|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 57/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Manzillar bog‘lanishi
Demak, mantiqiy va fizik manzillar maydonlari, tashkil etilishi va o‘lchami bo‘yicha bir biriga mos emas. Mantiqiy manzillar
maydoning maksimal o‘lchami odatda protsessorning razryadi bilan aniqlanadi (masalan 232), va zamonaviy tizimlarda fizik manzillar maydonining hajmidan ko‘zga ko‘rinarli darajada yuqori bo‘ladi. Shunday ekan, protsessor va operatsion tizim asosiy xotirada joylashgan dasturni dastur kodiga, real fizik manzilga tayangan holda yo‘lni aks ettirishi kerak. Bunday ko‘rinishda manzillarni tasvirlash manzillarni translatsiyasi yoki manzillarni bog‘lash deb nomlanadi.
Mantiqiy manzilning fizik manzil bilan bog‘lanishi dastur operatorining bajarilishigacha yoki bajarilish vaqtida amalga oshirilishi shart. Bunday holda, ko‘rsatmalarni va ma’lumotlarni xotiraga bog‘lash quyidagi qadamlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kompilyatsiya bosqichi. Kompilatsiya bosqichida siz jarayonning xotirada joylashish joyini bilsangiz, unda mutloq (absolyut) kodni yaratishingiz mumkin. Masalan, agar foydalanuvchi jarayoni doimiy ravishda R joyida boshlanishini bilsangiz, u holda yaratilgan kompilyator kodi o‘sha joyda boshlanadi va u yerdan davom etadi. Agar bir muncha vaqt o‘tgach, dastlabki joylashuv o‘zgarsa, ushbu kodni qayta yozishingiz kerak bo‘ladi.
Yuklash bosqichi. Agar kompilatsiya bosqichida dasturlarni joylashtirish to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lmasa, u holda kompilyator o‘zgaruvchan kodni yaratishi kerak. Bu holatda yakuniy bog‘lanish yuklanish vaqtigacha xotirada saqlanadi. Agar dastlabki manzil o‘zgarsa, o‘zgarishlarni hisobga olib foydalanuvchi kodini qayta yuklash kerak bo‘ladi.
Bajarilish bosqichi. Agar jarayonni bajarilish vaqtida bir xotira segmentidan boshqa xotira segmentiga o‘tkazish mumkin bo‘lsa, u holda bajarilish muddati tugaguncha bog‘lanish kechiktirilishi kerak. Bu yerda mavjud maxsus qurilmalardan foydalangan ma’qul, masalan, register joyini o‘zgartirish. Ko‘plab zamonaviy operatsion tizimlar bajarish bosqichida manzil translatsiyasidan foydalanadi, buning uchun maxsus qurilma vositalaridan foydalaniladi.
|
| |