|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 60/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Dinamik qismlarda mavjud xotira qo‘shni bloklarda saqlanadi, lekin vazifalarga yuklanish vaqtida qancha xotira maydoni kerak bo‘lsa, shuncha xotira maydoni taqdim qilinadi. Bu belgilangan qismlarga nisbatan sezilarli yaxshilanish bo‘lsada, bu muammoni to‘liq hal qilmaydi. 3.8- rasmda ko‘rsatilgandek, dinamik qismlarni taqsimlash sxemasi birinchi vazifalarni yuklashda xotiradan to‘liq foydalanadi.
Ammo tizimga yangi vazifalar kiritilganda, vazifaning kattaligi bo‘shagan xotirani hajmiga to‘g‘ri kelmasa, ular bo‘sh joyga ustuvorlik (prioritet) tartibida joylashtiriladi. 3.8- rasmda “birinchi kelganga - birinchi xizmat” ustuvorligi ko‘rsatilgan. Shunday qilib, keyingi xotirani taqsimlash, taqsimlangan xotira bloklari o‘rtasida bo‘sh xotiraning bo‘laklarini (fragmentlarini) yaratadi. Ushbu muammo tashqi bo‘linish deb nomlanadi va ichki bo‘linish singari, xotirani yo‘qotishga imkon beradi. 3.8- rasmda (e) uchta bo‘sh qism mavjud 5 KB, 10 KB va 20 KB jami 35 KB, 8- vazifani bajarish uchun atigi 30 KB kerak bo‘ladi. Biroq, ular bir-biriga qo‘shni emasligi va vazifalar doimiy ravishda yuklanganligi sababli, ushbu sxema 8- vazifani kutishga majbur qiladi. Asosiy xotirani taqsimlashda dinamik qismlardan foydalanish. Quyidagi 5 ta rasmda (a-e) asosiy xotiraga qayta ishlash uchun 8 ta vazifa yuborildi va “birinchi kelganga - birinchi xizmat” algoritmi asosida xotira maydoni ajratilgan. Hatto qismlar orasida yetarli bo‘sh xotira bo‘lsa ham, 8 vazifa (e) kutishi kerak.
Umuman olganda, operatsion tizimlarda bir nechta qo‘shni hududlarda qo‘shni xotirani taqsimlash qo‘llanilishi mumkin. Bo‘sh maydon – bu bo‘sh xotiraning qo‘shni blokidir. Bo‘sh maydonlar tasodifiy ravishda xotiradan tarqalishi mumkin. Jarayonni yuklashda, uni joylashtirish uchun yetarlicha katta bo‘lgan har qanday bo‘sh qo‘shni hududdan xotira taqdim etiladi. Shu bilan birga operatsion tizim bo‘sh xotira maydonlari ro‘yhati va band xotira maydonlari ro‘yhatini saqlaydi. Ushbu maydonlarning barchasi tasodifiy xotirada joylashgan bo‘lishi mumkin va turli uzunliklarga ega.
|
| |