|
Operatsion tizimlarning rivojlanish davrlari
|
bet | 5/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Birinchi davr (1945-1955 yillar)
Hammaga ma’lumki, kompyuter ingliz matematigi Charlz Bebbij tomonidan XVIII asr oxirida kashf etildi. Uning “analitik mashina”si haqiqatda ishlay olmadi, chunki u vaqtdagi texnologiyalar hisoblash texnikasi uchun zarur bo‘lgan aniq mexanika qismlarini tayyorlash bo‘yicha zarur talablarni qondiradigan texnologiyalar
mavjud bo‘lmagan. Yana eng asosiy narsa, u vaqtda kompyuter operatsion tizimga ega bo‘lmagan.
Raqamli hisoblash mashinalarini yaratishda, ikkinchi jahon urushidan keyin ma’lum taraqqiyot-rivojlanish yuz berdi. 1940yillar o‘rtalarida birinchi lampali mashinalar yaratildi. U vaqtda ayni bir guruh mutaxassislar hisoblash mashinalarini ham loyihalashda, ham ekspluatatsiya qilishda va dasturlashda ham shu guruh mutaxassislari ishtirok etganlar. Bu jarayon ko‘proq, kompyuterdan asbob-uskuna sifatida turli amaliy sohalar masalalarini yechishda foydalanish emas, balki hisoblash texnikasi sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishiga yaqinroq edi.
Dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. OT to‘g‘risida gap ham yo‘q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har bir dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo‘lda” yechilar edi.
Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirishi mumkin edi. Dastur mashina xotirasiga eng yaxshi holatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli yordamida yuklanar edi.
Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida faqat bitta operatsiyani (kiritish/chiqarish yoki hisoblashlarni) bajarar edi. Dasturni sozlash boshqarish panelidan xotira va mashina registri holatini o‘rganish yordamida olib borilar edi. Bu davr oxirida birinchi tizimli dasturiy ta’minot yuzaga keldi. 1951-1952 yillar belgili tillar (Fortran va boshqa) dan birinchi kompilyatorlar versiyalari yuzaga keldi, 1954yilda esa IBM-701 uchun Assembler tili ishlab chiqildi.
Vaqtning eng ko‘p qismi dasturni ishga tushirishga ketib qoldi, dasturlarning o‘zi esa qat’iy ravishda ketma-ket ishlov berish rejimi deb ataldi. Xulosa qilib aytganda, birinchi davr, hisoblash tizimlarining yuqori narxi, ularning soni kamligi va foydalanishning past samarasi bilan belgilandi.
|
| |