Operatsion Tizim xavfsizligini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot




Download 23,72 Kb.
bet4/5
Sana11.01.2024
Hajmi23,72 Kb.
#134532
1   2   3   4   5
Bog'liq
abdrimov s mustaqil ish
umarov mustaqil, 111111, 1, 2, 3-LAB, 1-lab, Islom dini doirasida yuzadagi diniy harakat va oqimlar. referat, Документ Microsoft Word, Mardonov Serobboy Psixalogiya
Operatsion Tizim xavfsizligini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot
Dasturiy ta'minot xavfsizligining ehtimolligini baholash va boshqarish samarali xavfsiz mexanizm qurishda juda muhimdir.
Ehtimollikni boshqarish tizi mulkiga hujum natijasida kelib chiqishimumkin bo'lgan yo'qotishlarni baholash hamda bu yo'qotishlarni ularni yo'qotishi mumkin bo'lgan xavfsizlik xizmati qiymati bilan muvozanatlashtirish ishlari bilan ham
uzviy bog'liqdir.
Kredit kartochkalardagi tovlamachiliklarni yo'qotish uchun yangi texnologiyalar ishlab chiqish nisbatan oson ishdir.
Shunga qaramay, tovlamachilikka yo'l qo'ymaydigan tizimni sotib olish va uni
o'rnatishdan ko'ra kompaniyalarga foydalanuvchilarining zararlarini qoplash
uchun tovlamachilikdan ko'rilgan ziyonni qoplab berish arzonga tushadi.
Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan.
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. Tayanch daraja. Tayanch (bazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning eng quyi darajasidir. U tayanch apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash uchun javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch unsurlar tarkibiga kiradilar va doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar doimiy eslab qoluvchi uskunalarning DEQU mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib qo‘yiladi va hisoblash texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas.
Tizimli daraja. Tizimli daraja-o‘tish darajasi. Ushbu darajada ishlovchi dasturlar kompyuter tizimining boshqa tayanch darajadagi dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o‘zaro aloqadorlik harakatlarini ta’minlaydi, ya’ni vositachilik vazifalarini bajaradi.
Tizimli daraja dasturlarining boshqa guruhi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa (harakat) uchun javob beradi. Aynan shu dasturlar tufayli foydalanuvchi hisoblash tizimiga ma’lumotlar kiritish, uning ishini boshqarish va o’ziga qulay shakldagi natijalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu dasturiy vositalar foydalanuvchining interfeysini ta’minlovchi vositalar deb ataladi. Ish joyida kompyuter bilan ishlashning qulayligi va mehnat unumdorligi bevosita ularga bog‘liqdir.
Tizimli daraja dasturiy ta’minotining yig‘indisi kompyuter amallar tizimining yadrosini tashkil qiladi. Operatsion tizim tushunchasini keyinroq ko‘rib chiqamiz, bu yerda esa faqat shuni ta’kidlaymizki, agar kompyuterga tizimli darajadagi dasturiy ta’minot o‘rnatilgan bo‘lsa, u yuqoriroq darajadagi dasturlarni o‘rnatishga, dasturiy vositalarning uskunalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlashga va eng muhimi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi, ya’ni operatsion tizim yadrosining mavjudligi odamning hisoblash tizimi bilan amaliy ishlashiga imkoniyat yaratib beradi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi. Bu darajadagi dasturiy ta’minot tayanch darajadagi dasturlarda bo‘lganidek, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada harakat qiladi. Xizmatchi dasturlar (ularni, shuningdek, utilitillar deb ham ataladi)ning asosiy vazifasi kompyuter tizimini tekshirish va sozlash bo‘yicha ishlarni avtomatlashtirishdan iborat. Ko‘p hollarda ular tizimli dasturlar bajarayotgan ishlar doirasini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Xizmatchi dasturlarning ayrimlari (odatda, bular xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi)ni oldinroq operatsion tizimlar tarkibiga qo‘shilgan, ammo xizmatchi dasturlarning ko‘pchiligi amallar tizimi uchun tashqi dasturlar bo‘lib hisoblanadi va uning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Xizmatchi dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish mavjud. Operatsion tizim bilan integrallashish va avtonom ishlash. Birinchi holatda xizmat dasturlari tizimli dasturlarda amaliy ish uchun qulayroq qilib, ularning iste’mol xususiyatlarini o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi holatda esa tizimli dasturiy ta’minot bilan kuchsizroq bog‘langan, ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqasi hamda harakatini alohida sozlash uchun ko‘proq imkoniyat beradi.
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qilinishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan.
Amaliy va tizimli dasturiy ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgani uchun (ularning birinchisi ikkinchisiga tayanadi) shuni ta’kidlash kerakki, hisoblash tizimining universalligi, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishning qulayligi va kompyuterning funktsional (harakat, vazifa bajarish) imkoniyatlarining kengligi foydalanilayotgan amallar tizimining tipiga hamda uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq.


Xulosa
Operatsion tizimlarda xavfsziligi oshirishda qaysi dasturiy ta’minotdan foydalanishni bilib oldim. Qisqasini aytganda, hisoblash tizimining foydalanish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan mana shu darajadagi dasturiy taֹminotga bog‘liq. Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanayotganida tizimli darajada boshqa dasturlar uchun ushbu uskuna bilan o‘zaro aloqani ta’minlab turuvchi dastur o’rnatilishi lozim. Mukammal uskunalar bilan o‘zaro harakat uchun javob beruvchi aniq dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi. Ular tizimli darajaning dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi.
Eng ko’p tarqalgan operatsion tizimlar ya’ni Linux, Windows, IOS va Android haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’ldim.
Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri bo’lgan axborot xavfsizligiga tahdidlar soni oshib borilayotgani bu kelajakda kiberxavfszilik bilim saviyasini oshirish kerakligi hamda dasturiy ta’minotni puxta ishlab chiqishni talab qiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib biz har birimiz AT dasturiy ta’minotidagi qo’pol kamchiliklarni oldini olgan holda judayam muhim bo’lgan ilm va ta’lim olishni o’z burchimiz deb bilishimiz kerak.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023 yilni Sifatli ta’lim va insonga e’tibor deb nomlaganlari bejizga emas.

Download 23,72 Kb.
1   2   3   4   5




Download 23,72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Operatsion Tizim xavfsizligini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot

Download 23,72 Kb.