7.17- rasm. POP3 protokolimisoli
POP3 ikkita rejimga ega: o‘chirish va saqlash rejimlari. Ochirish rejimida, har bir qabul qilishdan so‘ng, pochta qutisidan xabar o‘chiriladi. Saqlash rejimida pochta (xabar) qabul qilinganidan keyin pochta qutisida qoladi. O‘chirish rejimi odatda foydalanuvchi doimiy kompyuterida ishlayotganda foydalaniladi va o‘qigan yoki javob bergandan so‘ng qabul qilingan xabarlarni saqlash va tartiblashi mumkin.
Odatda, foydalanuvchipochtasigaasosiykompyuteridan (masalan, noutbuk) uzoqdakirganda, saqlashrejimidanfoydalaniladi. Pochta o‘qiladi, lekin keyinchalik uni olish va tashkillashtirish uchun tizimda saqlanadi.
Internet Mail Access Protocol, version 4 (IMAP4)
Yana bir pochtaga kirish protokoli bu - Internet Mail Access Protocol, version 4 (IMAP4 - Internet pochtasiga kirish protokoli, 4- versiya). IMAP4 POP3 ga o‘xshash, ammo u ko‘proq xususiyatlarga ega; IMAP4 yanada kuchli va murakkabroq. POP3ning bir necha jihatda kamchiligi bor. Foydalanuvchi o‘z pochtasini serverda tartibga solishiga yo‘l qo‘ymaydi; foydalanuvchi serverda turli xil papkalarga