IIIBOB. XOTIRANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH USULLARI




Download 5,84 Mb.
bet53/222
Sana15.05.2024
Hajmi5,84 Mb.
#236377
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222

IIIBOB. XOTIRANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH USULLARI




    1. Kompyuter xotirasi turlari va ularning tashkil etilishi


Xotira aniq boshqaruvni talab qiladigan juda muhim resurs. Asosiy xotirani boshqarish juda muhimdir. Aslida, tarixiy nuqtai nazardan, butun tizimning ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkita narsaga bog‘liq edi: ishlov berishda qancha xotira mavjudligi va u qanday optimallashtirilganligida. Xotira ierarxiyasini boshqaradigan operatsion tizimning qismi xotira menejeri yoki menejer deb ataladi. U xotirani samarali boshqarish uchun mo‘ljallangan va xotiraning qaysi qismlari ishlatilishini kuzatishi, jarayonlar uchun kerak bo‘lgan xotirani ajratishi va jarayonlar o‘z ishini tugatgandan so‘ng xotirani bo‘shatishi kerak.
Ushbu bobda bir nechta turli xil xotiralarni boshqarish modellari ko‘rib chiqiladi, juda oddiylaridan juda murakkablarigacha. Bundan tashqari virtual xotira tushunchasi masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Xotira menejeri (shuningdek, operativ xotira yoki RAM, yoki asosiy xotira sifatida ham tanilgan) va xotirani taqsimlash sxemalarining to‘rtta turi mavjud: bir foydalanuvchili tizimlar, belgilangan qismlar, dinamik qismlar va ko‘chiriladigan dinamik qismlar. Hozirgi kundagi zamonaviy operatsion tizimlarda virtual xotira tushunchasi mavjud.
Xotira – buko‘p dasturli operatsion tizim tomonidan ehtiyotkorlik bilan boshqarishni talab qiladigan muhim resursdir. Xotira ostida sifatida bu yerda tezkor (operativ) xotira tushuniladi. Tashqi xotira (saqlash qurilmasi) deb nomlanadigan qattiq diskning xotirasidan farqli o‘laroq, ma’lumotlarni saqlash uchun operativ xotira doimiy quvvat manbai talab qiladi. Dastlabki operatsion tizimlarda xotirani boshqarish dasturni va uning ma’lumotlarini tashqi diskdan (perfokarta, magnit lenta yoki magnit disk) xotiraga yuklanar edi. Ko‘p dasturlashni paydo bo‘lishi bilan, operatsion tizim bir vaqtning o‘zida bir nechta ishga tushuriladigan dasturlar o‘rtasida mavjud xotirani taqsimlash bilan bog‘liq yangi vazifalarga duch keldi.
Multidasturli tizimda xotirani boshqarish uchun OT funksiyalari quyidagilardan iborat:

      • bo‘sh va band xotirani kuzatish;

      • jarayonlarga xotirani taqsimlash va jarayonlar tugaganda xotirani bo‘shatish;

      • asosiy xotira o‘lchamlari undagi barcha jarayonlarni joylashtirish uchun yetarli bo‘lmaganda jarayon kodlari va ma’lumotlarini operativ xotiradan diskka ko‘chirish (to‘liq yoki qisman), va qachonki unda bo‘sh joy paydo bo‘lganda ularni RAM ga qaytarish;

      • fizik xotiraning ma’lum bir sohasiga dastur manzillarini o‘rnatish;

      • xotirani himoya qilish - boshqa jarayonga taqsimlangan xotiraga ma’lumotlarni yozishni yoki u yerdan o‘qishni taqiqlash. Ushbu funksiya qoida tariqasida operatsion tizim dasturiy modullari tomonidan qurilma vositalari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.

Download 5,84 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   222




Download 5,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IIIBOB. XOTIRANI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH USULLARI

Download 5,84 Mb.