Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/142
Sana06.12.2023
Hajmi4,35 Mb.
#112708
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   142
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari (1)

Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi: 
Tashkilotlarda xavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda turli hujjatlardan 
foydalaniladi. 
Ushbu 
hujjatlarni 
ishlab 
chiqish 
xavfsizlik 
siyosatining 
iyerarxiyasining sathi va uni nechtaligiga bog’liq. 
- Qonunlar. Qonunlar iyerarxiyaning eng yuqorisida joylashgan bo’lib, ular 
tashkilotdagi har bir xodim amalga oshirishi kerak bo’lgan vazifalarni o’z 
ichiga oladi. Ushbu qonunlarga amal qilmagan har bir xodim uchun 
javobgarlik choralari ko’rilishi shart bo’ladi. 
- Normativ hujjatlar. Normativ hujjatlar iyerarxiyadagi ikkinchi tashkil etuvchi 
bo’lib, ular xodimlarni qonunlarga rioya qilishini kafolatlaydi. Normativ 
hujjatlar xavfsizlik siyosati qonuniga mos bo’lgan yo’l yo’riq ko’rsatuvchi 
hujjatlar to’plami hisoblanib, ular hukumat yoki ijtimoiy normativ 
hujjatlardan iborat bo’ladi.  
- Siyosatlar. Siyosatlar yordamida tashkilot o’z tarmoq xavfsizligi uchun 
qonuniy va ichki tarmoq talablarini yaratadi. Siyosat turli muolajalardan 
iborat bo’lib, ular tashkilot uchun xavfsizlik arxitekturasini ko’rsatadi. Ushbu 


236 
siyosatlarni amalga oshirib tashkilotda standartlarni o’rnatish va risklarni 
boshqarish kabi vazifalarni bajarish mumkin. 
- Standartlar. Standartlar siyosatni amalga oshirish usullarini tavsiflab, ular 
siyosatlardan kelib chiqadi va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Standartlar korxona siyosatiga ixtiyoriy va mandatli aloqador bo’lib, ishlab 
chiqilgan standartni ma’lum vaqtdan so’ng o’zgartirish talab etilmasligi zarur. 
Shuningdek, standartlar texnologiya, qurilma va dasturiy vositaga bog’liq 
holda xavfsizlik nazoratini o’z ichiga oladi. 
- Yo’riqnomalar. Yo’riqnomalar tashkilot siyosati va standartlarini amalga 
oshirish strategiyasini aniqlab, tashkilotni tahdidlarga qarshi tura olishida 
yordam beradi. Shuning uchun, tashkilot xodimlari yo’riqnomalarni bajarish 
uchun maxsus o’qitiladi. 
- Muolajalar. Muoalajalar tashkilot siyosatini amalga oshiruvchi ketma-ket 
bosqichlar to’plami bo’lib, ularni amalga oshirishda imtiyozga ega 
subyektdan tasdiq talab etiladi. Muolajalar quyidagi savollar asosida ishlaydi: 
o
Kim nimani bajaradi? 
o
Ular qanday bosqichlarga ega? 
o
Ular qaysi forma va hujjatlardan foydalanadi? 
- Umumiy qoidalar. Umumiy qoidalar tanlovga ko’ra maslahatlar bilan 
ta’minlovchi hujjat bo’lib, ular biror maxsus standartlar bo’lmagan holatda 
foydalaniladi. Umumiy qoidalar tavsiyalar sifatida bo’ladi va tashkilotlar 
ularni rad eta olmaydi. Umumiy qoidalarni amalga oshirish risklarni 
kamaytirsada, biznes talablari o’zgarganda umumiy qoidalarni ham 
o’zgartirish tavsiya etiladi. 

Download 4,35 Mb.
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   142




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish