|
Windows da kiritish/chiqarish qurilmalari
|
bet | 207/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Windows da kiritish/chiqarish qurilmalari
9.11- rasmda Windows K/Ch menejeri bilan bog‘liq bo‘lgan yadro rejimi-ning asosiy komponentlari ko‘rsatilgan. K/Ch menejeri
operatsion tizim uchun barcha K/Ch uchun javobgar va barcha turdagi drayverlarga chaqiriqlarni amalga oshirishlari uchun yagona ko‘rinishdagi interfeysni ta’minlaydi.
9.11- rasm. Windows K/Ch menejeri
Kiritish/chiqarish qurilmalarining asosiy imkoniyatlari
K/Ch menejeri to‘rt turdagi yadro komponentlari bilan yaqindan ishlaydi.
Kesh menejeri: Kesh menejeri barcha fayl tizimlari uchun fayllarni keshlashni boshqaradi. U mavjud fizik xotira hajmiga qarab ma’lum bir fayl uchun taqsimlangan kesh hajmini dinamik ravishda oshirishi va kamaytirishi mumkin. Tizim yangilanishlarni diskda emas, balki, faqatgina keshda saqlaydi. Yadro oqimi diskka yozish uchun vaqti-vaqti bilan yangilanishlarni paketlaydi. Yangilanishlarni paketlarga yozish orqali K/Ch samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
Fayl tizimi drayverlari: K/Ch menejeri fayl tizimi drayverini boshqa qurilma drayveri kabi qabul qiladi va fayl tizimining qismini (volume) kiritish/chiqarish so‘rovlarini ushbu qism uchun tegishli dastur drayveriga yo‘naltiradi. Fayl tizimi, o‘z navbatida, qurilma vositasi adapterini boshqaruvchi dastur drayverlariga kiritish/chiqarish so‘rovlarini yuboradi.
Tarmoq drayverlari: Windows birlashtirilgan tarmoq imkoniyatlari va masofaviy fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Vositalar Windows bajaruvchisining bir qismi emas, balki dasturiy ta’minot drayveri sifatida amalga oshiriladi.
Qurilma drayverlari: Ushbu dastur drayverlari qurilma abstraktsiyasi qatlami (HAL) orqali kirish joylaridan foydalanib, yotdamchi qurilma registrlariga kirishadi. Ushbu protseduralar to‘plami Windows tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan har bir platforma uchun mavjud.
Asinxron va Sinxron K/Ch
Windows K/Ch operatsiyalarining ikkita modelini taklif qiladi: asinxron va sinxron. Ilovaning ishlashini optimallashtirish uchun iloji boricha asinxron rejim ishlatiladi. Asinxron K/Ch bilan dastur K/Ch operatsiyasini boshlaydi va keyin K/Ch so‘rovi bajarilguncha qayta ishlashni (bajarishni) davom ettirishi mumkin. Sinxron kiritish/chiqarishda dastur kiritish/chiqarish operatsiyasi tugaguncha bloklanadi. Asinxron K/Ch chaqiriq oqimi nuqtai nazaridan samaraliroq hisoblanadi, chunki u K/Ch operatsiyasini K/Ch menejeri tomonidan navbatga qo‘yilgan va keyinchalik bajariladigan oqimni bajarishni davom ettirishga imkon beradi. Shu bilan birga, asinxron K/Ch operatsiyasini chaqirgan dastur operatsiya qachon tugashini aniqlash uchun ba’zi usullarni talab qiladi. Windows K/Ch ni tugaganligini bildirish uchun quyidagi besh xil signal usulini taqdim etadi:
Fayl obyekti signali (Signaling the file object);
Hodisa obyekti signali (Signaling an event object);
Asinxron protsedura chaqirig‘i (Asynchronous procedure call);
K/Ch ni tugatish portlari (I/O completion ports);
So‘rov (Polling).
|
| |