|
Resurslarni taqsimlash grafi bo‘yicha berkliklarni qidirish
|
bet | 50/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Resurslarni taqsimlash grafi bo‘yicha berkliklarni qidirish
Ma’lumki, bunday grafdasikl berklikning borligini bildiradi.
R1 R3
R4
2.28- rasm. Berklikli resurslarni taqsimlash grafiga misol
2.28- rasmda berklikli resurslarni taqsimlash grafiga misol keltirilgan. 1, 2 va 3- jarayonlar orasidagi siklli kutish vaziyati mavjud. 1- jarayon, 2- jarayon ega bo‘lgan resursga da’vogarlik qiladi. 2- jarayon, 3- jarayon ega bo‘lgan resursga da’vogarlik qiladi. 3- jarayon bitta birligi 1- jarayonga, ikkinchi birligi 2- jarayonga berilgan resursga da’vogarlik qiladi.
Lekin har doim ham resurslarni taqsimlash grafida siklning bo‘lishi berklikni borligini bildirmaydi.
2.29- rasmda siklli, lekin berkliksiz resurslarni taqsimlash grafiga misol keltirilgan. Bu holda (2.29- rasm) to‘rtta jarayonlar va ikkita resurslar turlari mavjud bo‘ladi. Siklda 1- va 3- balandliklar- jarayonlar qatnashadi. Lekin har bir resursda ikkitadan birliklar borligi tufayli berklikning oldini olishga erishiladi. 1- resursni kutadigan 1- jarayon uni bu resursning bitta birligiga ega bo‘lgan va kutish sikliga kirmaydigan 2- jarayon (1- jarayon emas) tugagandan keyin olishi mumkin. Shunga o‘xshash, 2- resursga da’vogarlik qiladigan 3-
jarayon uni 4- jarayon (1- jarayon emas) bo‘shatganidan keyin olishi mumkin.
2.29- rasm. Siklli, lekin berkliksiz resurslarni taqsimlash grafiga misol
Shunday qilib, quyidagi mulohazani aytish mumkin. Agar resurslarni taqsimlash grafi sikllarga ega bo‘lmasa, u holda tizimda berkliklar mavjud emas. Agar resurslarni taqsimlash grafi sikllarga ega bo‘lsa, u holda quyidagi ikkita hollar bo‘lishi mumkin:
Agar har bir turdagi resurslar faqat bittadan bo‘lsa, u holda berklik o‘z o‘rniga ega bo‘ladi;
Agar resurslar bir necha nusxalarda bo‘lsa, u holda berklik bo‘lishi mumkin.
|
| |