Bizga ma`lumki, simli aloqa vositalari statsionar bo`lmagan foydalanuvchilar
ehtiyojlarini qondira olmaydi. Shu sababli simsiz aloqa yo`nalishiga ham katta
e`tibor bergan holda mobil aloqa operatorlariga o`zlarining tarmoqlarini ichki va
tashqi imkoniyatlaridan foydalangan holda qurishga keng yo`l ochib berildi.
Buning natijasida, hozirda bir qancha o`zaro raqobatdosh mobil aloqa
kompaniyalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu mobil aloqa operatorlari orasidagi
raqobat tufayli ko`rsatilayotgan xizmatlar narxi tushib, ularning turi ko`paymoqda.
Xizmatlar turini ko`paytirish uchun albatta tarmoqni yangi texnologiyalar
bilan jihozlash kerak. O`zbekistonda hozirda mobil aloqa tarmoqlarida
qo`llanilayotgan texnologiyalar ma`lumot uzatishning katta tezligini talab qiluvchi
xizmatlarni qo`llay olmaydi.
Ana shu muammolarni bilgan holda, ushbu bitiruv malakaviy ishimda aynan
mobil aloqa tarmoqlaridagi kirish tarmog`ining yangi texnologiyalaridan biri
bo`lgan LTE texnologiyasi arxitekturasi va ushbu texnologiya asosida kirish
tarmog`ini loyihalashtirish muammolariga bag`ishlangan masalalarni ko`rib
chiqdim.
Bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida LTE texnologiyasi asosida
mobil aloqa tarmoqlarini ikkita maqsad ya`ni maksimal qoplash yuzasini
shakllantirish
va
talab
qilinayotgan
sig`imni
ta`minlash
maqsadida
loyihalashtirishni ko`rib chiqdim. 2600 MGts chastota diapozonida, chastota va
vaqt bo`yicha dupleks rejimida ishlovchi LTE tizimi uchun energetik byudjetni
hisoblashga misol sifatida o`rtacha shahar qurilishi sharoiti uchun energetik
byudjetni hisoblash natijalari olindi va jadvalda aks ettirildi. Yuqori liniyada bitta
kafolatlangan ma`lumotlar uzatish tezligida eng yaxshi radioqoplash tizimi FDD
hisoblanadi. LTE tarmoqlarida FDD da 800 MGts chastota diapazonida bazaviy
stantsiyalar soni baholandi va olingan natijalar jadvalda aks ettirildi.
69
Bitiruv malakaviy ishimni bajarish jarayonida LTE tarmog`ining bir necha
afzalliklari mavjudligini aniqladim. LTE tarmog`ining eng muhim afzalliklari
quyidagilardan iborat:
radioresurslardan maksimal darajada effektiv foydalanish;
SAE birlamchi tarmoq arxitekturasi ancha yuqori tezlikdagi
ma`lumotlar uzatishni hosil qilishi;
SAE birlamchi tarmog`i arxitekturasi o`zini qanday tovushni uzatish
xizmatlarini taqdim etsa, xuddi shunday ma`lumotlarni paketli kommutatsiya qilish
texnologiyasi asosidagi barcha IP-xizmatlari majmuasini etkazib beruvchi LTE
tizimining PS-domeni sifatida taqdim qilinishi;
Paketli va kanallar kommutatsiyasi asosidagi mavjud 3GPP
tarmoqlaridagidan past bo`lmagan darajdagi foydalanuvchilarning xavfsizligini
(autentifikatsiya, identifikatsiya, ma`lumotlarni shifrlash) ta`minlash;
Autentifikatsiya va avtorizatsiya funktsiyasi abonentning haqiqatdan
ham ushbu tarmoqqa ruxsati mavjud ekanini tekshirish imkonini mavjudligi;
Abonentlarning xabarni qonuniy olish funktsiyasi davlat tashkiloti
vakiliga xususiy axborot (masalan, telefon so`zlashuvlariga, uzatilayotgan
ma`lumotlarga, SMS, MMS xabarlariga, elektron pochta xabarlariga) ga ruxsatni
taqdim etish imkonining mavjudligi;
foydalanuvchi autentifikatsiyasi va so`ralgan xizmatning berilish
mumkinligini tasdiqlash yordamida LTE tarmoq xizmatlaridan ruxsatsiz
foydalanishdan himoyalash;
muvaqqat idetifikatorlar va shifrlash kalitlari yordamida abonentlar
autentifikatsiyasi mahfiyligini ta`minlash;
shifrlash yordamida abonent ma`lumotlarini mahfiyligini ta`minlash;
signalizatsiya
xabarlarida
berilayotgan
ma`lumotlarning
autentifikatsiyasini taminlash;
tarmoqda mobil terminallar autentifikatsiyasini ta`minlash;
70
mobil terminalni identifikatsiyalash ya`ni mobil terminalning
tarmoqqa haqiqiyligini tekshirish o`g`irlangan yoki kamchiligi bor mobil
terminalni ishlatilishiga yo`l qo`ymasligi;
Roumingda mobil terminal identifikatsiyasi ahamiyatli ekanligi kabi
afzalliklari mavjudligini alohida ta`kidlash lozim.
Bizga ma`lumki hozirgi kunda aloqa kanallari iqtisodiyotimiz qon tomirlariga
aylanib bormoqda. Agar mobil kirish aloqa tarmoqlarini LTE texnologiyasini
qo`llagan holda modernizatsiya qilinsa, bu o`zining ijobiy natijalarini
iqtisodiyotimiz rivojida yaqqol aks ettiradi.
71