• Windowsda virtual manzil xaritasi.
  • 0x00000000 dan 0x0000FFFF
  • 0x80000000 dan 0xFFFFFFFF
  • Windowsda xotirani boshqarish




    Download 5,84 Mb.
    bet205/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222

    Windowsda xotirani boshqarish


    Windows virtual xotira menejeri xotira qanday taqsimlanishi va almashtirish (paging) qanday bajarilishini boshqaradi. Xotira menejeri turli platformalarda ishlash va 4 Kbaytdan 64 Kbaytgacha bo‘lgan sahifalar hajmidan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Intel va AMD64 platformalarida har bir sahifada 4 Kbayt, Intel Itanium platformalarida esa har bir sahifa 8 Kbayt dan tashkil topadi.
    Windowsda virtual manzil xaritasi. 32-razryadli platformalarda, har bir Windows foydalanuvchi jarayoni alohida 32- razryadli manzil maydonini ko‘radi va har bir jarayon uchun 4 Gb virtual xotirani ta’minlaydi. Odatda, ushbu xotiraning yarmi OT uchun ajratilgan (zaxiralangan), shuning uchun har bir foydalanuvchi amalda
    2 Gb virtual manzil maydoniga ega va barcha jarayonlar yadro rejimida ishlaganda yuqori 2 Gb tizim maydonining ko‘p qismini birgalikda ishlatadi. Mijozlar va serverlarda katta hajmdagi xotiraga ega ilovalar Windowsning 64-razryadli versiyasidan foydalangan holda yanada samarali ishlashi mumkin. Netbuklarga qo‘shimcha ravishda, zamonaviy kompyuterlarning aksariyati 32-razryadli yoki 64-razryadli tizim sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan AMD64 protsessor arxitekturasidan foydalanadi. 9.10- rasmda odatiy 32- razryadli foydalanuvchi jarayoniga ko‘rinadigan standart virtual manzil maydoni ko‘rsatilgan. U to‘rtta maydondan iborat:
    0x00000000 dan 0x0000FFFF: Dasturchilarga NULL- ko‘rsatkich vazifalarini aniqlashga yordam berish uchun ajratilgan.
    0x00010000 dan 0x7FFEFFFF: Mavjud foydalanuvchi manzil maydoni. Bu maydon asosiy xotiraga yuklanishi mumkin bo‘lgan sahifalarga bo‘lingan.
    0x7FFF00000 dan 0x7FFFFFFF: foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lma-gan himoya sahifasi. Ushbu sahifa OT uchun mavjud ko‘rsatkichdan (chegaradan) tashqaridagi havolalarni tekshirishni osonlashtiradi.
    0x80000000 dan 0xFFFFFFFF: tizim manzillari maydoni. Ushbu 2 Gbayt jarayon Windows bajaruvchisi (Executive), yadro, HAL (hardware abstraction layer) va qurilma drayverlari uchun qo‘llaniladi. 64-razryadli platformlarda, Windows 7 da 8 Tbayt foydalanuvchi manzil maydoni mavjud.



    0
    NULL-
    ko‘rsatkichlivazifal ar uchun 64-Kbayt maydon (mavjud
    Noto‘g’ri- ko‘rsatkichlivazifalar uchun 64-Kbayt
    maydon (mavjud

    2 Gbayt foydalanuvchi manzil maydoni (zahiralanmagan, foydalanish mumkin)


    Operatsion tizim uchun 2 Gbayt maydon (mavjud emas)



    0xFFFFFFFF

    9.10- rasm. Windowsda standart 32-razryadli virtual manzillar maydoni





    Download 5,84 Mb.
    1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   222




    Download 5,84 Mb.