OPTIK KIRISH TIZIMLARIDA QO’LLANILADIGAN OPTIK TOLALARNING STANDARTLARI




Download 226.5 Kb.
bet6/8
Sana18.05.2022
Hajmi226.5 Kb.
#21344
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Optik kirish tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmatlari samaradorligi

1.3 OPTIK KIRISH TIZIMLARIDA QO’LLANILADIGAN OPTIK TOLALARNING STANDARTLARI.

Istalgan aloqa tizimining asosiy vazifasi axborotlarni bir punktdan boshqasiga uzatishdan iborat. Optik to‘lqin va signallar yordamida axborotlarni ma’lum m asofalarga uzatishga mo‘ljallangan, boshqacha aytganda, optik signallarni shakllantirish, qayta ishlash va uzatishni ta'minlovchi optik qurilmalar va optik uzatish liniyasi yig‘indisiga optik aloqa tizimi (OAT) deb ataladi.


OAT yuqorida aytib ytilgan xususiyatlaridan tashqari, mis kabelli va bosliqa uzatish tizimlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ham cga. Shuning uchun optik aloqa tizimlaridan nafaqat telefon aloqasini tashkil etish, balki televideniyeda, ovoz eshittirishlarini uzatish, hisoblash texnikasi, transport vositalari va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda.
Optik tarmoq bu axborot yorug‘lik nuri ko‘rinishida optik tola bo‘ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Axborot tola orqali uzatilsa, tolali optik tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik tarmoq tizimi deyiladi. Ochiq optik kirish tarmoqlar tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‘lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‘nalishi faqatgina antennaning yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Ochiq optik kirish tarmoqlar tizimlarining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari. Atmosfera ochiq optik aloqa tizimlarida to‘lqinlarni tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suv osti uzatish muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishidan elektromagnit to‘lqinlar buziladi . Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi.
Optik signallar tarqaladigan uzatish muhitiga bogiiq holda OAT ochiq optik aloqa tizimi va tolaii optik aloqa tizimlariga boiinadi. Axborotlar ochiq optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi (OOAT), tolali optik uzatish muhiti orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi (TOAT) deyiladi. OOATda nurlanish manbalari elektromagnit toiqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi. OOATining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga boiinadi: atmosfera, kosmik va suvosti aloqa muhitlari. OATning asosiy yo‘nalishi TOAT hisoblanadi. TOATda elektromagnit nurlanishlarning tarqalish yoiini tashkil etish uchun maxsus optik yom giik uzatkich — optik tolalar qoilaniladi.
Hozirgi vaqtda uzatish xarakteristikalari yuqori darajada boigan yom giik uzatkichlar, optik tolalar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazo va atmosferada uzatishga asoslangan OOAT ham, radioaloqa uchun ajratilgan chastotalarni toidim vchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi. Optik kirish tarmog‘i bu tugunlar orasi optik uzatish muhiti orqali bo'g'ingan aloqa tarmog’idir. Tugunlar orasi tolali optik uzatish muhiti orqali bogiansa, tolali optik aloqa tarmog’i, ochiq optik uzatish muhiti orqali bog’lansa, ochiq optik kirish tarmoq deb ataladi. Qoilaniladigan modulyatsiya turiga ko‘ra analog va raqamli OAT ga bo‘linadi. Analog OAT da modulyatsiyaning analog usullari: amplituda, chastota va faza modulyatsiyasi turlari qoilaniladi. Optik nurlanish manbalarining yuqori nochiziqliligi va analog uzatish uchun talab etiladigan shovqin bardoshlilikni ta'minlash texnik murakkabligi sababli analog OAT dan foydalanish chegaralangan. Shunga qaramay bir qator sohalar (optik kabelli televideniye, telemetriya, operativ va xizmat aloqa tizimlari)da qo‘llaniladi.
«Axborot asri» deb nom olgan davrimizning o‘ziga xos xususiyati shundaki, jamiyat hayotining turli jabhalariga, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy-ma’rifiy sohalarga, fan, ta’lim, texnika va texnologiyalaming eng yangi yutuqlariga oid axborotlar oqimining tobora jadal sur’atlar bilan ortib borishi kuzatilmoqda. Chunonchi, tahlillaming ko‘rsatishicha, jahon bo‘yicha Internet resurslaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj — har bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan axborotlar oqimining o'rtacha hajmi yiliga 8 marta ortmoqda.
Bunday sharoitda u yoki bu mamlakatning rivoji undagi axborotlar zaxirasining salmog‘i va bu zaxiradan foydalanilish samaradorligi bilan belgilanadi.
Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda axborot almashinuvi jarayoni nafaqat muloqot vositasiga, balki, jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchlaridan biriga aylandi. Shu munosabat bilan axborotlar oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, aloqa xizmatlari turlarini kengaytirish imkonini beravchi, nisbatan kam mehnat va moddiy ashyolar talab qiluvchi aloqa vositalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish o ‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan va tobora keng qo'llanish topayotgan optik aloqa tizimlari ana shunday aloqa vositalari sirasiga kiradi.
Optik kirish tarmoqlar bu afzalligi tufayli ishlab chiqarish korxonala-ri, boshqaruv markazlari, samolyot va kema kabi transport vositalarida foydalangan ma’quldir. Chunki shu kabi kichik joylarda ham energetik qurilmalar, ham avtomatika va teleboshqaruv tizimlari, ham ko‘p sonli abonent qurilmalaridan iborat tarmoqlangan aloqa tarm oqlari joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda elektromagnit va o‘zaro shovqinlar yuzaga keladi.
0‘tgan asming so‘nggi o‘n yillari davoniida yorag‘likning to‘lqin va korpuskulyar tabiati bilan bog’liq fundamental xossalaridan foydalanish, optoelektronika, integral optika, golografiya bo‘yicha erishilgan yutuqlar, jumladan, yuqori samarali yarimo‘tkazgichli yorag‘lik manbalari — yorag‘lik va lazer diodlarining, katta sezgirlikka ega bo‘lgan, tezkor foto-qabulqilgichlar — fotodiodlar, ko'chkili fotodiodlar, yuqori darajadagi shaffof, kam yo‘qotishli yorag‘lik uzatkichlar — optik tolalarning yaratilishi aloqa tizimlarining yangi va istiqbolli yo‘nalishi optik aloqaning paydo bo‘lishi, jadal sur’atlar bilan rivojlanishi va keng qo‘llanishiga olib keldi.




    1. Download 226.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 226.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OPTIK KIRISH TIZIMLARIDA QO’LLANILADIGAN OPTIK TOLALARNING STANDARTLARI

Download 226.5 Kb.