O`zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali komp`yuter injiniringi fakul`teti




Download 189,37 Kb.
bet27/31
Sana21.05.2024
Hajmi189,37 Kb.
#247685
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali fayllar

HAYoT FAOLIYaTI XAVFSIZLIGI

Favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta`minlashning tashkiliy huquqiy 

aspektlari 
Zamonaviy ijtimoiy-ekologik sharoit favqulodda holatlarning ekologik 
natijalari keskinlashuvining aniq va barqaror obektiv tendentsiyalarning
mavjudligini xarakterlaydi. Asosiy ekologik talofat manbalari avariya va 
katastroflardir. Bularga har xil tabiat hodisalari, jumladan suv toshqini, uraganlar,
tayfunlar, to`lqinlar, to`fonlar, quyunlar, girdoblar, kuchli va uzoq yog`adigan 
yomg`irlar, zil – zilalar, qirg`oqlarning o`pirilishi, tog`dagi qor ko`chkilari va
boshqalar. Avariya va katastroflardan tashqari atrof muhitga har xil ifloslantiruvchi 
kimyoviy, radioaktiv, biologik narsa va materiallar tashlash oqibatida ekologiya
buzilishiga olib keluvchi faktorlar yuzaga kelmoqda. 
Respublikada ro`y berishi mumkin bo`lgan ofatlar, avariyalar va falokatlardan
xulosa qilgan holda Vazirlar Mahkamasining 27.10.98 kuni 
№ 455 sonli
"Favqulotdagi vaziyatlarning tasnifi va ularga xarakteristika" qarorida bo`yicha 
quyidagi vaziyatlarni aniqladi:
Favqulodda vaziyatlar - bu insonlar qurbon bo`lishiga, sog`ligiga yoki atrof 
muhit zararlanishiga, moddiy zarar ko`rishiga, hamda odamlar hayot faoliyatining
buzilishiga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan falokatlar, ofatlar yoki favqulodda 
vaziyatlar natijasida ma`lum hududda sodir bo`lgan voqealar.
Ma`lumki, fuqarolar muhofazasi umumxalq mudofaa ishlaridan biri 
hisoblanadi. Hamma fuqarolar fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishda juda
faol ishtirok etishlarini taqozo etadi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro 
muhofazasi sohasidagi xuquqlari va burchlari O`zbekiston Respublikasining
«Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi (2000 y.) Qonunining 13 va 14 - moddalarida 
aniq ko`rsatib o`tilgan.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi xuquqlari quyidagilardan iborat: 
a)
o`z hayoti, sog`lig`i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi; 

b)
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish; 


v) harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o`zlari yo`liqishlari mumkin
bo`lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari ta`risida axborot olish; 
57


g) harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta`minlash


uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam 
ko`rsatiladi.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari quyidagilardan 
iborat:

fuqaro muhofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari; 


fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli 


tayyorgarlikdan o`tishlari;

fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish 

vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;



jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko`rsatishni bilishlari; 


davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi 


vazifalarni hal etishda ko`maklashishlari;
• fuqaro muhofazasi ob`ektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart. 
Yuqoridagi majburiyatlarni to`liq bajarilishi fuqarolar muhofazasi tizimini
mustahkamlanishini, 
jumladan
davlatning 
mudofaa
qudratini 
oshirishni
ta`minlaydi. 
Fuqaro muhofazasining xalq xo`jaligi tarmoqlarida tashkiliy tuzilishi
Fuqaro muhofazasining maxsus tadbirlarining bajarilishini ta`minlash hamda 
ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat,
tuman, shahar, shuningdek ob`ekt miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari 
tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo`shinlari, tizimlaridan 
tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy 
tuzilishi, shuningdek muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari O`zbekiston
Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig`i tomonidan belgilab qo`yiladi. 
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari
58



O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari ham


jalb etilishi mumkin. 
Favqulodda
vaziyatlar 
vazirligi
fuqaro

muhofazasining


qo`shinlari 
O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat:
a) zararlanish o`choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, 
radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
b) qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish; 
v) aholini va xalq xo`jaligi ob`ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
g) aholi hayot faoliyatini ta`minlash, ob`ektlarni tiklash ishlarini amalga 
oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini
bajarishdan iborat. 
Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan
tiklov ishlarini (QBTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish 
tamoyillariga ko`ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tizimlari bo`ysunishiga ko`ra - hududiy (viloyatlar, 
tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda ob`ekt (xalq xo`jaligi ob`ektlaridagi)
tizimlariga bo`linadi. 
Ob`ekt fuqarolar muhofazasining boshlig`i etib o`sha korxonaning yoki
tashkilotning boshlig`i tayinlanadi. 
Fuqarolar muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko`ra - umummaqsadli
hamda xizmatli tizimlarga bo`linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan 
o`choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus
tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar - qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam 
ko`rsatish, yong`inlarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik va ularni o`chirish, jamoat
tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka qutqazish, avariya va 
texnikalarni tiklash, himoya inshoatlarida xizmat ko`rsatish va boshqa maxsus
vazifalarni bajaruvchi tizimlariga bo`linadi (4.1-4.2 jadvallar). 
Fuqarolar muhofazasi tizimlariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18
59



yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar


qabul qilinadi, safarbarlik ko`rsatmasiga ega bo`lgan harbiy xizmatga mansublar, 
1, 2, 3- guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga to`lmagan bolalari bor
ayollar, ayni paytda 3 yoshga to`lmagan bolalari bor o`rta yoki oliy tibbiy 
ma`lumotli ayollar bundan mustasno.
Yuqorida ta`kidlab o`tilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday 
hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning
faoliyatini ta`minlash 
maqsadida
«O`zbekiston 
Respublikasi favqulodda
vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to`g`risida»gi 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli ( 1998 y.) qarori
qabul qilindi. 
Ushbu qaror O`zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning
oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning 
tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat ko`rsatish tartibini belgilab beradi.



Download 189,37 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 189,37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali komp`yuter injiniringi fakul`teti

Download 189,37 Kb.