Farg’ona - 2020
HURMATLI TALABA!
Sizni test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali talabasi bo‘lganingiz bilan qutlaymiz.
Sizni TATU Farg`ona filialli haqidagi zaruriy ma’lumotlar bilan qisqacha tanishtiramiz.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim turlaridan biri bo‘lgan oliy ta’lim ikki bosqichga ega:
bakalavriat - tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha puxta bilim beruvchi va kamida 4 yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim;
magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim.
TATU Farg`ona filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91-son “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son “Oliy ta’lim muassasalari filiallari to`g`risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg`ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan. Universitet xalq xo‘jaligining turli sohalari va ta’lim tizimi uchun etuk mutaxassis kadrlar tayyorlaydi. Filialda jami 107 nafar professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, shundan: 3 nafari professor, 7 nafari Falsafa fanlari doktori (PhD) 26 nafar fan nomzodi hamda 71 nafar katta o’qituvchi va assistent pedagoglar faoliyat ko`rsatadilar.
Filialda 2 ta fakultet va 8 ta kafedrada ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020-2021 o‘quv yilida TATU Farg`ona filialining kunduzgi ta’lim shaklida 1701 nafar, magistratura mutaxassisliklarida 21 nafar, sirtqi ta`lim shaklida 398 nafar, jami 2120 nafar talaba tahsil oladi.
Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
Kompyuter injiniringi
Kompyuter injiniringi AT-Servis
Axborot xavfsizligi
AKT sohasida kasb ta’limi
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Dasturiy injiniring
Quyidagi mutaxassisliklar bo’yicha magistrlar tayyorlanadi:
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”)
Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
O‘quv jarayoni ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar bo‘yicha kafedralarga bo‘lib olib boriladi.
Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga rektor rahbarlik qiladi. TATU Farg`ona filialiga direktor rahbarlik qiladi. U o’z huzurida tuzilgan Kengash, direktor o’rinbosarlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari faoliyatlariga tayanadi.
Direktor O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va u o’zi rahbarlik qilayotgan oliy ta’lim muassasasida “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarishga mas’ul. Shu bilan birga direktor oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga taalluqli kelajakka mo’ljallangan ishlarni rejalashtiradi va ularni amalga oshirishni ta’minlaydi, oliy ta’lim muassasasi vakolati doirasida xodimlar va talabalar bajarishlari majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi, talabalarning o’qish sharoitlarini yaxshilashga va ularni o’z vaqtida stipendiya bilan ta’minlab turishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
TATU Farg`ona filiаli Kengashi – oliy ta’lim muassasasining direktor rahbarligida direktor o`rinbosarlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, faol talabalar tarkibidan iborat jamoatchilik tashkiloti bo’lib, u ta’lim muassasasidagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan asosiy masalalarni muhokama etadi va ular bo’yicha qarorlar qabul qiladi. Talabalar kengash majlisiga kiritilgan masalalarning muhokamasida undagi o’z vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin.
Fakultet - lotincha “fakultas” so’zidan olingan bo’lib, oliy ta’lim muassasasining o’quv-ilmiy va ma’muriy bo’linmasi ma’nosini bildiradi. Bir yoki bir necha turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha bilim olayotgan talabalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kafedralarni birlashtiruvchi jamoa. Fakultetni dekan va uning o‘rinbosarlari boshqaradi.
Kafedra - (yunoncha kathedra – stul, o’rindiq – minbar, unga ko’tarilib ma’ruza o’qiladi, nutq so’zlanadi va auditoriya oldida chiqish qilinadi) oliy ta’lim dasturidagi o’zaro bog‘liq fanlarni o’qitish va soha bo’yicha ilmiy va ilmiy-uslubiy tadqiqotlar o’tkazuvchi bo’linma. Kafedralar umumta’lim, umumkasbiy yoki ixtisoslik yo’nalishlari bo’yicha tashkil etiladi. Kafedra oliy ta’lim muassasasining boshlang‘ich va asosiy o’quv-ilmiy markazidir. Kafedrani uning mudiri boshqaradi.
Bugungi kunda TATU Farg`ona fililalida zamonaviy laboratoriyalar va kompyuterlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
Filial O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalirini rivojlantirish vazirligiga hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bo‘ysunadi va direktor tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda filialga professor, Rasulov Akbarali Maxamatovich direktorlik qilmoqda.
