• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari




    Download 3,76 Kb.
    Sana14.02.2024
    Hajmi3,76 Kb.
    #156773
    Bog'liq
    Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari-fayllar.org


    Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari

    Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari


    • REJA:

    • 1 Majburiy auditorlik tekshiruvi.

    • 2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.

    • 3. Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusigako’ra audit o’tkazish xususiyatlari

    • .4. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari


    1 Majburiy auditorlik tekshiruvi.
    Auditorlik tekshiruvi qay tarzda o’tkazilishiga ko’ra majburiy va tashabbus tarzidagi(ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchiyoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi mumkin.«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra quyidagiiqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi kerak:
    aktsiyadorlik ja miyatlari;
    banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
    sug’urta tashkilotlari;
    investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini jamlab turuvchiboshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
    manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish xayriya fondlari vaboshqa ijtimoiy fondlar;
    mablag’larning hosil bo’lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan,
    yuridik vajismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish byudjetdan tashqarifondlar;
    ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
    Agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayigacha yillikmoliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik xulosasiga egabo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishi-dan bo’yin tovlagan hisoblanadi.

    Korxonada ichki auditorning bo’lishi shu korxona uchun foydalidir. Tekshirish o’tkazish usullari tashqi auditnikiga o’xshash bo’lib, tekshirish hajmi va ob’ekti jihatdan farq qiladi.

    Ichki audit, avvalo, korxonada moddiy boyliklarning saqlanishi va foydalanilishi, hisob-kitobning to’g’riligi va boshqa ob’ektlarni tekshirishga qaratiladi. Ichki auditda, odatda, to’liq tekshirish o’tkaziladi.

    Tashqi audit - xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotining haqiqiyligini ob’ektiv baholash maqsadida shartnoma asosida auditorlik kompaniyalari yoki yakka auditorlar tomonidan o’tkaziladi. Tashqi auditning asosiy xususiyatlaridan biri – bu mijoz korxonaga nisbatan hech qanday manfaati bo’lmagan, ya’ni uning mulkdori, ta’sischisi, boshlig’i yoki boshqa lavozimida ishlamaydigan, mustaqil, xolis auditor tomonidan o’tkazilishidadir. Agarda auditor tekshirayotgan korxonaning mulkdori, ta’sischisi, boshlig’i yoki boshqa lavozimida ishlaydigan shaxsi bo’lsa, u holda auditorlik faoliyati uchun berilgan litsenziya bekor qilinishi ham mumkin.

    Baholashning maqsadi biror narsani o'lchash yoki ushbu qiymat uchun hisoblashdir. Auditorning maqsadi moliyaviy hisobotning barcha muhim jihatlari bo'yicha adolatli taqdim etilganligini va ularda jiddiy xatolar yo'qligini aniqlashdan iborat. Baholash jarayoni mustaqil auditni o'z ichiga olishi mumkin bo'lsa-da, uning maqsadi baho berish va da'volarning adolatliligi yoki ish sifati haqida fikr bildirish emas.


    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT



    http://fayllar.org
    Download 3,76 Kb.




    Download 3,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari

    Download 3,76 Kb.