|
IBOB. OPERATSION TIZIMLAR VA ULARNING AHAMIYATI
|
bet | 3/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati
Ushbu kursda operatsion tizim va ularning asosiy funksiyalari protsessorni boshqarish, jarayonlarni boshqarish, xotirani boshqarish, qurilmalarni boshqarish, fayllarni boshqarish, tarmoqni boshqarish, operatsion tizimlar xavfsizligi va xavfsizlikni boshqarish masalalari, Unix, Linux, Windows va Android operatsion tizimlari, shuningdek, tarmoq xizmatlari va ularning turlario‘rganiladi. Zamonaviy kompyuter bir yoki bir nechta protsessorlardan, operativ xotiradan, disklardan, printerdan, klaviaturadan, sichqonchadan, displeydan, tarmoq interfeyslaridan va boshqa kiritish/chiqarish qurilmalaridan iborat. Natijada ancha murakkab tizim kelib chiqadi. Bundan tashqari, ushbu komponentlarning barchasini boshqarish va ulardan maqbul foydalanish juda qiyin vazifadir. Shu sababli, kompyuterlar operatsion tizim deb ataladigan maxsus darajadagi dasturiy ta’minot bilan jihozlangan bo‘lib, ularning vazifasi foydalanuvchi dasturlarini, shuningdek ilgari aytib o‘tilgan barcha resurslarni boshqarishdir.
Operatsion tizim (OT, ingliz tilidagi shakli - operating system) qurilmalar (hardware), amaliy dasturlar (application software) va foydalanuvchi (user) kompyuteri o‘rtasida vositachilik (interface) qiladigan va kompyuter resurslarini boshqarish va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bir-biriga bog‘langan dasturlar to‘plamidir. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda operatsion tizim – bu qurilmalarning davomi bo‘lib kompyuter va kompyuter tarmoqlari uchun qulay, ishonchli va xavfsiz foydalanishni ta’minlaydigan va qurilmaga o‘rnatiladigan dasturiy vosita hisoblanadi.
Operatsion tizimda ishlashdan asosiy maqsad:
foydalanuvchi xoxlagandagidek uni qanoatlantiridagan darajada ishlashi uchun unga so‘rov natijalarini to‘g‘ri taqdim etishi, rad etishlar bo‘lmasligi, tashqi xujumlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Buni bajarish uchun hisoblash vositalari dasturni ishlata olishi va operatsion tizim bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
kompyuterdan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizim kompyuter va uning resurslaridan foydalanishda maksimal foydalilik va samarodorlikni ta’minlashi, uzilishlarni qayta ishlash, rad etilishlar va buzg‘unchilar hujumidan kompyuterni himoyalashi kerak. OTning bu ishi foydalanuvchi uchun ko‘rinmasligi mumkin, lekin u doimiy ravishda mavjud bo‘ladi.
kompyuterga ulangan tarmoq, disk va boshqa tashqi qurilmalardan foydalanishda qulaylik, samaradorlik, ishonchlilik, xavfsizlikni ta’minlash. Operatsion tizimning asosiy funksiyasi – bu tashqi qurilmalar bilan ishlash. Masalan, OT qattiq diskga istalgan murojaatni qayta ishlashi, drayver (disk bilan axborotlarni almashish uchun past darajali dastur) va kontrollerlarning (disk bilan kiritish/chiqarishni bajaruvchi) birgalikda ishlashini ta’minlashi kerak. Kompyuter USB – portiga ulangan istalgan “fleshka” operatsion tizimda aniqlanishi, o‘zining mantiqiy nomini olishi va u chiqarilmagunga qadar butun vaqt davomida kompyuter tizimi fayl qismi bo‘lib qolishi mumkin.
bugungi kundagi OT larni muhim bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni xavfsizlik, ishonchlilik va ma’lumotlar himoyalanganlikni ta’minlash. Tarmoq doirasida kompyuter va operatsion tizim bilan ishlashda ishtirok etuvchilar unga va uning dasturlariga buzg‘unchilar tomonidan bo‘ladigan xujumlarga (reklama yoki virus va boshqa ko‘rinishlarda kompyuterlarga kirib, foydalanuvchi maxfiy saqlaydigan login, parollarni o‘g‘irlash, kompyuter ish foaliyatini buzish va shunga o‘xshash boshqa xodisalar) doimiy ravishda uchraydilar. Ushbu kursda biz bugungi kundagi OTda qabul qilingan ishonchlilik, xavfsizlik va ma’lumotlarni himoyalashni ta’minlash usullarini ham ko‘rib chiqamiz.
Operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi kerak:
|
| |