Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega




Download 257.26 Kb.
bet2/7
Sana23.05.2023
Hajmi257.26 Kb.
#63769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anvar data base
Kim-tex-ishchi-dastur-4-lotin, Fizika so\'z top, RAT, Kurs ishi Andayev, nutq uslublari, MAHFUZA LABORATORIYA 3, Рамка A4 с малым штампом, Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari, Rizoqulov Fayoz makroiqtisodiyot, Rizoqulov Fayoz Investitsiyalarni baholash slay, Fotoelektr batareyalar qo\'llanma, operatsion 2-amaliyot, operatsion 6-amaliyot. nigora, 2-mustaqil ishi data base
Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega:
✓ fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;
✓ ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlaydi;
✓ har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklaydi;
✓ bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlaydi.

MBBT funksiyalari tarkibiga yanada aniqroq qilib quyidagilar qabul qilingan:


✓ Tashqi xotirada bevosita ma’lumotlarni boshqarish
Bu funksiya MBga bevosita kiruvchi ma’lumotlarni saqlash uchun kerakli strukturani ta’minlab tashqi xotiraga qo‘shadi. MBBT ishlatishda mavjud fayl tizimi imkoniyatlari aktiv ravishda ishlatiladi. Rivojlantirilgan MBBTda foydalanuvchi istalgan holda MBBT fayl tizimini ishlatayaptimi, yo‘qmi, bu haqda bilishi shart emas. Agar ishlata olsa, u holda fayllar tashkil qilingan bo‘ladi. Xususiy holda MBga berkitilgan obyektlarni MBBT qo‘llab-quvvatlaydi.
✓ Tezkor xotirani bufer bilan boshqarish
MBBT odatda ancha katta hajmdagi MB bilan ish yuritadi. Bu hajm tezkor xotiraning mumkin bo‘lgan hajmidan yetarli darajada katta bo‘ladi. Ma’lumki, agar ma’lumotlarning biror elementiga murojaat qilish kerak bo‘lsa, tashqi xotira bilan aloqa o‘rnatiladi, lekin barcha tizim tashqi xotira qurilmasi tezligida ishlaydi. Bu tezlikni oshirishning amaliy yagona usullaridan biri — bu operativ xotiraga ma’lumotlarni buferizatsiya qilishdir.
Tranzaksiya bilan boshqarish
Tranzaksiya — bu qaralayotgan MBBT MB ustida ketma-ket operatsiyalarni bajarishidir, ya’ni ma’lumotlar bilan monipulyatsiya qilib ketma-ket operatsiyalar yordamida MBBTga ta’sir etishdir. Tranzaksiya ma’lumotlar bazasini bir butun holatdan ikkinchi bir butun holatga o‘tkazadi, yoki agar ma’lum sababga ko‘ra tranzaksiyaning biror holati bajarilmaydigan bo‘lsa yoki tizimda biror xatolik yuz bersa, ma’lumotlar bazasi boshlang‘ich holatiga qaytadi. MBning mantiqiy butunligini quvvatlash uchun tranzaksiya tushunchasi kerak bo‘ladi.
✓ Jurnalizatsiya
MBBT ga bo‘lgan asosiy talablardan biri bu tashqi xotirada ma’lumotlarning ishonchli saqlanishidir. Ma’lumotlarning ishonchli saqlanishi deganda har qanday apparatli yoki dasturli to‘xtab qolishdan (sboydan) keyin MBBTda MBning oxirgi holatini qayta tiklashi tushuniladi. Odatda apparatli to‘xtab qolish holati ikki xil bo‘ladi: yengil to‘xtab qolish, ya’ni bunda kompyuter ishlashi kutilmaganda to‘xtashi (masalan, elektr toki manbayining o‘chishi), ikkinchisi — qattiq to‘xtab qolish, bu tashqi xotirada ma’lumotlarning yo‘qolib ketishi bilan xarakterlanadi. Dasturli to‘xtab qolishlarga quyidagilarni keltirish mumkin: MBBTning to‘satdan buzilishi bilan ishni tugatishi yoki foydalanuvchi dasturining avariya bilan tugallanishi bo‘lib, natijada ayrim tranzak- siyalar tugallanmasdan qoladi. Har qanday holda ham MB ni qayta tiklash uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni joylashtirish kerak. Boshqacha qilib aytganda MB da ma’lumotlarning butunligini saqlash uchun saqlanadigan ma’lumotlarning to‘liqligi talab qilinadi. Ma’lumotlarning ishlatilayotgan qismi qayta tiklanishi uchun alohida ishonchli saqlanishi lozim. Bunda to‘liq ma’lumotlarni quvvatlash uchun keng tarqalgan usullardan biri — MB ning o‘zgartirish jurnalini olib borish usuli ishlatiladi.



Download 257.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 257.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’lumotlarni boshqarish tizimi quyidagi xossalarga ega

Download 257.26 Kb.