|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 47/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Ko‘p darajali navbat
Binobarin, tizimdagi jarayonlar turli o‘ziga xosliklarga (masalan, paketli va interaktiv) ega bo‘lishi mumkin, amalda operatsion tizimlarda bajarilishga tayyor jarayonlar navbati ikkita navbatlarga bo‘linadi:
asosiy (interaktiv jarayonlar);
fon (paketli jarayonlar).
Har bir navbat o‘z rejalashtirish algoritmiga ega bo‘ladi. Asosiy navbat RR, fon navbat FCFS rejalashtirish algoritmiga ega bo‘ladi. Bu aralash algoritmda navbatlar orasidagi rejalashtirish, ya’ni u yoki bu
navbatdan jarayonlarni tanlash algoritmi zarur bo‘ladi. Navbatlar orasidagi rejalashtirish quyidagi turlarga bo‘linadi:
Qayd etilgan ustuvorlikli – asosiy navbatdan, keyin fon navbatdan barcha jarayonlarga xizmat ko‘rsatish. Bunda “och qolish” ehtimolligi mavjud.
Vaqt oralig‘ini ajratish – har bir navbat qandaydir protsessor vaqt oralig‘ini oladi, u jarayonlar orasida taqsimlanishi mumkin, masalan, 80% asosiy navbatdagi RRga va 20% fon navbatdagi FCFSga taqsimlanishi mumkin.
2.24- rasmda jarayonlarni rejalashtirish uchun ko‘p darajali navbat tuzilmasiga real misol keltirilgan.
2.24- rasm. Ko‘p darajali navbatni rejalashtirishga misol
Eng yuqori ustuvorlikka tizim jarayonlari ega, keyin interaktiv jarayonlar, undan past ustuvorlikka esa matn tahrirlagichlari chaqiriladigan interaktiv jarayonlarga ega (ular foydalanuvchilarning sekin ishlashi tufayli sezilarli katta vaqtni egallaydi), keyin paketli va nihoyat talabalar jarayonlari keladi.
Real vaziyat shunday, lekin muallif talabalar jarayonlarini “kamsitilishini” to‘g‘ri hisoblamaydi. Aynan ularga tizim jarayonlaridan keyingi ustuvorlikni, masalan, diplom ishlarini himoya qilishdan oldingi davrda berish kerak bo‘ladi.
Berkliklar, Berkliklarni aniqlash va bartaraf etish usullari
Berkliklar muammosi
|
| |