|
Plazma kimyoviy reaktorda olingan kukunlarning Fisher bo‘yicha donalar o‘lchami va kislorodning ogMrlik ulushi
|
bet | 7/7 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #151604 |
Bog'liq 12.DETALLARNI KUKUN MATERIALLARDAN TAYYORLASHPlazma kimyoviy reaktorda olingan kukunlarning Fisher bo‘yicha donalar o‘lchami va kislorodning ogMrlik ulushi
Kukunlami granulyasiyalash o‘z o‘qi atrofida gorizontal va vertikal tekisliklarda aylanadigan qorishtirgichlarda amalga oshirilgan. Qizdirish va pishirish jarayonlarini tanlash « 0 ‘zQQ0‘ChMK»AJ №2 sexidagi ishlab chiqarish jihozlarida (PUV-300, SEP-214, STN-1,6) amalga oshirilgan. Yangi reaktorda volfram kukunlarini olish jarayonida reaktor tagidagi cho‘kish kamerasida deyarli kukun topilmadi, bu volfram oksidini qariyb to‘liq tiklanganligi va volframning UDKlari filtrlarga tushganligidan dalolat beradi. Volfram oksidini tiklash yo‘li bilan olingan volfram UDKning elektron-mikroskopik suratlari (12.8-rasm, a), ultradispers zarrachalaming sferasimon shakli volframning katta zarralari uchun xarakterli emasligini ko‘rsatdi. Shunday holatlar ham sodir boMadiki, agar maxsus choralar ko‘rilmasa, UDKlarga har xil elektr, dispersiya, magnit kuchlari ta’sirida konglomeratlar hosil bo‘ladi (12.8-rasm, b).
Konglomeratlaming mustahkamligi alohida holatlarda shunchalik yuqoriki, ulami avvalgi holatiga zamonaviy maydalagichlar (disperegatorlar)dan foydalanib ham dastlabki holatiga qaytarib bo‘lmaydi. Bu kutilmagan holatga olib keladi, ya’ni qimmatbaho materialdan qayta foydalanib boimaydi. Ultradispers zarrachalaming morfologiyasi (12.9-rasm), vodorodplazmaviy tiklash yo‘li bilan olingan volframning ultradispers kukunlari ikki komponentli a-W va p-Wsistemadan tashkil topgan.
Berilgan kukun yetarlicha mayda donali bo‘lib, ksenomorfizm yaqqol ko‘zga tashlanadigan shaklsiz strukturaga ega. Difragtogramma tahlili atom tekisliklari orasidagi qiymatlar berilgan kukunning toza volframga tegishli ekanligini ko‘rsatdi (12.10-rasm).
Volfram karbidi kukunining standart va tiklangan UDK asosidagi elektron-mikroskopik ko‘rinishlari (12.11-rasm) keltirilgan. Mikrostrukturadan ko‘rinib turibdiki, standart namunalardagi kabi konglomeratlar hosil qilmasdan deyarli bir tekis mayda donali struktura hosil qiladi. Plazmaning turbulent qismida sodir bo‘ladigan o‘ta to‘yingan lokal fluktatsion o‘zgarishlar, haroratning yuqori gradiyenti (103 grad/m), reaksiyalarning katta tezlik va jarayonlaming tez borishi (10'2-10'3 s) kristallar o‘sishining nomuvozanat sharoitlarini keltirib chiqaradi. Shu sababli, kristallaming shakli mavjud boMgan plazmakimyoviy reaktorlarda olinganlaridan farq qiladi.
Volfram kukunidagi kislorod miqdorini kamaytirish (passivatsiya) uchun mahsulotni reaktomi o‘zida o‘matilgan grafitli yoki metall matoli filtrlarda tutib qolish taklif qilindi. Bu usul ma’lum muddatgacha kukun o‘z-o‘zidan alangalanib ketishini (nepirofornost) xavfsizligini ta’minladi, ammo yuqori haroratlarda (800-1000°C)
uning suv bug‘lari bilan ta’sirlashishi ro‘y beradi. Dastlab xomashyoni 5-10 min oraliqda to‘xtatib turish jarayoni sinab ko‘rildi. Bu oraliqda filtrdagi mahsulot quruq vodorod oqimida termopassivlanadi. Kukun tarkibidagi kislorod miqdori dastlabki 10-20 kun davomida 2-2,65 % gacha yetadi va boshqa o‘zgarmasdan qoladi. Passivatsiyalashning ikkinchi usuli xomashyo bilan birgalikda uglevodorodlami kiritish bilan ishchi bo‘shliqqa yuborilayotgan gazni benzin orqali purkash usuli taklif etildi. Bu usul yaxshi natija berdi. NatijadaW kukunining yonib ketmasligi ta’minlandi. Bajarilgan tadqiqotlar natijasida standart qotishmalardan farq qiladigan mayda donali strukturaga ega bo‘lgan qotishma ishlab chiqildi. WS donalari hajmida o‘lchamlari 100 nm gacha bo‘lgan faza 80-85% ni tashkil qiladi, VK10-M - qotishmalarida 65-75%. W S- faza donlarining o‘rtacha o‘lchamlari 110 nm ni, VKlO-M-qotishmasida esa 130-150 nm ni tashkil qiladi. Mavjud qotishmalarga nisbatan olingan qotishma mayda donali tuzilishga va yuqori ko‘ndalang egilish mustahkamligiga ega. Bunday natijaWS - fazani maydalash kobalti karbid fazalami xossalarini o‘zgartirish natijasida erishildi. Mayda donali strukturaga ega qotishma yuqori fizikaviy hamda mexanik xossalarga ega bo‘ladi va yuqori ishlash xossalarini ta’minlaydi. Qiyin ishlov beriladigan materiallaming laboratoriya sinovlari, VK10M qotishmasiga qaraganda taklif etilayotgan qotishmaning turg‘unligi 1,5-3,0 yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Yangi plazmokimyoviy reaktomi texnologik tadqiqotlari natijalari tahlili (12.1-jadval va 12.8-12.11-rasmlarda) xom ashyoni qayta ishlash va jarayonni boshqarish imkoniyati ortishini, kukunningdispersligi hamda qotishmaning granulometrik bir xilligi va tiklash jarayonining harakat koefFitsiyenti ortishini ko‘rsatdi.
|
| |