• II bob. Akkreditatsiya qilish va nazorat yo‘sinidagi tekshiruv bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi
  • O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali




    Download 395.3 Kb.
    bet12/18
    Sana06.05.2023
    Hajmi395.3 Kb.
    #57104
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    Metrologiya 1-5 amaliyot
    portal.guldu.uz-O’simliklar fiziologiyasi, 20, Operatsion tizim PPT (2), 24, 61 90 12, Loyihani boshqarish, Глобаллашув ва интеграция жараёнларининг умумий, 14-lekciya, 10 маъруза Ландшафт режалаштиришнинг амалий жиҳатлари сувни муҳофазалаш, O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, RDB Rahimov Yahyobek 21-20., Ravshanov Umrzoq KT3

    I bob. Asosiy qoidalar


      1. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (o‘lchash) laboratoriyalari (markazlar), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlari, metrologiya xizmatlari va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar o‘z faoliyatlarini akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar asosida amalga oshiradilar.

      2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimidagi ishlar va xizmatlar narxi shartnoma asosida aniqlanadi.

    Bunda akkreditatsiya qilish, nazorat yo‘sinidagi tekshiruv, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlarning narxini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son
    «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 1999 y., 2- son, 9-modda) muvofiq amalga oshiriladi.

      1. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya sub’ektlarining akkreditatsiya qilish, nazorat yo‘sinidagi tekshiruv, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash bo‘yicha ishlar va xizmatlarining narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktabrdagi 239-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 42-43-son, 364-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq aniqlanadi.

    II bob. Akkreditatsiya qilish va nazorat yo‘sinidagi tekshiruv bo‘yicha ishlar va xizmatlarning to‘lovi


      1. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari, sinov (o‘lchash) laboratoriyalarini (markazlarini), sertifikatlashtirish sohasidagi tekshiruv organlarini, metrologiya xizmatlari va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarni akkreditatsiya qilish qoidalarining (ro‘yxat raqami 1596, 2006 yil 17 iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006 y., 28-29-son, 283- modda) 9-bandiga muvofiq akkreditatsiya qilish bo‘yicha ishlarning to‘lovi arizachi tomonidan har bir bosqich bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.

      2. Natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya qilish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar to‘lanishi lozim.

      3. «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda «O‘zstandart» agentligi deb yuritiladi) o‘z vazifalarining bir qismini bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) (bundan buyon matnda akkreditatsiya ob’ekti deb yuritiladi) o‘tkazishga haqlidir.

      4. Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya qilinganida va unga «O‘zstandart» agentligi o‘z vazifalarining bir qismini (akkreditatsiya qilish sohasini inobatga olgan holda) o‘tkazganda «O‘zstandart» agentligi va akkreditatsiya ob’ekti o‘rtasida bitim tuziladi hamda unga muvofiq akkreditatsiya ob’ekti «O‘zstandart» agentligiga bajarilgan ishlar va xizmatlar hajmidan ajratmalarni amalga oshiradi.

    Akkreditatsiya ob’ektlarining ajratmalar miqdori «O‘zstandart» agentligi tomonidan o‘tkazilgan ishlar va xizmatlarning hajmi va turiga bog‘liq bo‘ladi hamda umumiy tushum hajmining 5 foizidan oshmasligi kerak.

      1. Akkreditatsiya ob’ektlarining faoliyati ustidan nazorat yo‘sinidagi tekshiruv o‘tkazish uchun to‘lov «O‘zstandart» agentligi va akkreditatsiya ob’ekti o‘rtasida tuzilgan bitimga asosan haqiqiy sarflarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

    Download 395.3 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 395.3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali

    Download 395.3 Kb.