• MAVZU: AXBOROTNI RUXSATSIZ FOYDALANISHLARDAN HIMOYALASH TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI 730-21-guruh talabasi OBIDOV FAZLIDDIN FARG`ONA-2023
  • Autentifikatsiya muammolari
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg`ona filiali




    Download 27.38 Kb.
    bet1/7
    Sana17.01.2024
    Hajmi27.38 Kb.
    #139879
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Fani bo’yicha mustaqil ish mavzu axborotni ruxsatsiz foydalanis-fayllar.org
    moliya-tizimi-va-davlat-byudjetlarining-turli-sohalarga-va-boginlarga-bolinishi, Manaviyat va falsafa 1, elektronika (l)№6, kiberxavfsizlik asoslari, file, Elastiklik nazariyasini amaliyotda, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), Bazar xojalig’i sistemasinda miynet bazari, Ekonomika fakulteti 3A-menedjment bag’dari studenti Jaylibaev Dauletg’aliydin’, asosiy faoliyat buyruqlari

    Fani bo’yicha mustaqil ish mavzu: axborotni ruxsatsiz foydalanishlardan himoyalash


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG`ONA FILIALI
    KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI

    FANI BO’YICHA



    MUSTAQIL ISH
    MAVZU: AXBOROTNI RUXSATSIZ FOYDALANISHLARDAN HIMOYALASH
    TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
    730-21-guruh talabasi OBIDOV FAZLIDDIN
    FARG`ONA-2023
    MAVZU: AXBOROTNI RUXSATSIZ FOYDALANISHLARDAN HIMOYALASH
    REJA:
    1. Autentifikatsiya muammolari


    2. Autentifikatsiya usullari va vositalari


    3. Foydalanuvchilarni biometrik autentifikatsiya turlari asosida haqiqiyligini tasdiqlash


    4. Foydalanilgan adabiyotlar





    Autentifikatsiya muammolari
    Foydalanuvchilarni identifikatsiya va autentifikatsiyadan o’tkazish asosan tizimdan foydalanishga ruxsat berish uchun amalga oshiriladi.
    Ma’lumotlarni uzatish kanallarida himoyalashda sub’ektlarning o’zaro autentifikatsiyasi, ya’ni aloqa kanallari orqali bog’lanadigan sub’ektlar xaqiqiyligining o’zaro tasdig’I bajarilishi shart. Xaqiqiylikning tasdig’i odatda seans boshida, abonentlarning bir-biriga ulanish jarayonida amalga oshiriladi. “Ulanish” atamasi orqali tarmoqning ikkita sub’ekti o’rtasida mantiqiy bog’lanish tushuniladi. Ushbu muolajaning maqsadi – ulanish qonuniy sub’ekt bilan amalga oshirilganligiga va barcha axborot mo’ljallangan manzilga borishligiga ishonchni ta’minlashdir.
    Elektron tijorat tizimida to’lovlar quyidagi qator shartlarning bajarilishi asosida amalga oshiriladi:
     konfidentsiallikning saqlanishi – Internet orqali to’lovlar amalga oshirilishida xaridor ma’lumotlarining (masalan, kredit karta nomeri) faqat qonun bilan belgilangan tashkilotlargina bilishi kafolatlanishi shart;
     axborot yaxlitligining saqlanishi-xarid xususidagi axborot hech kim tomonidan o’zgartirilishi mumkin emas;
     autentifikatsiya-xaridorlar va sotuvchilar ikkala tomon ham haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishlari shart;
     to’lov vositalarining qulayligi - xaridorlarga qulay bo’lgan har qanday vositalar bilan to’lov imkoniyati;
     avtorizatsiya - jarayoni, bu jarayon kechuvida tranzaktsiya o’tkazilishi xususidagi talab to’lov tizimi tomonidan ma’qullanadi yoki rad etiladi. Bu muolaja xaridorning mablag’i borligini aniqlashga imkon beradi;
    Xavfsizlik nuqtai nazaridan yuqorida keltirilganlarning har biri o’ziga xos masalalarni yechishga imkon beradi.Shu sababli autentifikatsiya jarayonlari va protokollari amalda faol ishlatiladi. Shu bilan bir qatorda ta’kidlash lozimki, nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo’lgan autentifikatsiyaga qiziqish amaliy xarakterga nisbatan ko’proq nazariy xarakterga ega.Balkim, yaqin kelajakda ulardan axborot almashinuvini himoyalashda faol foydalanishlari mumkin.
    Autentifikatsiya protokollariga bo’ladigan asosiy xujumlar quyidagilar:
    - maskarad (impersonation). Foydalanuvchi o’zini boshqa shaxs deb ko’rsatishga urinib, u shaxs tarafidan xarakatlarning imkoniyatlariga va imtiyozlariga ega bo’lishni mo’ljallaydi;
    - autentifikatsiya almashinuvi tarafini almashtirib qo’yish (interleaving attack). Niyati buzuq odam ushbu xujum mobaynida ikki taraf orasidagi autenfikatsion almashinish jarayonida trafikni modifikatsiyalash niyatida qatnashadi. Almashtirib qo’yishning quyidagi xili mavjud: ikkita foydalanuvchi o’rtasidagi autentifikatsiya muvaffaqiyatli o’tib, ulanish o’rnatilganidan so’ng buzg’unchi foydalanuvchilardan birini chiqarib tashlab, uning nomidan ishni davom ettiradi;
    - takroriy uzatish (replay attack). Foydalanuvchilarning biri tomonidan autentifikatsiya ma’lumotlari takroran uzatiladi; - uzatishni qaytarish (reflection attak). Oldingi xujum variantlaridan biri bo’lib, xujum mobaynida niyati buzuq odam protokolning ushbu sessiya doirasida ushlab qolingan axborotni orqaga qaytaradi.
    - majburiy kechikish (forsed delay). Niyati buzuq odam qandaydir ma’lumotni ushlab qolib, biror vaqtdan so’ng uzatadi.
    - matn tanlashli xujum ( chosen text attack). Niyati buzuq odam autentifikatsiya trafigini ushlab qolib, uzoq muddatli kriptografik kalitlar xususidagi axborotni olishga urinadi.
    Yuqorida keltirilgan xujumlarni bartaraf qilish uchun autentifikatsiya protokollarini qurishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
    - “so’rov–javob”, vaqt belgilari, tasodifiy sonlar, indentifikatorlar, raqamli imzolar kabi mexanizmlardan foydalanish;
    - autentifikatsiya natijasini foydalanuvchilarning tizim doirasidagi keyingi xarakatlariga bog’lash. Bunday misol yondashishga tariqasida autentifikatsiya jarayonida foydalanuvchilarning keyinga o’zaro aloqalarida ishlatiluvchi maxfiy seans kalitlarini almashishni ko’rsatish mumkin;
    - aloqaning o’rnatilgan seansi doirasida autentifikatsiya muolajasini vaqti-vaqti bilan bajarib turish va h. Autentifikatsiya protokollarini taqqoslashda va tanlashda quyidagi xarakteristikalarni hisobga olish zarur:
    - o`zaro autentifikatsiyaning mavjudligi. Ushbu xususiyat autentifikatsion almashinuv taraflari o`rtasida ikkiyoqlama autentifikatsiyaning zarurligini aks ettiradi;
    - hisoblash samaradorligi. Protokolni bajarishda zarur bo`lgan amallar soni;
    - kommunikatsion samaradorlik. Ushbu xususiyat autentifikatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan xabar soni va uzunligini aks ettiradi;
    - uchinchi tarafning mavjudligi. Uchinchi tarafga misol tariqasida simmetrik kalitlarni taqsimlovchi ishonchli serverni yoki ochiq kalitlarni taqsimlash uchun sertifikatlar daraxtini amalga oshiruvchi serverni ko`rsatish mumkin;
    - xavfsizlik kafolati asosi. Misol sifatida nullik bilim bilan isbotlash xususiyatiga ega bo`lgan protokollarni ko`rsatish mumkin; - sirni saqlash. Jiddiy kalitli axborotni saqlash usuli ko`zda tutiladi.

    Download 27.38 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 27.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg`ona filiali

    Download 27.38 Kb.