Sizning ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi, tanlagan ta’lim yo‘nalishi va bitiruv kafedrangiz quyida berilgan fakultetlardan biri tarkibiga kiradi.
Sizga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi beriladi. Ushbu hujjatlar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga qarashli barcha bo‘limlаr xizmatidan foydalanish huquqini beradi. Siz, eng avvalo, kutubxonaga a’zo bo‘lishingiz, zaruriy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ma’ruza matnlari hamda boshqa adabiyotlarni olishingiz mumkin. Kutubxonada kompyuter zali tashkil etilgan. Unda adabiyotlarning elektron kataloglari, internet tizimlaridan foydalanish uchun sharoit yaratilgan. Filialda talabalar foydalanishi uchun kompyuter sinflari mavjud bo‘lib, internet tarmog‘iga ulangan. Filial hududida WiFi orqali internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.
O‘quv yurti tarkibida 1 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, siz tahsil oladigan fakultetga ajratilgan talabalar turar joyidan o‘rin olish uchun fakultet dekaniga ariza bilan murojaat qilish zarur. Filialda talabalar uchun sport inshootlari, tibbiy punkt mavjud. Bugungi kunda filial qoshida Farg`ona shahrida Akademik litsey va Marg`ilon shahrida joylashgan “IT park” markazi faoliyat yuritmoqda.
Filialda 2018-2019 o`quv yilidan boshlab o`quv jarayoniga ta`limning kredit tizimi joriy etildi. Universitetning kredit ta`lim tizimi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan bo`lib, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari professor-o`qituvchilari tarkibining o`quv yuklamasini ta’limning kredit tizimi tartibi belgilangan. Ma’ruza mashg`ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo`lgan professor-o`qituvchilar hamda katta o`qituvchilar tomonidan o`tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg`ulotlari hajmi ko`p bo`lganda, professor, dotsent va katta o`qituvchilar yetarli bo`lmaganda va b.) universitet Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega hamda ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo`lmagan professor-o`qituvchilarga bir o`quv yilida 8 kreditgacha bo`lgan hajmda ma’ruza mashg`ulotlarini o`tishga ruxsat beriladi. Professor-o`qituvchilarning o`quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) kreditlari hajmi bir o`quv semestri uchun 6 kreditdan kam bo`lmasligi tavsiya etiladi.
Oliy ta’lim tizimida o‘quv yili ikki semestrdan (yarim yillik)dan tashkil topadi. TATU Farg`ona filialida Pandemiya sharoiti tufayli o`quv jarayoni masofaviy ta`lim “Onlayn platforma” (http://moodle.fbtuit.uz/) orqali tashkil etilib, talaba o`qituvchi bilan bog`lanib fanlar bo`yicha ma`lumotlar oladi. Ma`ruzalar “Zoom” orqali tashkil etiladi.
Kredit tizimi:
Kredit – talabaning ish hajmi o`lchov qiymati;
1 kredit hajmi haftasiga 30 soat yuklamaga teng;
Har xil fanlar har xil kredit qiymatiga ega bo`lishi mumkin. Bundan kelib chiqib, yuklama soati ham farq qiladi;
Yuklamani yarim qismi mustaqil ishga ajratiladi:
MATEMATIKA (8 kredit – haftasiga 8 soat auditoriya mashg`uloti + 8 soat mustaqil ish)
INGLIZ TILI (2 kredit – haftasiga 2 soat auditoriya mashg`uloti + 2 soat mustakil ish);
Talaba mobilligi:
Butun o`qish jarayoni davomida kreditlar saqlanib qolinadi;
Oliy ma’lumot haqida diplom FAQATGINA 240 kredit olgandan so`ng beriladi;
Universitetda o`qish davomiyligi 4 yildan 7 yilgacha.
Fan tanlash:
Tanlov fanlar
Majburiy fanlar
Tanlash jarayonida sillabusga e’tibor bering!
Baholash:
Umumiy bahoni 50% ni o`qituvchi-professor tomonidan qo`yiladi: Oraliq nazorat, uyga vazifalar, amaliy/laboratoriya ishlari.
Qolgan 50% universitet tomonidan qo`yiladi.
