• Tekshirdi: ARIPOV I. M
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 306.28 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2023
    Hajmi306.28 Kb.
    #67529
      1   2   3
    Bog'liq
    3-topshiriq
    LinuxNotesForProfessionals, Kurundi bu kecha gulda munojat Zabon hol bilan kechdi muloqot, XAT null-06412 14082023 (1)

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Makroiqtisodiyot

    fanidan

    3-TOPSHIRIQ  

     

    Bajardi: 011-19 guruh talabasi Axmadov Behruz.

    Tekshirdi: ARIPOV I. M

    REJA

    • Milliy iqtisodiyot va uning tuzilishi
    • Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari
    • “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli

    Milliy iqtisodiyot va uning tuzilishi

    • Makroiqtisodiyotni o‘rganishda markaziy o‘rinni "milliy iqtisodiyot" tushunchasi egallaydi. Milliy iqtisodiyot - bu muayyan hududiy chegaralar doirasida tarixan rivojlangan takror ishlab chiqarish tizimi
    • Amerikali iqtisodchi olim Nobel mukofoti sovrindori Vasiliy Leontiyev milliy iqtisodiyot tushunchasiga eng umumiy holda quyidagi ta'rifni bergan: «Milliy iqtisodiyot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil faoliyatlardan iborat bo‘lgan o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim ».
    • Agar bu tushunchani yanada aniqlashtiradigan bo‘lsak, unda milliy iqtisodiyot mamlakatni ijtimoiy takror ishlab chiqarishning tarixan yo‘lga qo‘yilgan tizimi, xalq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan ijtimoiy mehnat shakllarini qamrab oluvchi sohalar va tarmoqlarning o‘zaro bog‘liq tizimi. Yagona iqtisodiy muhit umumiy xo‘jalik qonunchiligi, pul va moliya tizimi, iqtisodiy subyektlarning faoliyatini nazorat qiluvchi umumiy

    iqtisodiy tizim va yagona iqtisodiy markaz asosida shakillanadi. Milliy iqtisodiyotning asosini iqtisodiy munosabatlar bilan birlashgan, ijtimoiy mehnat taqsimotida muayyan vazifalarni bajaradigan, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradigan korxonalar, firmalar, uy xo‘jaliklari, ya’ni makroiqtisodiyot subyektlari tashkil qiladi.
    O‘z navbatida ushbu subyektlarning faoliyati jamiyatning quyidagi makroiqtisodiy maqsadlariga erishishga qaratilgan:
    1. ishlab chiqarishning barqaror darajasi- har yili turli omillar ta’sirida keskin o‘zgarishsiz ishlab chiqarish hajmini oshirib borish;
    2. narxlarning barqaror darajasi – narxlar bozor raqobati ta’sirida o‘rnatilishi va keskin o‘zgarmasligi;
    3. bandlikning yuqori darajasi – har bir xohlovchi o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi;
    4. muvozanatlashgan to‘lov balansini taminlash - mahsulotlarning eksport va importi o‘rtasida muvozanatga erishish.
    Milliy iqtisodiyotning asosiy xususiyatlaridan biri uning barqarorligi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismlari mutanosibligi va muvozanatliligini ta’minlashiga bog‘liq.
    O‘zgarishlar milliy iqtisodiyotda yangi elementlar va yangi aloqalarning paydo bo‘lishi, yangi nisbatlar o‘rnatilishi va eskilarining yo‘q qilinishida namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar tarkibiy siljishlar deb ataladi. Agar iqtisodiyot yetarlicha harakatchan bo‘lmasa, unda tarkibiy siljishlar iqtisodiy zaruriyatga nisbatan sekinlashadi va tarkibiy inqiroz boshlanadi, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar, texnologiyalar va resurslar talab qilinmaydigan, eski nisbatlar buzilgan, yangilari esa hali rivojlanmagan iqtisodiyotning holati.

    Download 306.28 Kb.
      1   2   3




    Download 306.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 306.28 Kb.