• Statik va dinamik bog‘lanish
  • Linux fayl tizimlari
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet191/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222
    ELFfaylbo‘liminingtuzilishi

    .text

    yo‘riqnomalar

    .fixup

    bajarish vaqtining o‘zgarishlari

    .init.text

    modulni initsializatsiya qilishning yo‘riqnomasi

    exit.text

    modulningyakunlovchi yo‘riqnomalari

    .rodata.etrl.l

    faqat o‘qish uchun qatorlar

    .modinfo

    modul makroslarining matni

    _versions

    modul versiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

    .data

    faollashtirilgan ma’lumotlar

    .bss

    faollashtirilmagan ma’lumotlar

    other

    boshqalar



    Statik va dinamik bog‘lanish


    Kutubxonaning funksiyalari bevosita ikkilik bajariladigan kodga o‘rnatilgan dasturlar o‘zining kutubxonalari bilan birga statik bog‘lanadi. Statik bog‘lanishning asosiy kamchiligi shundaki, barcha yaratilgan dastur bir xil umumtizim kutubxona funksiyalarini nusxalarini saqlashi kerak.
    Dinamik bog‘lanish terminallarda ham fizik, ham diskli xotiradan foydalanishda samaraliroq, chunki u tizim kutubxonalarini xotiraga faqat bir marta yuklaydi.

    Linux fayl tizimlari


    Foydalanuvchi nuqtai nazaridan Linux fayl tizimi UNIX semantikasiga bo‘ysunadigan katalogning ierarxik daraxti ko‘rinishda ifodalanadi. Ichki nuqtai nazardan yadro bajarilish tafsilotlarini yashiradi va ko‘p turli fayl tizimlarini abstraksiyaning umumiy darajasi, ya’ni virtual fayl tizimi (VFS) orqali boshqaradi.
    Linux VFS obyektga yo‘naltirilgan tamoyil bo‘yicha loyihalashtirilgan va fayllar tuzilishini belgilaydigan ta’riflar to‘plamidan foydalanadi. inode-object va file-object tizim tuzilishlari alohida fayllarni namoyon etadi. File system object obyekti butun fayl tizimini namoyon qiladi. Bunday obyektlarni manipulyatsiya qilish uchun mavhumlik (abstraksiya) darajasi mavjud. Ext2fs fayl tizimi – bu Linux ning asosiy fayl tizimi. U ma’lum faylga tegishli ma’lumotlar blokini izlash uchun UNIX BSD Fast File System (ffs) ga o‘xshash mexanizmdan foydalanadi. Ext2fs va ffs o‘rtasidagi asosiy farqlar ularning diskli xotiraning taqsimlash siyosati bilan bog‘liq. ffs tizimida disk 8Kb li bloklardan iborat fayllarga bo‘linadi, bloklar esa kichik fayl yoki faylning oxirida qisman to‘ldirilgan bloklarni saqlash uchun 1Kb hajmli qismlarga (fragmentlarga) bo‘linadi. Ext2fs tizimi bo‘linishlardan foydalanmaydi; u xotirani maydaroq birliklar bilan



    taqsimlaydi. Ext2fs da blokning hajmi standart 1Kb ga teng, lekin 2Kb va 4Kb bloklar ham qo‘llab-quvvatlanadi.
    Ext2fs tizimi diskdagi fizik ulashgan yondosh bloklarga faylning mantiqiy ulashgan yondosh bloklarini joylashtirish maqsadida, loyihalangan taqsimlash siyosatlaridan foydalanadi, bunda bitta kiritish/chiqarish amalini bir nechta ulashgan yondosh bloklarda amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ext2fs fayllar tizimining tuzilish sxemasi 9.3- jadvalda ko‘rsatilgan.
    9.3- jadval

    Superblok (Superblock)

    Guruh deskriptorlari (Group Descriptors)

    Bloklarning bitli xaritasi (Block Bitmap)

    Indeksli deskriptorlarning bitli xaritasi (Inode Bitmap)

    Indeksli deskriptorlarning jadvali (Inode Table)

    Ma’lumotlar (Data)


    Download 5,84 Mb.
    1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.