Baholash tizimi: 2, 3, 4, 5
«3» yoki undan yuqori baho olganda, talaba fan uchun butun kredit mikdorini oladi va fanni o`zlashtirgan hisoblanadi.
Kursdan-kursga o`tish faqatgina 2.6 dan yuqori bo`lgan GPA mavjud bo`lganda amalga oshiriladi.
K – fanning kredit miqdori
U – fandan to`plangan ball
Qarzdorlik:
Mashg`ulotlar 10 soatdan ko`p (5 para) uzurli sabablarsiz dars qoldirilganda, talaba fandan «chetlashtiriladi».
Mashg`ulotlarni sababli qoldirilganda, mashg`ulotlarni oddiy ravishda davom ettirsa buladi.
Fanni o`zlashtira olmaslik:
Fanni o`zlashtira ololmasa, fandan chetlashtirilganda, ta’til vaqtida ushbu fan bo`yicha qayta o`qish imkoniyati bor (4 hafta).
Ushbu intensiv kurs narxi kontrakt qiymatiga kirmaydi (davlat grantiga ham tegishli).
Kursning narxi fanning krediti asosida hisoblanadi
1 kreditning narxi: Bir yillik kontrakt summasi / 60
6382746 / 60 = 106379 sum
Масалан: Matematika 1 (8 kredit)
1 йиллик контракт тўлови (стипендияли) – 11005146 сўм
1 йиллик контракт тўлови (стипендиясиз) – 6382746 сўм
Talabalarni qo`llab-quvvatlash:
Edvayzer (maslahatchi)
Fan tanlash
O`quv strategiyasi
boshqalar
Kurator
Mashg`ulotlarda katnashish
Ota-ona bilan ishlash
Tarbiya va tushuntirish faoliyati
TATUFF Masofaviy ta`lim
http://moodle.fbtuit.uz/
Filialdagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari kafedralari bilan yaqindan tanishib olganingizdan so‘ng o‘zingizga ustoz tanlashingiz mumkin. U Sizga ijtimoiy, maishiy masalalarda, o‘quv va ilmiy ishlaringizda maslahatchilik va murabbiylik qiladi. Filialda talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanishlari uchun etarli shart-sharoit yaratilgan. Jumladan, har bir talaba alohida rejaga muvofiq ilmiy tadqiqotlar olib borishi, maqolalar e’lon qilishi, an’anaviy ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishi, shuningdek, 3 va 4-kurslarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlat nomdor stipendiyasi tanlovlarida qatnashishi mumkin.
Oliy ta’limda professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi (assistent)lar talabalarga dars beradilar. Professor va dotsentlar ma’ruza mashg‘ulotlari, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va assistentlar - amaliy, tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazadi va mustaqil ishlarga maslahat beradi.
Talaba barcha fanlar bo‘yicha ma’ruzalarni tinglab, axborot-resurs markazidan, shuningdek, internet tarmog‘idan olingan yangi ma’lumotlar va boshqa qo‘shimcha manbalardan foydalanib, bilimini mustahkamlaydi va mustaqil ta’lim sifatida o‘z bilimini chuqurlashtiradi.
O‘quv reja va dasturlarga muvofiq dastlabki kurslarda ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-ilmiy fanlar, yuqori kurslarda umumkasbiy va ixtisoslik hamda tanlov fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Tanlagan ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va Siz o‘zlashtirishingiz shart bo‘lgan fanlar, shuningdek, o‘z ixtiyoringiz bilan tanlab o‘qiydigan fanlar bo‘yicha ma’lumotni bitiruvchi kafedrangizdan olishingiz mumkin. Fakultet va kafedralar o‘zaro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Mavjud fakultetlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Hozirgi kunda fakultetda 4 ta kafedra mavjud:
Axborot texnologiyalari;
Kompyuter tizimlari;
Tabiiy fanlar;
Axborot xavfsizligi.
Mazkur kafedralarda hozirgi paytda, 1 ta fan doktori, 8 ta fan nomzodi, dotsentlar, 16 ta katta o’qituvchilar, 20 ta assistent-o’qituvchilar hamda 11 та xodimlar faoliyat olib bormoqdalar.
Fakultetda_tayyorlanayotgan_yo’nalishlar'>Fakultetda tayyorlanayotgan yo’nalishlar:
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”);
Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”);
Axborot xavfsizligi (sohalar boyicha).
