ikki hafta muddatda 2024-yil uchun yildan yilga o‘tuvchi qurilish obyektlarining manzilli ro‘yxatini belgilangan
tartibda tasdiqlanishini;
xarid qilish tartib-taomillari yakunlanganidan so‘ng
o‘n kun ichida
yil uchun yangidan boshlanadigan loyihalaming manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
v)
ikki oy muddatda 2024-yilda yangidan boshlanadigan loyihalar bo‘yicha belgilangan tartibda tanlov (tender) hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, xarid qilish tartib-taomillarini yakunlash va tanlov (tender) g‘oliblari bilan pudrat shartnomalari tuzilishini;
g)
2024-yil 15-fevralga qadar Dastuming
asosiy parametrlarini bajarish, shu jumladan loyihalar bo‘yicha kapital qo'yilmalami o‘zlashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarini choraklar kesimida tasdiqlab, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin. Bunda:
2024-yilning birinchi yarim yilligida barcha loyihalar bo‘yicha yillik rejalashtirilgan o‘zlashtirish hajmlarining kamida
40 foizi, shu jumladan yildan- yilga o‘tuvchi loyihalar bo‘yicha kamida
50 foizi bajarilishini;
|
Avtwr.obLl yollari qa’attasL
|
KR: 17-152
|
2024-vil 1-fevral
|
2024-yilda yakunlanadigan avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgich
obyektlarini - 1-dekabrga qadar foydalanishga topshirilishini ta’minlansin;
d)
har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 3-sanasiga qadar Dasturdagi har bir loyihaning asosiy parametrlari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlami Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etib borsin.
Dastuming 20-ilovasiga asosan 2024-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan avtomobil yo‘llari obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi ta’minlansin.
Avtomobil yo‘llarida qurilish ishlarini tashkil etish boshqarmasi (I.Xojiyev), Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi (F.Kasimov), “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK (D.Isaev) 15 kun muddatda markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatini Qo‘mitaning tegishli boshqarmalari bilan kelishish ishlarini kapital.imv.uz platformasiga integratsiya qilinishi ta’minlansin.
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK va Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasalari, loyiha tashkilotlari tomonidan:
yangidan boshlanadigan har bir loyihaning texnik topshirig‘i, loyiha ishlab chiqilishi jarayonida qabul qilinadigan texnik yechimlar (trassa rejasi, yo‘l to‘shamasi
konstruksiyalari, transport yechimlari);
obyektlaming manzilli ro‘yxatlari qat’iyan Qo‘mitaning tegishli boshqarmalari bilan o‘matilgan tartibda kelishilgandan so‘ng tasdiqlanishi ta’minlansin.
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari, Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati davlat muassasalari hamda bosh pudratchi korxonalar rahbarlariga dastuming maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlarda belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq amalga oshirilishini, shuningdek, ajratilgan mablag‘lami maqsadli hamda samarali sarflanishini ta’minlashga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Avtomobil yo‘llarida qurilish ishlarini tashkil etish boshqarmasi (I.Xojiyev), Hududiy yo‘llami ta’mirlash va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish monitoringi boshqarmasi (S.Jo‘raev), Sanoatni rivojlantirish va yo‘l texnikalaridan foydalanish boshqarmasi (J.G‘ofurjonov):
buyurtmachilar tomonidan obyektlaming manzilli ro‘yxatini shakllantirish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, bosh pudratchi
tashkilotlami aniqlash, pudrat shartnomalami tuzish, qurilish-montaj ishlarini sifatli hamda shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlarda bajarilishi monitoringini yuritish;
dastur parametrlarining ijrosini tizimli ravishda joyiga chiqqan holda o‘rganish, joylarda yuzaga kelgan
muammolami tezkor hal etish, qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan pudrat korxonalar mas’ullariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish, mavjud asosiy vositalar hamda imkoniyatlardan to‘liq va samarali foydalanish hamda qurilish-montaj ishlari yakunlangan obyektlami foydalanishga topshirish choralarini ko‘nsh ta’minlansin.
Ijro intizomi va ishlar boshqarmasi (A.Salimov) ushbu buyruqni Qo‘mitaning tegishli boshqarmalari va barcha tarkibiy korxona va tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlasin.
Mazkur buyruqning ijro nazorati raisning birinchi o‘rinbosari Sh.Nazarov hamda rais o‘rinbosari-bosh muhandis O.Adilov zimmalariga yuklatilsin.