• Manzil turlari
  • Kompyuter xotirasining fizik tuzilishi (tashkil etilishi)




    Download 5,84 Mb.
    bet54/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   222

    Kompyuter xotirasining fizik tuzilishi (tashkil etilishi)


    Kompyuterning xotira qurilmasi ikki xil turga: asosiy (bosh xotira, tezkor xotira, fizik xotira) va ikkilamchi (doimiy xotira, ichki xotira) xotiraga bo‘linadi. Asosiy xotira bir baytli tartiblangan yacheyka massiviga ega bo‘lib, har bir yacheyka o‘zining manziliga (raqamiga) ega. Protsessor buyruqlarni asosiy xotiradan oladi, qayta ishlaydi va bajaradi. Buyruqlarni bajarishda asosiy xotiraning bir nechta yacheykalariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda asosiy xotira yarim o‘tkazgichli texnologiya asosida tayyorlanadi, shuning uchun xotiradagi ma’lumotlar elektr manbasidan uzilgandan so‘ng o‘chib ketadi.
    Ikkilamchi xotira (bu asosan qattiq disklardir) bu chiziqli birlik manzilga ega bo‘lgan joy va ularni ketma-ket joylashgan baytlar tashkil qiladi. Ikkilamchi xotiraning tezkor xotiradan farqi shundaki, u alohida energiyaga, katta hajmga, va samarali foydalanish imkoniyatiga ega.
    3.1-rasmdagi ko‘rsatilgan sxemaga yana bir nechta oraliq satxlarni qo‘shish mumkin.
    Har xil ko‘rinishdagi xotiralar ierarxiyaga, murojaat vaqti kamayib borishi, narxini oshishi va sig‘imi oshishi tarzida birlashishi mumkin.
    3.1- rasm. Xotira ierarxiyasi
    Ko‘p bosqichli sxemalar quyidagicha ishlatiladi. Ma’lumotlar odatda xotiraning yuqori satxlaridan qidiriladi, agar u yerdan topilmasa, ma’lumotlar katta raqamli satxlarda ham saqlanadi. Shuning uchun, u keyingi satxdan qidira boshlaydi. Agar kerakli ma’lumotni topsa, uni yuqoriroq satxga o‘tkazadi.

    Manzil turlari


    O‘zgaruvchilar va buyruqlarni aniqlash uchun dastur hayot siklining turli bosqichlarida belgili nomlar (belgilar), virtual manzillar va fizik manzillar ishlatiladi (3.2- rasm).
    Belgili nomlar – foydalanuvchi tomonidan dasturni algoritmik tilda yoki assemblerda yozishda belgilanadi.
    Virtual manzillar (matematik yoki mantiqiy) – dasturni mashina tiliga tarjima qiladigan tarjimon tomonidan yaratiladi. Tarjima paytida dastur tezkor xotiraning qayeriga yuklanishi umuman ma’lum emas, chunki tarjimon odatda o‘zgaruvchilar va buyruqlarga shartli virtual manzillarni tayinlaydi, odatda dasturning boshlang‘ich manzili nol manzili bo‘ladi.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter xotirasining fizik tuzilishi (tashkil etilishi)

    Download 5,84 Mb.