan jo'natmalar kichik jo'natmalar deyiladi.
    Pochtani tashish uchun maxsus tara (idish) ishlatiladi: yozma kor-respondensiya va banderollar uchun zig'ir tolasidan tikilgan qoplar; qiy-mati e'lon qilingan pochta jo'natmalari va kichik jo'natmalar uchun charm va brizent xaltalar, qutilar; nashr mahsulotlari uchun — qog'oz yoki zig'ir tolali qoplar.

    O'zbekiston Respublikasi ichida jo'natilayotgan jo'natmalar solingan xalta va qutilarning massasi 40 kg dan oshmasligi, korrespondensiya va gazetalar solingan qoplarning chegaraviy massasi — 15 kg, jo'natmalar va boshqa xil pochta joylangan konteynerlar — 1000 kg dan oshmasligi kerak.


    Xorijga jo'natilayotgan korrespondensiya solingan qoplarning mak-simal massasi 30 kg, jo'natmalar solingan qoplarniki esa 40 kg bo'lishi kerak.


    Davlat standarti pochta varaqchalarining ko'rinishi va o'lchamlarini belgilab beradi. Texnik talablarga ko'ra, varaqchalar to'g'ri burchakli bo'lishi, tomonlarining perpendikularlikdan chetlanishi ±1 mm dan osh-masligi, varaqchalar cheti tekis qilib qirqilgan bo'lishi lozim. Pochta varaqchalari tayyorlash uchun №0 tipografik silliq qog'oz, №1 ofset silliq qog'oz, fotograflk, qalin qog'oz qo'Ilaniladi.


    Konvertlar va pochta varaqchalariga pochta markalarini va kod


    kiritish hamda solishtirib o'qish maxsus belgilarni joylashtirish uchun
    ni sbatan qat'iy talablar qo'yiladi. Bunga sabab avtomatlashtirilgan shtamp bosuvchi va saralovchi mashinalarning tanlab olish qurilmasi uchun bu belgilar mo'ljal bo'lib xizmat qilishidir.
    Hozirgi paytda, pochtada yozma korrespondensiyalarga ishlov berish hajmi sezilarli darajada kamaygan bir sharoitda, uning tuzilishi o'zgarib bormoqda. Xalqaro va xizmat xatlarining hissasi oshib bormoqda. O'lchami 110X220 mm bo'lgan konvertlarga va derazachali konvertlarga talab paydo bo'lmoqda. Mashinada yozish usulida rasmiylashtirilgan va kodli shtampi to'ldirilgan korrespondensiyalar hissasi oshib bormoqda.

    Bunday vaziyatni hisobga olib, yozma korrespondensiyalarni rasmiy-lashtirish, manzil yozish va kodlash qoidalarini, shuningdek, konvertlarning o'lchamlarini Xalqaro pochta aloqasi (XPA) hujjatlarida ko'rsatilgan talablarga moslashtirish bo'yicha qaror qabul qilingan. Yangi standartlarni joriy qilish bilan bir vaqtda konvertlar va pochta varaqachalari ustiga manzil yozish, kodlash va rasmiylashtirish bo'yicha qo'llanma texnik materiallar chiqarilgan.


    XPA hujjatlarida ko'rsatilgan talablar bo'yicha manzil va texnologik ma'lumotlar yoziladigan joyni o'zgartirish ko'zda tutilgan. O'lchamlari 110X220 mm, 169X220 mm va 229X324 mm bo'lgan, oluvchining manzili uchun mo'ljallangan bir derazachali, shuningdek, ikki derazachali konvertlarni joriy qilishning maqsadga muvofiqligi ko'rib chiqilgan.


    Bunday konvertlarni joriy etish katta miqdorda korrespondensiyalarni xizmat qog'ozlarda (banderollarda) jo'natuvchi tashkilot va jismoniy shaxslar uchun yozma korrespondensiyalarni rasmiylashtirishni yengillashtiradi.





    Download 22,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 22,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oddiy, buyurtmali va qiymati e'lon qilingan xatlar

    Download 22,92 Kb.