225 moliya tizimi va davlat byudjetlarining turli sohalarga va bog'inlarga bo'linishi




Download 207.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana22.09.2023
Hajmi207.03 Kb.
#83675
  1   2
Bog'liq
moliya-tizimi-va-davlat-byudjetlarining-turli-sohalarga-va-boginlarga-bolinishi
Manaviyat va falsafa 1, elektronika (l)№6, kiberxavfsizlik asoslari, file, Elastiklik nazariyasini amaliyotda, 40 IELTS Listening Tests - Section 1 (with answers), Fani bo’yicha mustaqil ish mavzu axborotni ruxsatsiz foydalanis-fayllar.org, Bazar xojalig’i sistemasinda miynet bazari, Ekonomika fakulteti 3A-menedjment bag’dari studenti Jaylibaev Dauletg’aliydin’


225 
MOLIYA TIZIMI VA DAVLAT BYUDJETLARINING TURLI SOHALARGA VA 
BOG'INLARGA BO'LINISHI. 
Shokirov Feruz Bahodirovich
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi
Avtomobil yo'llari sohasini isloh qilish bo'limi boshlig'i. 
Annotatsiya: Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘lar to‘planganligi 
sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz 
foydalanishga va turli-tuman holatlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 
ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida 
ularni davlat byudjetiga jamlash maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan fondlarning 
maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishini ta’minlash lozim. Ushbu 
maqolada, moliya tizimi va davlat budjetlarining alohida sohalari va bo'g'inlarga bo'linishi 
haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.  
Kalit so'zlar: moliya tizimi, davlat byudjetlari, mahalliy moliya, jismoniy shaxs
yuridik shaxs, yalpi ichki mahsulot, moliya-kredit munosabati. 
Davlat moliya tizimi "Davlat moliyasi va mahalliy moliya" sohasining o‘ziga xos 
bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga 
mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlariga doir alohida shaklidan 
iborat. Bunda davlat, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant 
(kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz 
oluvchi sifatida davlat faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, 
ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki kafil bo‘lganda, 
ancha tor bo‘ladi. Shunga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan 
moliyalashtirish ham qaytaruvchanlik va to‘lovchanlik sharti bilan amalga oshirilsa, keng 
rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat harajatlari davlat o‘z daromadlari 
bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq. Bu 
narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet harajatlari qoplanishini 


226 
ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri 
bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining "Davlat moliyasi va 
mahalliy moliya" bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlarni kengaytirishi va zamonaviy 
talablarga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham uning tarkibiga qo‘shishni taqazo 
etadi. 
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat byudjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik 
muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda yalpi ichki maxsulot 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi 
esa 9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat byudjeti taqchilligi chegarasi yalpi 
ichki mahsulotga nisbatan 3% miqdorida belgilandi. Ma’lum qilinishicha, 2023 yil uchun 
Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil 
uchun davlat byudjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga 
olmagan holda) 232,1 trln so‘m, harajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi 
rejalashtirilmoqda. 
Xususan, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3% o‘sishi prognoz qilingan. Yalpi 
ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1%dan yuqori 
bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizga, qishloq xoʻjaligida 3,5%ga o‘sishi hisobiga 
ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi 
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq 
ravishda, soliq-byudjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor 
yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: 
1. byudjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash 
va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga; 
2. hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer 
resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilishni 
ta’minlash; 
3. yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish; 


227 
4. tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini 
yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor 
qilish; 
5. birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga byudjet mablag‘laridan 
samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat 
byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro 
moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda byudjet 
harajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi. 
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi yalpi ichki mahsulotni 
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan 
foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok 
etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va 
daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos shakllari va metodlari 
tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, yalpi ichki mahsulotni 
yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va yalpi ichki mahsulot bir qismining 
byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘arma fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. 
Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular 
iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. 

Download 207.03 Kb.
  1   2




Download 207.03 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



225 moliya tizimi va davlat byudjetlarining turli sohalarga va bog'inlarga bo'linishi

Download 207.03 Kb.
Pdf ko'rish