III BO‘LIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI




Download 395.3 Kb.
bet9/18
Sana06.05.2023
Hajmi395.3 Kb.
#57104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
Metrologiya 1-5 amaliyot
portal.guldu.uz-O’simliklar fiziologiyasi, 20, Operatsion tizim PPT (2), 24, 61 90 12, Loyihani boshqarish, Глобаллашув ва интеграция жараёнларининг умумий, 14-lekciya, 10 маъруза Ландшафт режалаштиришнинг амалий жиҳатлари сувни муҳофазалаш, O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, RDB Rahimov Yahyobek 21-20., Ravshanov Umrzoq KT3

III BO‘LIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI


  1. modda. Davlat nazorati organlari va ob’ektlari

Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini «O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 3 apreldagi O‘RQ-202-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 15-son, 172- modda)
Idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, ta’mirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati ob’ekti hisoblanadi.
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
(8-modda to‘rtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-sonli Qonunitahririda
Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)

  1. modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini

amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari
hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
xo‘jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish;
(9-moddaning 2-qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 10 oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 41-son, 405-modda)
xo‘jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi;
mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
xo‘jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega.
(9-moddaning uchinchi qismini ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 7 oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013 y., 41-son, 543-modda)
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar.

  1. modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.

Download 395.3 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 395.3 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BO‘LIM. STANDARTLAR USTIDAN DAVLAT NAZORATI

Download 395.3 Kb.