• Ochiq matn = “POSSIBLE” Shifrmatn = “SIPLOSBE” 9-rasm. Sodda o’rin almashtirish usuliga misol 2.1.6. Kriptografiyaning tarixi
  • О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/142
    Sana06.12.2023
    Hajmi4,35 Mb.
    #112708
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
    Bog'liq
    kiberxavfsizlik-asoslari (1)

    O’rin almashtirish akslantirishi. Ushbu akslantirishga ko’ra, ochiq matn 
    simvollarining o’rni biror qoidaga ko’ra o’zaro almashtiriladi. Bunda ochiq matdga 
    ishtirok etgan simvollar shifrmatnda ham ishtirok etib, faqat ularning o’rni 
    almashgan holda bo’ladi (9-rasm).
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    Ochiq matn = “POSSIBLE”
    Shifrmatn = “SIPLOSBE”
    9-rasm. Sodda o’rin almashtirish usuliga misol
     
    2.1.6. Kriptografiyaning tarixi 
    Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki ko’rinishlaridan ming yillar avval 
    foydanib kelingan. Yaqin o’n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar 
    deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir 
    necha davrlarga ajratib, turli yondashuvlarga asoslanib o’rganilgan. Masalan, ba’zi 
    manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik 
    shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar 
    davri deb yuritiladi. Biroq, hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo’lgan davr 
    juda uzoq bo’lgani bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb 
    etgan. Shuning uchun, kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga 
    ajratish mumkin [21]: 


    25 
    1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar 
    asosan bir alfavitli o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlariga 
    asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari. 
    2. O’rta davr (o’rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko’p 
    alifboli o’rniga qo’yishga asoslangan bo’lib, ularga Vijiner, Atbash 
    usullarini misol keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlar birinchi davr 
    shifrlariga qaraganda bardoshligi yuqori bo’lgan. 
    3. 1 va 2 – jaxon urishlari davri (1 va 2- jaxon urishlari davridagi klassik 
    shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan 
    bo’lib, radioto’lqin orqali shifrmatnni uzatishni (Morze alifbosi) amalga 
    oshirgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrammi, 
    Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin. 
    4. Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash 
    qurilmalariga mo’ljallangan bo’lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega 
    hisoblanadi. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, GOST 28147-
    89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) 
    larni keltirish mumkin. 

    Download 4,35 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 4,35 Mb.
    Pdf ko'rish