|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 44/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Rejalashtirish mezonlari
Tizim u yoki bu darajada hisobga olishi kerak bo‘lgan protsessorning beshta asosiy rejalashtirish mezonlari mavjud.
Protsessordan foydalanish (CPU utilization) - maksimal bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqt davrida uni bandlik rejimida saqlash
hisoblanadi. Optimallashtirish mezoni: bu ko‘rsatkichni maksimallashtirish.
Tizimning o‘tkazish qobiliyati (throughput) - vaqt birligi ichida o‘zining bajarilishini tugatadigan jarayonlar soni (o‘rtacha) hisoblanadi.
Jarayonga ishlov berish vaqti (turnaround time) - qandaydir jarayonni bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan vaqt hisoblanadi. Optimallash mezoni: bu ko‘rsatkichni minimallashtirish.
Kutish vaqti (waiting time) - jarayon bajarilishga tayyor jarayonlar navbatida kutadigan vaqt hisoblanadi.
Javob vaqti (response time) - interfaol tizimda vazifani bajarilish vaqti eng yaxshi mezon bo‘lmasligi mumkin.
Istalgan optimallashdagi kabi strategiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda, barcha mezonlarni bir vaqtda qoniqtirish mumkin emas. Quyida turli rejalashtirish algoritimlarini (yoki strategiyalarini) ko‘rib chiqamiz va ko‘rsatilgan mezonlarning optimalligiga erishish nuqtai nazaridan ularning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz.
Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari
First-Come-First-Served (FCFS) algoritmi
First-Come-First-Served (kelish tartibida xizmat ko‘rsatish, ya’ni, birinchi kelganga birinchi xizmat ko‘rsatish (FIFO) kabi bir xil) – algoritmi eng oddiy rejalashtirish algoritmi bo‘lib, bunda protsessorning resurslari jarayonlarga ular iste’mol qiladigan resurslarga, xususan, jarayonning bajarilishi uchun talab qilinadigan u bildirgan vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda tizimga kelishi (kirishi) tartibida taqdim etiladi. Bu va boshqa algoritmlarni ko‘rib chiqishda jarayonlarning nomlari va ularning qandaydir vaqt birliklarida ifodalanadigan bajarilish vaqt diapazonlarini Gant diagrammalaridan (Gantt charts) foydalanib aniqlaymiz.
Quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. J1, J2 va J3 jarayonlar quyidagi aktivliklar davrlari bilan ko‘rsatilgan tartibda tizimga kiritilgan bo‘lsin:
2.3- jadval
Jarayon
|
Aktivlik davri
|
J1
|
24
|
J2
|
3
|
J3
|
3
|
U holda ularni rejalashtirish uchun FCFS algoritmidan foydalanishda protsessorni birinchi bo‘lib uzoq bo‘lishiga qaramasdan, birinchi jarayonni oladi. Bu holda protsessorni jarayonlar orasida taqsimlanishi 2.18- rasmda tasvirlangan.
2.18- rasm. FCFS algoritmi bo‘yicha rejalashtirish sxemasi (1- misol) Shunday qilib, kutish vaqti J1 = 0; J2= 24; J3 = 27 bo‘ladi.
O‘rtacha kutish vaqti: (0 + 24 + 27)/3 = 17
Agar jarayonlar tartibi boshqacha - J2, J3, J1 bo‘lsa (tizimga oxirgi kiritilgan jarayon – eng uzoq), u holda ularni rejalashtirish natijasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi (2.19- rasm).
2.19- rasm. FCFS algoritmi bo‘yicha rejalashtirish sxemasi (2- misol) Bu holda jarayonlarni kutish vaqti: J1 = 6; J2 = 0; J3 = 3.
O‘rtacha kutish vaqti: (6 + 0 + 3)/3 = 3
Bu natija oldingi natijaga qaraganda ancha yaxshi. Birinchi misol namoyish etgan natija samarasi (convoy effect) – qisqa jarayon
uzoq jarayondan keyin xizmat ko‘rsatiladigan hollarda jarayonlarni o‘rtacha kutish vaqtini ortishi deyiladi.
|
| |