12. Detallarni kukun materiallardan tayyorlash




Download 2,85 Mb.
bet1/7
Sana05.02.2024
Hajmi2,85 Mb.
#151604
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12.DETALLARNI KUKUN MATERIALLARDAN TAYYORLASH


12.DETALLARNI KUKUN MATERIALLARDAN TAYYORLASH
Kameraga solingan material (sim boiagi, qirindi, qiyqimlar va boshqa mayda boiakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli zarralarga maydalanadi. Hosil boigan zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari arrasimon boiadi. Mo‘rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng
unumli boiib, ulaming ishi poiat shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotali aylanma tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta’sir qilishiga asoslangan. Qalay, qo‘rg‘oshin, aluminiy, mis, shuningdek, temir va polat kukunlarini olish uchun havo, suv, bug' yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni to'zitish usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50-350 mkm oichamli boiib, sferik ko‘rinishga yaqin. Fizik-kimyoviy usullar bilan kukunlar olishda boshlangich materialning kimyoviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallami oksidlardan kimyoviy qaytarish, suyultirilgan tuzlami elektroliz qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-kimyoviy usullar hisoblanadi.
Oksidlardan materiallami kimyoviy qaytarish gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod keng qoilaniladi. Kimyoviy qaytarish natijasida hosil boiadigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik-kimyoviy
usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi.1-100 mkm oicham lidendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal, sirkoniy va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm oichamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 200-3 00°C temperaturada metall kukuni va uglerod oksidiga parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil boigan ohak suv bilan yuviladi,
metall kukuni esa 8 - 2 0 mkm oichamli dendritlardan tashkil topadi.
Fizik-kimyoviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari oichamiga ko‘ra kukunlar granulometrik tarkibi bo‘yicha 0,5 mkm gacha oichamli ultra mayda, 0,5-10 mkm oicham li juda mayda, 10-40 mkm oichamli mayda, 40-150 mk oicham li o‘rtacha mayda va 150-500 mkm oichamli yirik xillarga boiinadi. To‘kilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuvchanlik kukunlaming asosiy texnologik xarakteristikalari hisoblanadi. To‘kilish massasi erkin to‘kilgan 1 sm3 kukunning grammlarda oichangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas to‘kilish massasiga ega boisa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchaniigi ta’minlanadi. Olinish usuliga qarab, bitta kukunning to‘kilish massasi turlicha boiishi mumkin. G‘ovakligi yuqori boigan buyum tayyorlash uchun to‘kilish massasi kichik boigan kukundan, asbob va mashinalaming turli detallarini tayyorlashda esa to‘kilish massasi katta kukunlardan foydalanish lozim. Oquvchanlik-kukunning qolipni toidira olish qobiliyatidir. U ma’lum diametrli teshik orqali kukunning o'tish tezligi bilan xarakterlanadi. Kukun zarralarining oichami kamayishi bilan uning oquvchanligi yomonlashadi. Kukunning qolipni bir tekis toidirishi va presslashda zichlanish tezligi ko‘p jihatdan oquvchanlikka bogiiq. Presslanuvchanlik-tashqi nagruzka ta’siridan kukunning zichlanish xossasidir, u presslangan kukun zarralari o‘zaro qanchalik mus
tahkamlashganligini xarakterlaydi. Presslanuvchanlik materialning plastikligi, kukun zarrasining oichami va shakliga bogiiq boiadi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar qo‘shilishi bilan ulaming presslanuychanligi ortadi. Pishuvchanlik deyilganda presslangan xomakini termik ishlash natijasida zarrachalaming ilashish mustahkamligi tushuniladi. Shixtani tayyorlash. Ma’lum kimyoviy va granulometrik tarkibdagi hamda texnologik xossalarga ega boigan kukunlaming dozalangan porsiyalari barabanlarda, tegirmonlarda va boshqa qurilmalarda aralashtiriladi. Shixtani bir tekis aralashtirish zararati tugilsa spirt, benzin, glitserin va distillangan suv qo‘shiladi. Ba’zan aralashtirish protsessida turli vazifani o‘tovchi texnologik qo‘shilmalar qo‘shiladi: presslanishni yengillashtirish maqsadida plastifikatorlar (parafin, stearin, glitserin va boshqalar), kerakli g‘ovaklikka ega bo‘lgan buyumlar olish uchun oson suyuqlanadigan qo‘shilmaIar, uchuvchi moddalar qo‘shiladi. Xomaki va buyumlami shakllantirish. Kukunlar sovuqlayin yoki issiqlayin prokatlash hamda boshqa usullar bilan presslanadi. Sovuqlayin presslashda press forma matritsasiga shixta solinadi va ish puansoni bilan presslanadi. Bosim olingach, buyum surib chiqaruvchi puanson bilan matritsadan chiqariladi. Presslash jarayonida kukun zarrachalari elastik va plastik eformatsiyalanadi. Bunda kukun zarrachalari orasidagi jipslashish ortadi, g‘ovaklik kamayadi. Bu esa erakli shakl va mustahkamlikdagi xomaki olish imkonini beradi. Xomaki gidravlik yoki mexanik (ekssentrikli, krivoshipli) presslarda presslanadi. Presslash bosimi kukun tarkibi va buyum vazifasiga ko‘ra 200-1000 MPa bo‘ladi. Avtomatik harakatlanadigan presslar keng tarqalgan. Qabul qiluvchi bunker lga solinadigan shixta o‘z og‘irligi bilan to‘ldiruvchi shlangga o‘tadi. Shlang press-qolip3ustidatugaydi,upressstoli4bo‘ylab surilishi mumkin. Pastki surib chiqaruvchi puanson 5 vaziyatito‘kiladigan kukun miqdorini belgilaydi, ya’ni ushbu holda pressqolipni dozalash va uni toidirish bir vaqtda bajariladi. Press-qolip
