Server-side (odatda Web dasturning Back-end lari);
•
Android OS ilovalari;
Bundan tashqari
•
Intel multi-OS Engine da iOS ilovalari
•
JavaFX orqali Desktop dasturlari
Kotlinning kelajak versiyalarida boshqa platformalarga ham moslashtirish
ham ko’zda tutilgan. Kotlinning maqsadi anchayin keng. Kotlin faqatgina bir soha
muammolariga yoxud, bugungi kunda dasturchilar duch keladigan ma’lum turdagi
qiyinchilikni hal qilishga qaratilmagan. Aksincha, u dasturlash jarayonida yuzaga
keladigan barcha holatlarda samaradorlikni oshirishga yo’naltiriligan.
Xuddi Java dasturlash tili singari, Kotlin dasturlash tili ham statik dasturlash
tillaridan biridir. Bu shuni anglatadiki, dasturdagi har bir ifoda turi kompelyatsiya
vaqtida ma’lum bo’ladi, va kompilyator siz foydalaniyotgan funksiya va
o’zgaruvchilarni siz ishlatayotgan obyektlarda mavjudligini tekshiradi. Bu boshqa
JVMda ishlovchi dasturlash tillari bo’lgan Groovy va JRuby kabi dinamik
dasturlash tillaridan farq qiladi. Chunki dinamik dasturlash tillarda o’zgaruvchi va
funksiyalar qaytaradigan turlari dastur ishlashi davomida aniqlanadi. Bu esa kamroq
kod va ma’lumotlar strukturasini yaratishdagi ko’proq moslashuvchanlikka imkon
beradi. Biroq yomon tomoni shundaki, nomlarni noto’g’ri yozish kabi muammolar
kompilyatsiya vaqtida aniqlanmaydi va bu dastur ishlashi davomida xatoliklar
yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Boshqa tomondan qaraganda, Javadan farqli o’laroq, Kotlin sizning
kodingizdagi har bir o’zgaruvchining turini batafsil aniqlashni talab qilmaydi. Ko’p
holatlarda, o’zgaruvchilarni turi vaziyatdan kelib avtomatik tarzda aniqlanishi
mumkin va bu sizga turini e’lon qilishni tushirib qoldirishga imkon yaratadi.
Misol:
// BMI, Ishi! misol 2