|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 159/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Nazorat savollari
Mijoz-server arxitekturasini tushuntiring.
Mijoz-server tuzilishi va asosiy tushunchalari.
Soket nima?
Soket ma’lumotlar tuzilishini tushuntiring.
Tarmoq operatsion tizimlari va ularning asosiy tarmoq xizmatlari.
E-mail arxitekturasini tushuntiring.
SMTP protokoli vazifasi va imkoniyatlari.
POP va IMAP protokollarining vazifalarini tushuntiring.
Tarmoq kompyuterlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.
Peer-to-peer arxitekturasini tushuntiring.
DHCP protokolini tushuntiring.
Tarmoq fayllarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari.
VIIIBOB. OPERATSION TIZIMLARDA XAVFSIZLIK MASALALARI
Operatsion tizimning asosiy xavfsizlik masalalari
Kompyuter xavfsizligi mavzusi juda keng bo‘lib, fizik va ma’muriy nazorat, shuningdek, avtomatik boshqaruv turlari masalalarini qamrab oladi. Kompyuter tizimlarida saqlanadigan ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, axborotni himoya qilish zarurati ham oshadi. Ma’lumotni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish operatsion tizimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Afsuski, ushbu maqsadga erishish tobora qiyinlashib bormoqda. Ma’lumotlarga ruhsatsiz kirish va foydalanishdan himoya qilish barcha operatsion tizimlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu bobda operatsion tizimlar uchun kompyuter xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Avtonom kompyuter tizimini turli xil yo‘llar bilan tashqi hujumlardan samarali himoya qilish mumkin, masalan, parol qo‘yish, qattiq diskni yechish va uni xafvsiz yerga (seyfga) joylash. Tarmoqda ishlaydigan kompyuterlarda xavfsizlikni ta’minlash ancha murakkab vazifadir.
Axborot tizimlarining xavfsizligi sohasida odatda ikkita muammo mavjud: kompyuter xavfsizligi va tarmoq xavfsizligi.
|
| |