|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 192/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Ext2fs da bloklar guruhi. Ext2 turidagi barcha bloklar, bloklar guruhlariga bo‘linadi. Har bir bloklar guruhiga global deskriptor jadvalida alohida yozuv shakllantiriladi; bu yozuvda quyidagi asosiy parametlar saqlanadi:
Bloklar bitli xaritasi – bu har biti unga tegishli blok birorta faylga ajratilganligi ko‘rsatuvchi tuzilma. Agar bir 1 ga teng bo‘lsa, demak blok band. Shunga o‘xshash funksiyani indeksli deskriptorlarning bitli xaritasi bajaradi; u aynan qaysi indeksli deskriptorlar band, qaysilari esa band emasligini ko‘rsatadi. Linux ning yadrosi o‘z ichiga kataloglarni qamrab olgan inode sondan foydalanib, inode kataloglarni guruhlarga bir tekisda taqsimlashga urinadi; inode fayllarni, agar bunga imkon bo‘lsa, ota katalog guruhiga joylashtiradi. Jadvalda ma’lumotlar deb belgilangan barcha qolgan joy fayllarni saqlash uchun ajratiladi.
Ext2fs da fayllarni manzillash. Ma’lumotlarni manzillash tizimi – bu fayl tizimining eng muhim komponentlaridan biridir.
Aynan manzillash tizimi diskdagi bo‘sh va band bloklarning ko‘pchiligadan kerakli faylni topishga imkon beradi. Ext2 fayl tizimi fayl bloklarini manzillashning quyidagi sxemasidan foydalanadi. Faylning manzilini saqlash uchun har bir 4 baytdan iborat 15 maydonlar ajratilgan. Agar faylning kattaligi 12 blok yoki undan kamroq bo‘lsa, bu klasterlar raqamlari manzilning bevosita birinchi 12 maydonida sanab o‘tiladi. Agar faylning kattaligi 12 blokdan ko‘proq bo‘lsa, u holda 13- maydonda klaster manzili joylashadi va unda faylning quyidagi bloklar raqamlari joylashtirilishi mumkin. Shunday qilib manzilning 13-chi elementi bilvosita manzillash uchun foydalaniladi. Blokning maksimal, ya’ni 4096 baytga teng, kattaligida 13-chi elementda fayl ma’lumotlari quyidagi klasterlarining 1024 raqamigacha joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Agar faylning kattaligi 12+1024 blokdan ko‘proq bo‘lsa, 14-chi maydon blokdan foydalaniladi; unda har birida 1024 raqam mavjud fayl ma’lumotlari bloklarining 1024 raqami saqlandigan bloklar joylashgan blokning raqami bor. Bu yerda endi ikkilangan bilvosita manzillash qo‘llaniladi. Va nihoyat agar fayl o‘z ichiga 12+1024+1048576 = 1049612 dan ko‘proq bloklarni qamrab olgan bo‘lsa, unda 15-chi maydon uch marta katta bilvosita manzillash uchun foydalanadi. Shunday qilib yuqori ta’riflangan manzillash tizimi blokning maksimal kattalagi 4 Kb bo‘lganida faylning kattaligi 2 terabayt va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Ext3 (Third Extended Filesystem) – ext2 fayl tizimining yangilangan ko‘rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo‘llanilgan. Diskda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetganda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo‘ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
|
| |