• Hard real-time - tizimlar
  • Soft real-time - tizimlar
  • Real vaqt tizimlari va OTlari




    Download 5,84 Mb.
    bet20/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222

    Real vaqt tizimlari va OTlari


    Real vaqt tizimlari maxsus ilovalar uchun, masalan, ilmiy tajribalar uchun, tasvirlarga bog‘liq tibbiy tizimlarda, sanoatdagi boshqarish tizimlarida, aks ettirish (display) tizimlarida, kosmik uchishlarni boshqarish tizimlari, AESlarda va boshqalarda, boshqarish qurilmalari sifatida ko‘p ishlatiladi. Bunday tizimlar uchun aniq aniqlangan vaqt cheklashlarining bo‘lishi va bajarilishi (javob vaqti - response time, buzilishsiz ishlash vaqti va h.k.) o‘ziga xos. Real vaqt tizimlari hard real-time va soft real-time turlarga bo‘linadi.
    Real vaqt tizimlarining ikki turi mavjud. Ular quyidagilar:
    Hard real-time - tizimlar – vaqt bo‘yicha cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda xatolik (rad etish) vujudga kelishi mumkin bo‘lgan real vaqt tizimlari hisoblanadi. Masalan, avtomobil dvigatelini boshqarish tizimi, kardiostimulyatorni boshqarish tizimi va boshqalar. Bunday tizimlarda ikkilamchi xotira cheklangan yoki mavjud emas. Ma’lumotlar operativ xotirada (RAM) yoki doimiy xotira qurilmasida (DXQ, ROM) saqlanadi.
    Bunday tizimlardan foydalanishda umumiy maqsadlardagi OT uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lmagan vaqtni bo‘lish tizimlari bilan nomuvofiqliklar vujudga kelishi mumkin. Oddiy til bilan aytganda, bunday tizimlarning ishlashida uzilishlarga ruxsat etilmaydi. Tizimning asosiy ishlash sikli uchun barcha zarur ma’lumotlar oldindan xotiraga yuklanishi kerak. Bunday tizimning kodini bajaradigan jarayon diskka ko‘chirilishi mumkin emas.
    Bunday tizimlar uchun OT odatda soddalashtirilgan, virtual xotira o‘rniga fizik xotira ajratiladi, qolgan barcha resurslarni virtuallashtirish turlari bo‘lishi mumkin emas. Real vaqt OTlarini ommaviy ishlab chiqish amaliyoti umumiy maqsadlardagi OTlar ochiq dastlabki kodlari asosida “barcha ortiqchaliklarni olib tashlash” yo‘li bilan bunday OTlarni ishlab chiqish amaliyoti hisoblanadi. Lekin bunda ehtiyotkorlikka rioya etish kerak bo‘ladi.
    Soft real-time - tizimlar – vaqt bo‘yicha cheklashlar buzilganda u boshqaradigan obyektda xatolikka (rad etishga) olib kelmaydigan real vaqt tizimlari hisoblanadi. Odatda bu doimiy o‘zgaradigan vaziyatli bir necha o‘zaro bog‘langan tizimlarni boshqarish tizimi hisoblanadi. Misol, tijorat havo yo‘llaridagi parvozlarni rejalashtirish tizimi hisoblanadi.
    Bunday tizimdagi qandaydir kechikishda, eng yomon holda, ayrim parvozlarning yo‘lovchilariga aeroportda biroz kutishga to‘g‘ri keladi, lekin hech qanday halokatli oqibatlar bo‘lmaydi. Bunday tizimlar sanoat boshqarish tizimlar va robotlar texnikasi uchun cheklangan foydalilikka ega. Ular yana OTlar rivojlangan imkoniyatlarini talab qiladigan zamonaviy ilovalar uchun (masalan, multimedia va virtual reallik uchun) foydali bo‘ladi.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222




    Download 5,84 Mb.