• Ishonchlilik
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet17/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222
    Resurslarni ajratish (birgalikda foydalanish): taqsimlangan tizimda turli resurslar turli kompyuterlarda saqlanishi mumkin. Dasturlar yoki ma’lumotlarning nusxalarini bir necha kompyuterlarda saqlash bilan zahiralashning zarurati yo‘q.

  • Birgalikda yuklash (load sharing): taqsimlangan tizimda har bir kompyuterga ma’lum topshiriq berilishi mumkin, uni u boshqa kompyuterlar o‘z topshiriqlarini bajarishi bilan parallel bajaradi.

  • Ishonchlilik: taqsimlangan tizimning kompyuterlaridan biri rad etganda yoki uzilganda uning topshirig‘i uzilish yakuniy natijaga minimal darajada ta’sir etishi yoki umuman ta’sir etmasligi uchun boshqa kompyuterga taqsimlanishi mumkin.

  • Aloqa: taqsimlangan tizimda barcha kompyuterlar bir-birlari bilan bog‘langan, shunday ekan, masalan, zarurat bo‘lganda quvvatliroq kompyuterning resurslaridan foydalanish maqsadida bitta kompyuterdan boshqa kompyuterga masofadan kirish mumkin.

    Taqsimlangan tizimda kompyuterlar tarmoq infratuzilmasiga bog‘langan, u quyidagilar bo‘lishi mumkin:

    1. Lokal tarmoq (local area network - LAN);

    2. Global yoki hududiy tarmoq (wide area network - WAN). O‘zining tashkil etilishi bo‘yicha taqsimlangan tizimlar mijoz-

    serverli (client-server) yoki bir darajali (peer-to-peer) tizimlar bo‘lishi mumkin. Mijoz-serverli tizimda ma’lum kompyuterlar serverlar rolini, boshqalari esa ularning xizmatlaridan foydalanadigan mijozlar rolini o‘ynaydi.
    Taqsimlangan tizimlarning bunday tashkil etilishi eng keng tarqalgan va uni atroflicha ko‘rib chiqamiz. Bir darajali taqsimlangan tizimda barcha kompyuterlar teng huquqli. Mijoz-server tizimining tuzilishi 1.4- rasmda keltirilgan.

    1.4- rasm.Mijoz-server tizimi tuzilishi




    Mijoz-server kompyuter tizimlaridagi serverlarning turlari


    Taqsimlangan tizimlarning mijoz-server arxitekturasi juda keng tarqalgan va operatsion tizimlar bilan qo‘llanadi. Shuning uchun zamonaviy taqsimlangan tizimlar qanday serverlar turlari va funksiyalarini tashkil etishini bilish juda muhim.

    Download 5,84 Mb.
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.