• Content Providerlar
  • Qo’shimcha komponentlar Fragmentlar
  • Layout XML Fayllar
  • O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/19
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,03 Mb.
    #129968
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
    Bog'liq
    kurs-ishi-ulgi

    Broadcast Receiverlar 
    Radioeshittirish qabul qiluvchilari – bu komponent ilovalar o’rtasida yoki 
    tizim bilan ilova o’rtasidagi aloqani taminlash va xabarlar almashish imkonini 
    beradi. Masalan, biror ilova internetdan fayl ko’chirib olsa, u bu haqda boshqa 
    ilovani ogohlantirishi mumkin. Aynan manashu narsa broadcast deb ataladi. 
    Broadcast Receiverlar BroadcastReceiver deb nomlanuvchi subklassni implement 
    qiladi. Har bir broadcast Intent obyekti sifatida uzatiladi. 
    Content Providerlar 
    Content taminlovchisi boshqa ilovalarga so’rov yuborib ularning 
    malumotlarini qabul qilishi mumkin. Bu kabi so’rovlarni Content Resolver klassi 
    metodlari amalga oshiradi. Ma`lumotlar fayl tizimida, malumotlar bazasida yoki 
    boshqa biror joyda saqlangan bo’lishi mumkin. Content provider klassini 
    implement qiladi va o’tkazmalarni yani malumotlar almashishni bajarish uchun 


    boshqa ilovalarning API lari ishga tushirilgan bo’lishi kerak bo’ladi. Masalan, 
    mobil raqamlar saqlangan bazani Content provider yordamida boshqa ilovalar 
    ko’rishi va foydalanishi mumkin. Yoki shunga o’xshash SMS xabarlarni ko’rishi 
    mumkin. 
    Qo’shimcha komponentlar 
    Fragmentlar 
    Androidda fragmentlar butunlay foydalanuvchi interfeysi hisoblanadi. 
    Odatda, faqat ekranning malum bir bo’laklarini yoki butunlay yuzasini egallashi 
    mumkin. Fragmentlar activitylar ichida foydalaniladi. Shuningdek, ular turli xil 
    activitylarda qayta ishlatilishi mumkin. Fragment odatda ko’rinishlar (View) va 
    ko’rinish guruhlari (ViewGroup) lar bilan deyarli bir xil bo’ladi.
    Layout XML Fayllar 
    Activitylar, fragmentlar va bazi ko’rinish guruhlari o’zlarining layuotlari va 
    kontentlarida XML fayllarni ishlata oladi. XML fayl komponentlar xuddi GUI 
    (Graphics User Interface) lar, fragmentlar va activitylar kabidir. Shunday qilib, bu 
    komponent foydalanuvchi interfeysini qurishda ishlatiladi (o’lchamlar, chegaralar, 
    oraliqlar va h.k). 
    Intentlar 
    Android intentlar kichik obyektlar bo’lib, activitylar ularni Android 
    operatsion tizimiga uzatadi va foydalanuvchi harakatlariga kerakli javoblarni 
    qaytaradi. Misol uchun, foydalanuvchi biror rasmni yuborishi kerak bo’lsa, ilova 
    yuborilish haqidagi so’rovchi tizimga yuboradi va tizim unga mos ravishda javob 
    qaytaradi, masalan qaysi xizmatlar orqali yuborishini so’rashi mumkin(bluethooth, 


    mms va h.k). Ko’pincha intentlar “ulashish harakatini” bildiradi. Boshqa ilovalar 
    qanday “ulashish harakati” qandayligi belgilaydi va kerakli buyruqni bajaradi. 
    Widgetlar 
    Android widgetlar activitydan tashqarida ko’rina olish xususiyatiga ega 
    bo’lgan foydalanuvchi grafik interfeysi komponentidir. Masalan, ob-havo 
    malumotini ko’rsatuvchi widgetlar Androidning bosh ekranlarida joylashishi 
    mumkin. Widgetlar ilovaning implement qilingan va birlashtirilgan bo’lagi bo’lib 
    hisoblanadi. 
    Ba`zan ko’rinishlar(View lar) “widget”lar deb nomlangan. Masalan, 
    ko’pchilik foydalanuvchi grafik interfeysi komponentlari (View subklass lari) Java 
    paketlari ichida joylashgan android.widget deb nomlanadi. Lekin, GUI 
    komponentlari widget lar bilan bir xil emas, ya`ni ular Android qurilmaning bosh 
    ekranida joylashga olmaydi.

    Download 1,03 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 1,03 Mb.
    Pdf ko'rish