• Ishning maqsadi va vazifalari
  • Muammoning dolzarbligi va o'rganilganlik darajasi




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/19
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #129968
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    kurs-ishi-ulgi

    Muammoning dolzarbligi va o'rganilganlik darajasi. Insoniyat hayotining 
    yaxshilanib borishi, bu muammolarning avtomatlashgan tartibda tizimli hal 
    qilinishi bilan uzviy bog’liq bo’lib, jismoniy mehnat talab qiladigan ishlarning 


    o’rnini asta-sekin texnologiyalar egallamoqda. Bu kabi texnologiyarning 
    boshqaruvini esa albatta dasturiy vositalar va algoritmlar bajaradi.
    Ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi ilovalar ishlab chiqish orqali 
    foydalanuvchilarga maksimal darajada qulaylik va soddalikni taqdim qilish va 
    muammolarini qisqa vaqt ichida hal qiladigan dasturiy maxsulotlarni ishlab 
    chiqishdan iborat. Shu o’rinda, dasturiy maxsulotning sifati va unumdorligidan 
    tashqari uning ko’rinishi ya`ni dizayniga ham katta e`tibor qaratish lozim. Chiroyli 
    ko’rinishni yaratish uchun animatsiyalar va zamonaviy dizayn texnologiyalaridan 
    foydalanish talab qilinadi. 
     
     
     


    I. BOB. ANDROID STUDIO VA JAVA/KOTLIN DASTURLASH TILI VA 
    UNING IMKONIYATLARI 
     
    1.1 Android va Java dasturlash tili va uning hozirgi kundagi o’rni 
    Android operatsion tizimi Google kompaniyasi tomonidan yaratilgan mobil 
    OS hisoblanadi. Bu tizim Linux kernel ning modifikatsiyalangan versiyasi asosida 
    qurilgan bo’lib, asosan touchscreen ya’ni sensorli ekranda boshqarish uchun ishlab 
    chiqilgan. Masalan smartfonlar, planshetlar, aqlli soatlar va hokazo. Shuningdek, 
    Google korporatsiyasi, Android tizimini Android TV lar, Android Auto 
    avtomobillari, Wear OS soatlar va boshqa shu kabi qurilmalar uchun 
    moslashtirilgan interfeysga ega tizim versiyalarini yaratib kelmoqda. Android turli 
    xil variantlari o’yin konsollari, raqamli video kameralar, kompyuterlar va boshqa 
    elektron qurilmalar uchun ham mavjud. 
    Dastlab, ushbu operatsion tizim Android Inc. firmasi tomonidan yaratilgan 
    bo’lib, so’ngra uni Google 2005-yilda sotib olgan. Birinchi marta Android 2007-yil 
    ommaga taqdim qilindi va 2008-yil sentyabr oyida birinchi kommersial Android 
    qurilma sotuvga chiqarildi. Hozirgi vaqtgacha tizimning ko’plab relizlari ishlab 
    chiqildi, joriy versiya esa 9 “Pie” 2018-yil avgust oyida paydo bo’ldi. Birinchi 
    marotaba 2019-yil 13-mart kuni Google Androidning “Android Q beta” sinov 
    (beta) versiyasi relizini o’zining Pixel smartfonlarida o’rnatishni boshladi. 
    Android tizimining yadrosi AOSP (Android Open Source Project) bilan mashxur 
    va Apache License siga ega. 
    Shu bilan birga Android tizimi Google tomonidan yaratilgan xususiy 
    dasturiy to’plamga ega. Ular Google Mobile Services (GMS) deb nomlanadi. Bu 
    paket dasturlar to’plami juda ko’p qurilmalarga o’rnatilgan bo’lib, Google Chrome 


    web brouzeri, Google Search qidiruv ilovasi, Gmail pochta ilovasi va shuningdek 
    ilovalar do’koni va raqamli distributiv platforma Google Play ni o’z ichida oladi.
    Android 2011-yildan beri dunyoda eng yaxshi sotiladigan smartfonlar va 
    2013-yildan boshlab eng ko’p sotilgan planshetlar operatsion tizimi hisoblanadi. 
    2017-yil may oyiga ko’ra oylik aktiv foydalanuvchilar soni ikki mlrd. dan ziyod 
    operatsion tizim va 2018-yil dekabr oyidan Google Play ilovalar do’konida 2.6 
    milliondan ortiq ilovalar dasturchilar tomonidan joylashtirilgan. 
    Tizim interfeysi asosi to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv (direct manipulation) 
    asosida tegish harakatlaridan (touch actions) foydalangan holda, real harakatlarni 
    amalgan oshirish imkonini beradi. Masalan, surish, chertish, tegish, ushlab turish 
    orqali obyektlarni boshqarish, virtual klaviatura va shu kabilarni o’ch ichiga oladi. 
    Boshqaruv interfeysi foydalanuvchiga tez javob qaytarish va bazi hollarda 
    tebranish orqali foydalanuvchiga boshqaruv haqida xabar berish imkoniyatiga ega. 
    Ichki qurilmalar, yani accelerometer lar, gidroskoplar, yaqinlik sensorlari va 
    boshqa ko’plab datchiklar foydalanuvchi harakatlariga javob qaytarish uchun bazi 
    ilovalar tomonidan ishlatiladi. Masalan, displeyning portrait yoki lanscape 
    rejimlarini to’g’irlash yoki o’yinlarda obyektning harakatlarini boshqarish va 
    boshqalar. Ekranning pastki qismida navigatsiya paneli, yuqorida status bar 
    joylashgan. Status barda vaqt, quvvat, telefon signallari va ilovalar 
    bildirishnomalari haqida indicator ko’rinishida namoyon bo’ladi. 
    Ilovalar qurilma imkoniyatlarini kengaytiradi, ular Android Software 
    Development Kit (SKD) va Java dasturlash tili yordamida yoziladi. Shuningdek 
    tizim Go dasturlash tilini ham qo’llab-quvvatlaydi, garchi ilovalar interfeyslariga 
    cheklovlar qo’yilgan bo’lsa ham. 2017-yil may oyida Google Android ilovalarni 
    ishlab chiqish uchun Kotlin dasturlash tilini qo’llab-quvvatlashini e`lon qildi.



    Download 1,03 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoning dolzarbligi va o'rganilganlik darajasi

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish