• Mavzu: Internet do’kon ma’lumotlar bazasini PHP va MySQL da ishlash.
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali «Kompyuter injiniringi»




    Download 2.18 Mb.
    bet1/7
    Sana09.01.2024
    Hajmi2.18 Mb.
    #133525
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    internet dokon malumotlar bazasini php va mysql da ishlash (1)
    10-amaliy , Shamsiddinov N. FALSAFA, Xotira - Vikipediya

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI


    «Kompyuter injiniringi» fakulteti
    «Xizmat ko’rsatish» yo’nalishi
    3𝐵 XK guruhi
    Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari
    fanidan
    Mavzu: Internet do’kon ma’lumotlar bazasini PHP va MySQL da ishlash


    Talaba: Turebayev J.
    Qabul qilgan:
    NUKUS-2017

    Mavzu: Internet do’kon ma’lumotlar bazasini PHP va MySQL da ishlash.


    Rejasi:

    1. Kirish.

    2. Nazariy ma’lumotlar.

      1. PHP haqida ma’lumot.

      2. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT).

      3. MySQL MBBT.

    3. Amaliy qism.

      1. Denwer dasturini o’rnatish.

      2. Internet do’kon ma’lumotlar bazasini phpMyAdminda tuzish.

      3. Internet do’kon veb interfeysi.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar.

    1. Kirish

    Hozirgi kunda ma’lumotlar bazasidan foydalanmasdan kata loyihalarni amalga oshirish juda qiyin bo’lib qoldi. Qaysi bir sohasi olib qaramaylik albatta
    ularda ma’lumotlar bazasiga talab mavjud. Masalan ta’lim sohasini olish mumkin, hattoki maktablarda ham kamida MS ACCESS dan foydalanishga ehtiyoj mavjud.
    Bu kurs ishim maqsadi Internet do’kon ma’lumotlar bazasini PHP da tuzishdan iboratdir. PHP da MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydalanib dinamik veb ilovalar yaratish mumkin. II qism da nazariy ma’lumotlar berilgan bo’lib, PHP, MBBT, MySQL MBBT haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. III qism esa amaliy misollar keltirilgan. Siz internetdagi saytlarni
    ko‘rishlik uchun ishlatadiganingiz brauzerlar — web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web serverga o‘xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to‘plami kerak bo‘ladi. Bunday dasturlar esa
    sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so‘rov yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni ochganingizda va hokazo…) shu sayt joylashgan serverdagi Web server dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda yozilgan joylarini tarjima qilib jo‘natadi.

    Shunday qilib kliyent — yani siz tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan tarjimon bu — Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib


    jo‘natadigan tarjimon bu Web Server hisoblanadi.

    Bu yerda kliyent yani siz tomonda sizning brauzer va u tushunadigan web dasturlash tillari (HTML, CSS, Java Script) turgan bo‘lsa, server tomonda Apache -> Web server, PHP -> PHP tili uchun interpretator va ma’lumotlar ombori bilan ishlash uchun vosita (bu MySQL, Oracle va boshqalar bo‘lishi mumkin) turibdi. Bundan tashqari server tomonida yana boshqa tillar ham bo‘lishi mumkin. Foydalanuvchi qachonki brauzerdan kerakli sayt nomini kiritganda bu so‘rov DNS serverdan saytga mos IP bo‘yicha kerakli serverga boradi, so‘rov brauzerda kiritilgani uchun ham ko‘pincha standart HTTP protokoli bo‘yicha yuboriladi va uni Web server kutib oladi, shuningdek, so‘rovga mos papkadan index faylni qidirib topadi. Undagi bog‘lanishlardan kelib chiqib kerakli fayllarni yuklaydi, bu fayllarni kengaytmasiga qaraydi, agar kengaytmasi .html bo‘lsa uni shundoq, aks holda masalan .php bo‘lsa PHP serverdagi interpretator orqali


    brauzer tushunadigan tilga tarjima qildiradi (shu vakt ichida ma’lumotlar bazasidan ham kerakli ma’lumotlar yuklab oladi) va natijani foydalanuvchi brauzeriga
    jo‘natadi. PHP dasturlash tili yordamida sayt yaratish uchun avvalo shaxsiy kompyuterga virtual server o‘rnatish lozim. Masalan Denwer, yoki XAMPP yoki WAMPP brauzer o‘zi tushunadigan tilda kelgan sayt kodlarini natijasini ko‘rsatib beradi. Agar foydalanuvchi web dasturlash bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, undan kamida HTML, CSS, JavaScript, PHP, MySQL larni bilish talab etiladi. Bunda HTML-> Sayt karkasini yasaydi, CSS- saytni pardozini (dizaynini) amalga oshiradi, JavaScript — saytni dinamikasi (haraktlarini) ta’minlaydi, PHP — saytni mantiqiy amallarini bajaradi, MySQL — PHP bilan hamkorlikda saytga ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qib olish, yozish, o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.

    1. Download 2.18 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali «Kompyuter injiniringi»

    Download 2.18 Mb.