Mazkur bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Kompyuter injiniringi bo’yicha kompleks masalalarni yechish, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o’z ichiga oladi.
Kasbiy faoliyati ob’ektlari:
Kompyuter injiniringiga oid jarayonlar, axborot-kommunikatsiya tizimlarining apparat-dasturiy ta’minoti;
axborot-kommunikatsiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
axborotni ishlash, saqlash va ular himoyasining ta’minoti;
axborotni dasturiy va dasturiy-apparat himoya vositalari;
ilmiy – tadqiqot jarayoni.
Kasbiy faoliyatining turlari:
loyihaviy-konstruktorlik;
foydalanish va servis xizmati ko’rsatish;
tashkiliy-boshqaruv;
ilmiy tadqiqot;
konsalting xizmati va shu kabi faoliyatilarni o’z ichiga oladi.
Fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar:
Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”) magistratura mutaxassisligi.
Magistrlar kasbiy faoliyatining ob’yektlari:
ma`lumotlar bazasi va banki;
operatsion tizimlar va ofis ilovalari;
tarmoq va internet xizmatlari;
kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti;
injiniring ilmiy-tadqiqot masalalari;
kompyuter tarmoqlari va ularning dasturiy ta’minoti;
ma’lumotlar markazi;
multimediya vositatari va ularning dasturiy ta’minoti;
axborot xavfsizligini ta’minlovchi apparat va dasturiy vositatar;
interaktiv xizmatlarni tashkil etuvchi apparat va dasturiy vositalar.
ilmiy tadqiqot jarayoni;
o’quv jarayoni.
Magistrlar kasbiy faoliyatining turlari:
ilmiy-tadqiqot faoliyati;
loyihaviy-konstruktorlik faoliyati;
ishlab chiqarish – texnologik faoliyati;
tashkiliy-boshqaruv faoliyati;
oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida pedagogik faoliyat (o’rnatilgan tartibda);
konsalting xizmati faoliyatini o’z ichiga oladi.
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASB TA`LIMI FAKULTETI
Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasbiy ta’lim fakulteti 2009 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan. Xozirgi kunda fakultet xalq xo’jaligining barcha sohalariga “Telekommuniktsiya texnologiyalari”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi”, “Dasturiy injiniring” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi.
Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
Dasturiy injiniringi kafedrasi
Axborot ta’lim texnologiyalari kafedrasi
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi
Ushbu kafedralarda 50 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori professor, 18 nafari fan nomzodi dotsent hamda 30 nafardan ziyod o’qituvchilar talabalarga bilim berib kelmoqdalar.
Fakultet tomonidan ta’lim bilan ishlab chiqarish o’rtasida integratsiyani ta’minlash maqsadida bir qator soha korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan va doimiy aloqalar o’rnatib kelinmoqda. Jumladan, “O’zbektelekom” AKning Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlaridagi filiallari, “UzMobile”, “UMC”, “Beeline”, “Ucell”, “Perfectium Mobile” kabi mobil operatorlar, OAJ “Farg’ona Azot”, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi” kabi yirik korxonalari bilan doimiy hamkorlik olib boradi. Ushbu soha korxonalarning samarali faoliyatini ta’minlash uchun turli dasturiy vositalar, qurilmalar hamda ihtirolar yaratilib kelinmoqda. Respublika va viloyat miqyosida o’tkazilayotgan innovatsion yarmarka va ko’rgazmalarda fakultet professor-o’qituvchilari o’zlarining ixtirolari, loyihalari bilan faol ishtirok etib kelmoqdalar.
Fakultetda o’quv jarayoni bilan bir qatorda iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’lga qo’yilgan. Fakultet kafedralari kesimida fan to’garaklari faoliyat olib boradi. Ushbu to’garaklarda talabalar o’zlarining kichik-kichik ixtirolari va yangi-yangi dasturiy mahsulotlari hamda mobil ilovalar yaratish ustida izlanmoqdalar.
Fakultetda so’ngi yillarda iqtidorli talabalar “Abu Rayxon Beruniy” nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo’lganlar.
