• ELEKTRON TO’LOV TIZIMLARI ” fanidan 1-MUSTAQIL ISHI Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi banklararo «Elektron to‘lov» tizimi.
  • O‘zbekiston Respublikasi banklararo «Elektron to‘lov» tizimi. Reja: 1.Elektron to’lov tizimi. 2.Online to’lov tartibi. 3.Webmoney.
  • Yandeks.Pullar , WebMoney va QIWI
  • Foydalanilgan adabiyot va saytlar
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 1 Mb.
    Sana11.12.2022
    Hajmi1 Mb.
    #34165
    Bog'liq
    Elektron to\'lov tizimlari mustaqil ish Hamroyev Dilshod
    090f2726-0c8e-401a-8135-887e322a6c90M4, ahborot tizimlarini loyihalash, ABDUJALILOV ABDULAZIZ, 12-VARIANT, 3-guruhla uchun matematika test, 2-Mustaqil ish topshiriqlari-1, Tarmoq xavfsizligi fanidan mustaqil ish mavzulari, 4-,5-,6 - mustaqil ishlar, 1, 5-sinf-ona-tili-1, Slayd va taqdimot yaratish, Clark columbia 0054D 16687, Doc1, ARDUINGA QO`SHIMCHA QISMLARNI BOG`LAGAN HOLDA DASTUR YORDAMIDA BOSHQARISH.

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI
    “Kompyuter injiniringi” fakulteti
    “Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
    ELEKTRON TO’LOV TIZIMLARI
    fanidan

    1-MUSTAQIL ISHI

    Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi banklararo «Elektron to‘lov» tizimi.
    Bajardi:Hamroyev Dilshod
    KI(AT-servis)-106-19-guruh talabasi
    Qabul qildi:Jiyanov O.P.


    S A M A R Q A N D – 2 0 2 2

    Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi banklararo «Elektron to‘lov» tizimi.
    Reja:
    1.Elektron to’lov tizimi.
    2.Online to’lov tartibi.
    3.Webmoney.
    Elektron to'lov tizimi – internet orqali amalga oshiriladigan to'lovlar tizimidir. Bu kabi tizimdan foydalanish uchun pul mablag'larni yuboruvchi hamda qabul qiluvchi muayyan tizimda ro'yxatdan o'tgan bo'lishlari kerak. Elektron pullarni elektron hamyon yoki to'g'ridan to'g'ri bank kartasidan yuborish mumkin.
    Elektron to'lov tizimining asosiy vazifasi to'lovlar xavfsizligini ta'minlashdan iboratdir. Hozirda elektron hamyonlar ochish imkoniyatini taqdim etuvchi ko'pgina to'lov tizimlari mavjud. MDH davlatlarining ko'pchiligida Yandeks.PullarWebMoney va QIWI kabi elektron to'lov tizimlaridan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, mamlakatimizda OSON elektron pullar tizimi faoliyat olib bormoqda.
    Onlayn to'lov tartibi quyidagicha:


    Misol uchun markaziyn bankning to’lov tizimi quyidagicha.
    Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimi mamlakatimizning mustaqillikdan keyingi dastlabki to‘lov tizimi sifatida barcha to‘lov tizimlari ishlashi uchun poydevor hisoblanadi.
    Hozirgi kunda Markaziy bankning Banklararo to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida 31 ta tijorat banki to‘lov tizimi foydalanuvchilari sifatida ulangan.
    Mazkur to‘lov tizimida to‘lovlar real vaqt rejimida yalpi hisob-kitob tamoyili asosida, ya’ni to‘lov hujjati kelib tushgan vaqtdan boshlab bir necha soniyalar ichida to‘lov amalga oshiriladi hamda natijasi haqida tashabbuskor va benefitsiarga xabar yuboriladi.
    Banklararo to‘lov tizimining qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
    Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi qo‘yidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi:
    O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (11.11.2019 y., O‘RQ-582);
    O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (05.11.2019 y., O‘RQ-580);
    O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni (01.11.2019 y., № O‘RQ-578);
    “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (14.02.2006 y., № 1545);
    “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (13.04.2020 y., № 3229).
    Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi va Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi. Banklararo to‘lov tizimining foydalanuvchilari Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazida vakillik hisobvarag‘iga ega bo‘lgan banklar va moliyaviy institutlar hisoblanadi.
    Markaziy bankning Hisob-kitoblar markazi (MB HKM) — uning vazifasiga tijorat banklarining Bosh ofislariga (banklar) vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish hamda ular o‘rtasida elektron to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash kiradi.
    Markaziy bankning Axborotlashtirish Bosh markazi (ABM) — amaldagi qonunchilik hamda ABM va banklar o‘rtasidagi shartnomalarga muvofiq banklararo to‘lov tizimining texnik, dasturiy va ekspluatatsion xizmatlarini ta’minlaydigan markaz.
    Banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari va foydalanuvchilarining huquq va majburiyatlari banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va xizmat ko‘rsatish uchun foydalanuvchi banklarning MB HKM bilan, banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlar o‘tkazish uchun esa — ABM bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma asosida tartibga solinadi.

    To‘lovlar banklardan faqatgina vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldig‘i doirasida amalga oshiriladi, agarda MB HKM va bank o‘rtasidagi shartnomada boshqa holat kelishilmagan bo‘lsa.
    Soat 9-00 dan 17-00 gacha — banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha elektron to‘lov hujjatlar (ETH)ni uzatish - qabul qilish - nazorat qilish vaqti. Banklar mazkur davrning har qanday vaqtida MB HKMga ETHlarni uzatishlari mumkin;
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kreditni boshqarish xususiyat (parametr)laridan kelib chiqqan holda, banklararo ETHlarining o‘tkazish vaqtini to‘lov tizimi masalalarini nazorat qiluvchi rais o‘rinbosarining yozma farmoyishiga asosan uzaytirishi mumkin. Bu haqda tizim qatnashchilari va foydalanuvchilari ETHga ishlov berish vaqtining tugashiga bir soat qolguniga qadar kechiktirilmasdan xabardor qilinadi.

    Bundan tashqari hozirgi kunda Webmoney orqali ham juda ko’plar xalqaro to’lovlar amalga oshirolmoqda ya’ni Webmoney orqali xohlagan valyutada to’lovlarni amalga oshirishimiz mumkin.


    Bu esa webmoney ilovasi va bu ilovani biz figmada yaratib oldik.

    Bu yerda esa webmoney ilovasiga kirganimiz va u yerda amalga oshirgan to’lovlarimizni figma yaratdik.

    Bu yerda ham o’sha amalga oshirgan to’lovlarimiz.

    Xulosa
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hozirgi elektron to’lovga talab juda oshgan ya’ni xalqaro bo’ladimi yo maishiy to’lovlar bo’ladimi hammasini hozirgi kunda bemalol online to’lasak bo’ladi.Xohlasak click orqali xohlasak payme orqali agarda xalqaro to’lovlar bo’lsa webmoney orqali bemalol to’lasak bo’ladi.
    Foydalanilgan adabiyot va saytlar:

    1. Doshanova M.YU. «Programmnыe sredstva dlya mobilnыx ustroystv». Uchebnoe posobie. – TUIT «Aloqachi». 2016

    2. “Programming Android second edition” by Zigurd Mednieks, Laird Dornin, G. Blake Meike and Masumi Nakamura, September 2012.

    3. www.tuit.uz

    4. www.ziyonet.uz

    5. www.edu.uz

    6. www.cbu.uz

    Download 1 Mb.




    Download 1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 1 Mb.