Axborot xavfsizligi siyosatining turlari




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/142
Sana06.12.2023
Hajmi4,35 Mb.
#112708
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari (1)

Axborot xavfsizligi siyosatining turlari. Tashkilotda axborot xavfsizligini 
rejalashtirish, loyihalash va amalga oshirishda siyosat muhim hisoblanib, ular 
foydalanuvchilarga xavfsizlik maqsadlariga erishishda mavjud muammolarni 
bartaraf etish choralarini taqdim etadi. Bundan tashqari, xavfsizlik siyosati 
tashkilotdagi dasturiy ta’minot va jihozning vazifasini tavsiflaydi. 
Axborot texnologiyalari sohasidagi korxonalarda quyidagi xavfsizlik 
siyosatlari qo’llaniladi: 

Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati (Enterprise Information Security 
Policies, EISP): mazkur siyosat turi tashkilotlar xavfsiz muhitini unga g’oya, 
maqsad va usullarni taklif qilish orqali qo’llab – quvvatlaydi. U xavfsizlik 
dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va boshqarish uchun usullarni belgilaydi. 
Bundan tashqari, ushbu siyosatlar taklif etilgan va talab qilingan axborot xavfsizligi 
tuzilmasi talablarini kafolatlaydi. 

Muammoga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (Issue-Specific Security 
Policies, ISSP): bu siyosatlar tashkilotdagi aynan bir xavfsizlik muammosiga 
qaratilgan bo’lib, ushbu xavfsizlik siyosatlarining qamrovi va qo’llanilish sohasi 
muammo turi va unda foydalanilgan usullarga bog’liq bo’ladi. Unda profilaktik 


245 
choralar, masalan, foydalanuvchilarni kirish huquqini avtorizasiyalash uchun zarar 
bo’lgan texnologiyalar ko’rsatiladi. 

Tizimga qaratilgan xavfsizlik siyosatlari (System-Specific Security 
Policies, SSSP): mazkur xavfsizlik siyosatini amalga oshirishda tashkilotdagi biror 
tizimning umumiy xavfsizligini ta’minlash maqsad qiladi. Bunda tashkilotlar 
tizimni qo’llab-quuvatlash maqsadida muolajalar va standartlarni o’z ichiga olgan 
SSP siyosatini ishlab chiqadilar va boshqaradilar. Bundan tashqari, tashkilot 
tomonidan foydalanilgan texnologiyalar tizimga qaratilgan siyosatlarni o’z ichiga 
oladi. Bu siyosat texnologiyani amalga oshirish, sozlash va foydalanuvchilarni 
harakatlarini hisobga olishi mumkin. 
Tashkilotlarda turli maqsadlarga qaratilgan ko’plab xavfsizlik siyosatlari 
mavjud bo’lishi mumkin. Quyida ularning ayrimlari keltirilgan. 
Internetdan foydalanish siyosati. Mazkur siyosat Internetdan foydalanishdagi 
cheklanishni aniqlab, xodimlar uchun Internet tarmog’idan foydalanish tartibini 
belgilaydi. Internetdan foydalanish siyosati o’z ichiga Internetdan foydalanish 
ruxsati, tizim xavfsizligi, tarmoqni o’rnatish, AT xizmati va boshqa yo’riqnomalarni 
qamrab oladi. 
Internetdan foydalanish siyosatini quyidagi to’rtta kategoriyaga bo’lish 
mumkin: 
1. 
Tartibsiz siyosat (Promiscuous Policy): ushbu siyosat tizim 
resurslaridan foydalanishda hyech qanday cheklovlarni amalga oshirmaydi. Masalan, 
bu siyosatga ko’ra foydalanuvchi istalgan saytga kirishi, istalgan dasturni yuklab 
olishi, masofadagi kompyuter yoki tarmoqdan foydalanishi mumkin bo’ladi. Bu 
siyosat korporativ tashkilotlarning ofislarida ishlovchi yoki tashkilotda kelgan 
mehmonlar uchun foydali hisoblansada, kompyuterni zararli dasturlar asosidagi 
tahdidlarga zaif qilib qo’yishi mumkin. Ya’ni, Internetdan foydalanishda 
cheklanishlar mavjud bo’lmagani bois, foydalanuvchilar bilimsizligi natijasida 
zararli dasturlar kirib kelishi mumkin.  
2. 
Ruxsat berishga asoslangan siyosat (Permissive Policy): Bu ciyosatga 
ko’ra faqat xavfli xizmatlar/ hujumlar yoki harakatlar bloklanadi. Masalan, ruxsat 