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETINING ICHKI TARTIB-QOIDALARIDAN KO’CHIRMA
TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI:
Universitet ta’lim oluvchilari sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishishi uchun zarur bo’lgan huquqlardan foydalanish;
Fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlarni olish;
Universitet Axborot-resurs markazida mavjud bo’lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
Bepul maslahatlar va yo’l-yo’riqlar olish;
Auditoriyalar, ta’lim vositalari sanaluvchi ashyolardan o’rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
Ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o’z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda universitet, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish va ularni ko’rib chiqilishini talab qilish;
Universitet va fakultet miqyosida o’tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish;
Ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda qatnashish va ularning
natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish;
Universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo’lish va ular ishida qatnashish;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan foydalanish;
Vataniga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli va yuksak ma’naviyatli mutaxassis bo’lib yetishish uchun fidokorona bilim olish, o’z kasbiy salohiyatini shakllantirish va takomillashtirish;
Ta’lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy printsiplariga, ma’naviy qadriyatlarimizga, qonun talablariga, o’zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalariga qat’iy amal qilish;
Tanlagan ixtisosligi bo’yicha chuqur nazariy bilim olish, bo’lg’usi kasbi bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish;
O’quv jarayoni talablariga bo’ysunish, o’quv mashg’ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, mashg’ulotlar tamom bo’lmasidan avval ketib qolmaslik;
Ta’lim jarayoni bilan bog’liq vazifalarni o’z vaqtida va sifatli bajarish, o’qituvchilarning fanni o’zlashtirish bilan bog’liq topshiriqlarini o’z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg’ulotlarga zarur o’quv qurollari bilan kelish;
Tegishli kafedra va dekanat bilan mustahkam aloqada bo’lish, dekanatning qonuniy topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish;
Bilimlarni egallashda tashabbus va g’ayrat ko’rsatish, loqaydlikka yo’l qo’ymaslik, elektron baholash va baho olish tizimining tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish;
O’z kursdoshlari, boshqa talabalar, professor-o’qituvchilar bilan xushmuomalada bo’lish;
Universitet jihozlariga, mulklariga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo’lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazgani taqdirda ziyon o’rnini o’rnatilgan tartibda qoplash, ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga olib chiqmaslik;
Bino ichida, yo’laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilish, ifloslantirmaslik, tamaki chekmaslik, spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik;
Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, diniy ibodat kiyimlarida yurmaslik, bezak va taqinchoqlarga hirs qo’ymaslik. Tashqi ko’rinishi va yomon xulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmaslik, axloq-odob normalariga so’zsiz bo’ysunish;
O’quv mashg’ulotiga kelmagan (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o’zi yohud guruh rahbari orqali dekanatni yozma ravishda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko’rsatish;
Xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog’liq holda chet elga jo’nab ketishdan avval o’rnatilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyatining roziligini olish;
O’z ilmiy, ma’naviy-axloqiy, g’oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo’lish;
Universitet Ustavi, Ichki mehnat tartib qoidalari, o’quv intizomiga, Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta’lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo’yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek o’zining majburiyatlariga rioya etish va bajarish.
UNIVERSITET HUDUDIDA QUYIDAGILAR TAQIQLANADI:
Universitet hududida, binolarda, yo’laklarda, auditoriyada, maxsus ajratilmagan boshqa joylarda sigaret chekish;
Alkogolli ichimliklar (pivo, vino va boshqalar), giyohvandlik moddalari iste’mol qilish, shuningdek mast holatda bo’lish;
Behayolikni targ’ib qiluvchi pornografik materiallarni qanday shaklda bo’lishidan
qat’i nazar (rasm, audio, video, bosma nashr, kompyuterda) tayyorlash, foydalanish, saqlash, tarqatish, targ’ib qilish;
Universitet hududida azart (qimor va shunga o’xshash boshqa) o’yinlarni o’ynash, tashkil qilish;
Universitetga diniy ibodat liboslarida kelish;
Universitet hududida odamlar diqqatini tortadigan mayka, mini yubka, kalta shim (shortik) va boshqa umume’tirof etilgan axloq-odob me’yorlariga zid keluvchi kiyimlarda yurish, g’ayritabiiy taqinchoqlar taqib olish, pardoz-andozning ekstravagant usullarini qo’llash, soch va soqol o’sgan holatda yurish;
Universitet hududiga uyali aloqa vositalari bilan kelish mumkin, biroq o’quv
mashg’ulotlari chog’ida uyali aloqa vositalari to’liq o’chirib qo’yilishi lozim va ruxsatsiz foydalanish mumkin emas. Faqat favqulodda xollarda (kasallik yuz berishi va boshqa hollarda) aloqa vositasi orqali ota-onasi yoki boshqa yaqinlariga xabar berish uchun aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat beriladi.
Universitet Ichki mehnat tartib qoidalari talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan qo’yidagi ta’sir choralari qo’llaniladi:
- ogohlantirish;
- hayfsan;
- ota-onalarini (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o’tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.
Universitet Ichki mehnat tartib qoidalari talablarining har qanday buzilishi universitet fakultetlarida tuziladigan dekan rahbarligidagi komissiya tomonidan, kurs rahbari (murabbiy), ta’lim oluvchining ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek fakultet majlisida muhokama qilinadi.
TALABALAR TURAR JOYIDAN FOYDALANISH TARTIBI, FOYDALANUVCHINING MAJBURIYATLARI:
Foydalanuvchining talabalar turar joyidagi (keyingi matnlarda TTJ) ichki tartib qoidalar va yo’riqnomalar, hamda shartnoma shartlariga qat’iy rioya qilishi;
Yangi o’quv yili boshlanishi oldidan (30 avgustdan joriy o’quv yilining yakuni 30 iyungacha) TTJda yashash xuquqi beriladi. Pandemiya sababli TTJ faoliyati vaqtincha to`xtatilgan;
TTJ xonasidan va jihozlaridan foydalanish uchun har oy kechiktirmasdan shartnomada ko’rsatilgan to’lovni amalga oshirish;
Umumiy foydalanish joylariga (xojatxona, dush, oshxona, kir yuvish joylari) biriktirilgan xonada yashayotganlar u yerdagi tartib intizom uchun ma’sul va javobgardir;
Talabalar turar joyida o’tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok yetish;
Xonaga begona shaxslarni kech soat 22:00 dan keyin kiritmaslik;
Talabalar turar joylariga spirtli ichimliklarni olib kelmaslik hamda iste’mol qilmaslik va spirtli ichimlik ichgan holatda TTJga kelmaslik;
TTJ binosida tamaki mahsulotlari chekmaslik;
TTJda qimor(karta) o’ynamaslik, ruxsatsiz tadbir va kechalarni o’tkazmaslik;
Soat 22:00 dan kechikmasdan TTJdagi o’z xonasida bo’lish;
Ichki mehnat tartib qoidalarining TTJ qismidagi bandlarni buzgan talabalarga nisbatan ogohlantirish, xayfsan va TTJdan chetlashtirish choralari ko’riladi hamda 3 kun muddatda TTJdan chiqarib yuboriladi;
Universitetdan chetlashtirilgan talabalar uch kun muddat ichida TTJdan chiqaribyuboriladi;
TTJ mulklaridan foydalanish davomida ularga yetkazilgan zarar 100% miqdorida undiriladi.
TALABALARGA NISBATAN INTIZOMIY TA’SIR CHORALARI:
Talaba o’ziga yuklatilgan yuqoridagi majburiyatlarni buzgani taqdirda unga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko’riladi: Ogohlantirish, hayfsan e’lon qilish hamda talabalar safidan chetlatish.
Ustav va Univeristetning Ichki mehnat tartib qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bo’zgan taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy chora va jazo
qo’llaniladi: hayfsan e’lon qilish (bir o’quv semestri davomida 36 soatdan ortiq darslarni uzrli sabablarsiz qoldirganlik, talabalik guvohnomasini qasddan yaroqsiz holga olib kelishi yoki yo’qotishi va shunga o’xshash xollar sababli), talabalar safidan chetlatish (bir o’quv semestri davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli);
Talaba Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o’z xohishiga binoan; b) o’qishning boshqa ta’lim mussasasiga ko’chirilishi munosabati bilan; v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiyasi ma’lumotnomasi asosida); g) akademik o’zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun; d) o’quv intizomini va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ichki tartib qoidalarini buzganligi uchun; ye) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; j) o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov kontrakt bo’yicha tahsil olaѐtganlar uchun); z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; i) vafot etganligi sababli.
Sizga oqish davomida chuqur bilim olish, ulkan cho‘qqilarni zabt etib, Vatanga sidqidildan xizmat qiladigan etuk mutaxassis kadr bo‘lib yetishishingizga tilakdoshmiz.
|