toigach, shlang chetga suriladi va yuqori ish puansoni bilan kukunni qisish imkoniyati tug‘iladi. Xomaki pastki puanson bilan surib chiqariladi, qolipni yana to‘ldirish uchun shlang suriladi, xomaki bir yo‘la stoldan maxsus novga surib tushiradi. Bunday presslar ba’zan bir necha press-qolip o‘matilgan aylanuvchi stollar bilan jihozlanadi. Avtomatik presslaming ish unumi bir soatda bir necha ming xomaki chiqaradigan darajada boiishi mumkin. Issiqlayin presslashda press-qolipda buyum shakllantirilibgina qolmay, ishiriladi ham, bu esa fizik-kimyoviy xossalari yuqori bo‘lgan g‘ovaksiz material olish imkonini beradi. Issiqlayin peresslashni vakuumda, himoya qilish yoki qaytarish atmosferasida, keng temperatura oralig‘ida (1200-1800°C), sovuqlayin presslashga nisbatan ancha past bosimda bajarish mumkin. Odatda, kukunlar kerakli emperaturagacha qizdirilgach bosim ostida siqiladi. Bu usullardan qiyin deformatsiyalanadigan metallar (boridlar, karbidlarva boshqalar) dan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Metall kukunlarini prokatlash sovuqlayin yoki issiqlayin deformatsiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa ko‘rinishidagi buyumlar olishning uzluksiz protsessidir. Prokatlash vertikal, qiya va gorizontal yo‘nalishlarda bajariladi. Vertikal holatda prokatlash buyumni shakllantirish uchun eng yaxshi sharoit isoblanadi. Avvaliga kukun bunkerdan aylanma siquvchi valiklar orasidagi zazorga tushadi, xomaki holiga keltirish uchun qisiladi, so‘ngra pishirish uchun pechga yo‘naltiriladi, keyinchalik toza valiklarda prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta kichrayadi. Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga nisbati 100:1 dan 300:1 gacha boMishi kerak. Kukunlami prokatlash tezligi quyma metallanii prokatlash tezligiga nisbatan ancha kichik boiib, kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. Shuning uchun aylanuvchi valiklar sirtining chiziqli tezligi metall kukunning bunkerdan chiqib, valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik boMishi kerak. Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025-3
mm, eni 300 mm gacha boMgan tasmalar, diametri 0,25 mm va undan katta boMgan simlar va hokazolar olish mumkin. Protsessning uzluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Detal va buyumlarga kerakli mustahkamlik va qattiqlik berish uchun ular pishiriladi. Pishirish operatsiyasi buyumni asosiy komponent suyuqlanadigan temperaturaning 0 ,6 - 0 ,8 qismiga qadar qizdirish va shu temperaturada ma’lum vaqt ushlab turishdan iborat. Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita pishiriladigan buyum orqali tok o‘tkazish y o ii bilan amalga oshiriladi. Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muhitida bajariladi. Tob tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi. Buyumlarga uzil-kesil shakl va aniq oichamlar berish uchun ular pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov beriladi, kimyoviy termik ishlanadi, elektrofizik usullar bilan kerakli o‘lchamiga yetkaziladi, qayta presslanadi. Kalibrlash presslangan buyumni press-qolipdagi mos qirqimli teshikdan siqib o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning o’lchamlari aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi. Presslangan zagotovkalardan murakkab shaklli detallar (cho‘zishuchun volokalar, qattiq qotishmali qistirmalar, shtamplaming matritsalari va hokazolar) olish; ichki va tashqi rezbalar qirqish; diametri kichik, lekin chuqur teshiklar olish uchun ularga kesibishlanadi. Kimyoviy-termik ishlash (azotlash, xromlash, sianlash va hokazo) metallardagi kabi bajariladi. G‘ovaklikning mavjudligi, demak, yoyilgan sirtning mavjudligi kimyoviy-termik ishlash protsessini amalga oshirish imkonini beradi. Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab shaklli detallar olish uchun qoilaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan xomaki anod, asbob, katod vazifasini o‘taydi. Elektr impulsli usulda ishlashda elektrodlami ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok o‘tkazuvchi elektrodlar orqali impulsli elektr toki o‘tkazilganda ulaming eroziyalanishiga (yemirilishiga) bog‘liq. Hosil boigan razryad tufayliishlov beriladigan xomaki-elektrod sirtida juda qisqa vaqt oralig‘ida temperatura 10000-12000°C gacha ko‘tariladi, shu onda metall suyuqlanadi va bugianadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall dielektrik suyuqlik muhitida zarralar ko‘rinishida qotadi. Qayta presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda foydalaniladi. Qayta presslash natijasida xomakining kerakli oichamlari va shakli ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda xomakining shakli oddiy, oichamlari taxminiyboiadi.


Download 2,85 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 2,85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12. Detallarni kukun materiallardan tayyorlash

Download 2,85 Mb.