246 
berishga asoslangan Internet siyosatida qator keng tarqalgan zararli xizmatlar/ 
hujumlardan tashqari Internet trafigining asosiy qismi ochiq bo’ladi. Faqat ken 
tarqalgan hujumlar va zararli dasturlar bloklangani uchun, administrator joriy 
holatdagi zararli harakatlarga qarshi himoyani ta’minlay oladi. Bu siyosatda har 
doim yangi hujumlarni va zararli dasturiy ta’minotlarni tutish va bazaga kiritib 
borish talab etiladi. 
3. 
Paranoid siyosati (Paranoid Policy): Paranoid siyosatga ko’ra hamma 
narsa bloklanadi va tizim yoki tarmoqdan foydalanuvchi tashkilot kompyuterlarida 
qat’iy cheklovlar mavjud bo’ladi. Bu siyosatga ko’ra foydalanuvchi Internetga 
umuman ulanmagan yoki qat’iy cheklovlar bilan ulangan bo’lishi mumkin. Bunday 
hollarda, foydalanuvchilar odatda siyosatdagi qoidalarni aylanib o’tishga harakat 
qiladi. 
4. 
Ehtiyotkorlik siyosati (Prudent Policy): Ehtiyotkorlik siyosati barcha 
xizmatlar bloklangandan so’ng amalga oshirilib, unda administator tomonidan 
xavfsiz va zarur xizmatlarga individual ravishda ruxsat beriladi. Bu maksimal 
xavfsizlikni ta’minlab, tizim/ tarmoq faoliyatiga oid barcha hodisalarni qayd qiladi.  
Maqbul foydalanish siyosati. Maqbul foydalanish siyosati tarmoq va veb sayt 
egalari tomonidan qaror qilingan qoidalardan iborat bo’ladi va u hisoblash 
resurslaridan 
to’g’ri 
foydalanishni 
belgilaydi. 
Ushbu 
siyosatda 
foydalanuvchilarning o’z akkauntlarida mavjud bo’lgan ma’lumotlarni himoya 
qilish majburiyati ko’rsatilgan bo’lib, foydalanuvchi tarmoqdan yoki Internetdagi 
kompyuterdan foydalanishida siyosat cheklovlarini qabul qilishi talab etiladi. 
Ehtiyotkorlik siyosati prinsiplar, taqiqlar, qayta ko’rib chiqish va jazo choralarini 
o’z ichiga olib, foydalanuvchini shaxsiy sabablarga ko’ra korporativ resurslardan 
foydalanishini taqiqlaydi. 
Maqbul foydalanish siyosati axborot xavfsizligi siyosatining ajralmas qismi 
hisoblanadi. Bunda, tashkilotlar o’zlarining yangi xodimlariga axborot resurlaridan 
foydalanishga ruxsat berishdan oldin maqbul foydalanish siyosati bo’yicha 
tanishganligi uchun imzo olishadi. Maqbul foydalanish siyosati foydalanuvchilarni 


247 
axborot texnologiyalari infratuzilmasida nimalarni bajarish kerak va nimalarni 
bajarmaslik kerakligi haqidagi asosiy jihatlarni o’z ichiga oladi.
Maqbul foydalanish siyosati to’g’ri amalga oshirilganiga ishonch hosil qilish 
uchun administrator doimiy ravishda xavfsizlik auditini olib borishi kerak. Masalan, 
aksariyat tashkilotlar o’z saytlarida va pochtalarida siyosatga aloqador va diniy 
mavzularda muzokaralar olib borilishini taqiqlaydi. Maqbul foydalanish 
siyosatlarining aksariyatida siyosatni buzganlik uchun jazolar tayinlanadi. Bunday 
jazolar foydalanuvchi akkauntini vaqtincha yopib qo’yishdan tortib qonuniy jazo 
choralarigacha bo’lishi mumkin. 

Download 4,35 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   142




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish