MA’LUMOTLAR BAZASI MODЕLLARI VA MOHIYAT-ALOQA MODЕLI




Download 257.26 Kb.
bet4/7
Sana23.05.2023
Hajmi257.26 Kb.
#63769
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anvar data base
Kim-tex-ishchi-dastur-4-lotin, Fizika so\'z top, RAT, Kurs ishi Andayev, nutq uslublari, MAHFUZA LABORATORIYA 3, Рамка A4 с малым штампом, Neytronlar ishtirokidagi yadro reaksiyalari, Rizoqulov Fayoz makroiqtisodiyot, Rizoqulov Fayoz Investitsiyalarni baholash slay, Fotoelektr batareyalar qo\'llanma, operatsion 2-amaliyot, operatsion 6-amaliyot. nigora, 2-mustaqil ishi data base
MA’LUMOTLAR BAZASI MODЕLLARI VA MOHIYAT-ALOQA MODЕLI.
Infologik modellashtirishning maqsadi — tuziladigan ma’lumotlar bazasida shakllanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish usullarini odamlar uchun tabiiy ta’minlashdir. Shuning uchun ma’lumotlarning infologik modelini tabiiy tilga mos qilib qurishga harakat qilinadi.
Infologik modelni qurishning asosiy konstruktiv elementlari:
✓ mohiyat;
✓ mohiyatlar orasidagi bog‘lanish;
✓ xossalar (atributlar).
Mohiyat — har xil obyekt (obyekt — bu biz ularni bir-biridan farqlaymiz), uning ma’lumotlari ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samolyot, reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir-biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasiga aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR, uning nusxasi esa — TOSHKENT, MOSKVA bo‘lishi mumkin.
Atribut — mohiyatni xarakterlovchi nomlar. U o‘zida yagona murakkab bo‘lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O‘quvchi” mohiyati atributi — kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalar. Mohiyat atributlari to‘plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va chiladigan masalaga bog‘liqdir.
Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyati atributi bu — tur, marka, nomer belgisi, rangi va boshqalar. Bu yerda tur bilan nusxa orasida farq mavjud. Rang atributi turi ko‘p qiymatli yoki nusxali: qizil, ko‘k, oq va boshqalar.
Mohiyat va atribut turlari orasida absolyut farq yo‘q. Mohiyat turi bilan aloqada faqat atribut bor. Boshqacha kontekstda atribut o‘zi mustaqil mohiyat bo‘lib qatnashishi ham mumkin. Masalan, avtomobil zavodi uchun rang — bu faqat ish- lab chiqarish mahsuloti atributi, lok-bo‘yoq fabrikasi uchun esa rang — mohiyat turidir.
Kalit — atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida kerakli mohiyat nusxasini topish mumkin. Masalan, samolyotlar uchishi uchun “Reys jadvali” mohiyati kalitlari “Reys nomeri” yoki “Jo‘nash joyi”, “Uchish vaqti” va “Qo‘nish joyi” to‘plami bo‘lisi mumkin.
Aloqa — ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishidir. Agar ma’lumotlar bazasini faqat bir-biri bilan bog‘lanmagan ma’lumotlar bilan to‘ldirishga yo‘naltirilsa, u holda uning strukturasi juda oddiy bo‘ladi. Lekin, MBni tuzishning asosiy talablaridan biri — bu boshqa mohiyat qiymati bo‘yicha bitta mohiyatni izlab topish imkoniyatini ta’minlashdir. Buning uchun ular orasida aloqani aniqlashni tashkil etish zarur. Real ma’lumotlar bazasida yuzlab yoki minglab mohiyatlar bir- biri bilan millionlab bog‘lanish o‘rnatishi kamdan kam. Bunday bog‘lanishlar to‘plami infologik modelning murakkabligini bildiradi.

Download 257.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 257.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MA’LUMOTLAR BAZASI MODЕLLARI VA MOHIYAT-ALOQA MODЕLI

Download 257.26 Kb.