• BAJARUVCHI:114-20 OBIDDINOV R.B. RAHBAR:_________ AKRAMOVA G.A. Toshkent-2022 Zamonaviy iqtisodiyotda elektron biznes
  • 1.2.Fakultet va kafedra haqida ma’lumot ASOSIY QISM………………………………………………………………… II Bob. Zamonaviy biznesga o’tish. 2.1. Elektron tijoratning kelib chiqishi.
  • XULOSA.……………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………
  • O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Axborot Kammunikatsiya va Texnologiyalar Sohasida Iqtisodiyot va Menejment Yo’nalishi individual loyiha




    Download 33,77 Kb.
    bet1/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi33,77 Kb.
    #243278
      1   2
    Bog'liq
    ijodiy ish (1)


    O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
    Iqtisodiyot fakulteti
    Axborot Kammunikatsiya va Texnologiyalar Sohasida
    Iqtisodiyot va Menejment
    Yo’nalishi


    INDIVIDUAL LOYIHA
    BAJARUVCHI:114-20 OBIDDINOV R.B.
    RAHBAR:_________ AKRAMOVA G.A.


    Toshkent-2022


    Zamonaviy iqtisodiyotda elektron biznes
    REJA:


    KIRISH ...…………………………………………………………………...
    I Bob. Universitet haqida umumiy ma’lumot
    1.1.Universitet haqida ma’lumot
    1.2.Fakultet va kafedra haqida ma’lumot
    ASOSIY QISM…………………………………………………………………
    II Bob. Zamonaviy biznesga o’tish.
    2.1. Elektron tijoratning kelib chiqishi.
    2.2. Elektron tijoratning asosiy nazariyalari.
    2.3. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
    2.4. Nega internetda o’zbek tilida ma’lumotlar kam.
    XULOSA.……………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………

    Annotatsiya.


    Mazkur maqolada dunyo iqtisodiyotining bugungi zamonaviy bosqichida iqtisodiy munosabatlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning shiddat bilan joriy etilishi, shu jumladan elektron texnologiyalarga asoslangan savdo munosabatlari rivojining o’ziga xos hususiyatlari ahamiyati va afzalliklari bayon qilingan. Shuningdek mamlakatimizda elektron savdolarni rivojlantirish borasidagi davlat siyosati va uning asosiy prinsplari yoritib berilgan.

    Kirish.
    Universitet haqida umumiy ma’lumot


    Universitet haqida ma’lumot
    TATU - BUGUN
    1955 yil - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
    1960 yil - elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
    1978 yil - Frunze (hozirda Bishkek), Dushanbe, Olma-Ota va Farg‘ona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi.
    1993 yil - TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
    1994 yil - Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo‘g‘iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o‘quv markazi (SAUTST) tashkil etildi
    1997 yil - institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
    1999 yil - institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
    2002 yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
    2005 yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq so‘ngi yillar ichida xalqaro standartlari darajasida AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini mutlaqo yaxshilash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
    Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.
    Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. So‘nggi yil ichida Universitet 1 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 5 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasi hamda 44 talaba respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Universitetda 780 ta professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shulardan 204 ta fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 31% tashkil etadi.
    Universitet va filiallarining umumiy maydoni 54,4 ming kv.km. ni tashkil etib, unda 380 o‘quv auditoriyalari, 113 nafar o‘quv laboratoriyalari, 10 ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, 9 sport majmualari va maydonchalari, 7 ta talabalar turar joylari va 11 oshxona binolari faoliyat yuritadi.
    Universitet 26 nafar xorijiy davlatlarning (Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya, Xindiston va x.k.) 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazlar, 12 korxonalar va tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatdi.
    Xalqaro hamkorlik natijasida so‘nggi yillarda 16 ta o‘quv laboratoriyalar, 9 kompyuter sinfi, 4 markaz – O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi, O‘zbek-Koreya axborot texnologiyalari markazi, "Internet Plaza” nomli O‘zbek-Koreya markazi, "CISCO” mintaqaviy akademiya o‘quv markazi tashkil etildi. J.Neru nomli axborot texnologiyalari O‘zbek-Hind markazining 500 ming AQSh doll. miqdorda grant mablag‘lari hisobiga modernizatsiya qilindi.
    ViewSonic interaktiv proektori va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan multimedia sinfi yaratilgan.
    Universitetning hududiy ikkita filiallari direktorlaridan tashkil topgan delegatsiya va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i 2015 yil 14-22 dekabr kunlari Koreyaning Seul Milliy universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifning asosiy maqsadi, CMU va TATU o‘rtasidagi hamkorlikning 10 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya va tadbirlarda ishtirok etishgan. Konferentsiya jarayonida TATU delegatsiyasi va SMU ning magistratura va doktoranturasida tahsil oladigan talabalar, TATU va uning filiallarining hozirgi paytdagi faoliyati, dissertatsiya mavzulari haqida taqdimot qilishdi. Bundan tashqari TATUning ikki professori o‘zlarining tadqiqot proektlarini internet orqali videokonferentsiya shaklida namoyish qildilar.
    Universitet va uning filiallarida tarmoqlarning keyingi avlodini (NGN) o‘rganish uchun AK "O‘zbektelekom”ning 6 ta o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkillashtirilgan. Joriy yilda universitet iqtidorli talabalari, magistrlari hamda o‘qituvchilarining dasturiy va texnik ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi, bunda Android, IOS va Windows operatsion tizimlarida ishlaydigan mobil qurilmalari uchun Internet ilova, 90 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalari namoyish etildi. Alohida ishlanmalar uchun patent va 71 sertifikatlar olingan.
    2012 yildan TATU va uning filiallari o‘qituvchilari uchun ingliz tilini o‘rganishning uzluksiz ko‘p bosqichli kurslari tashkillashtirilgan. Natijada, 2015-2016 o‘quv yilining boshiga kelib o‘qituvchilar umumiy sonining 52% ingliz tilini o‘rgandi. 2013-2014 o‘quv yilidan universitet va uning filiallarining 71 o‘qituvchilari maxsus fanlarni ingliz tilida o‘qita boshlashdi.
    2013-2014 o‘quv yilidan TATU ga qabul qilish test sinovlari blokiga ingliz tili fani kiritildi, shuningdek maxsus fanlarni 2015-2016 o‘quv yilida 31 tadan 60 tagacha oshirib, ingliz tilida o‘qitila boshladi.
    So‘nggi yillar ichida professor-o‘qituvchilar tomonidan 610 ta darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqildi, jumladan, 2012-2013 o‘. y. – 179, 2013-2014 o‘. y. – 205 va 2014-2015o‘.y.- 226 birlik.
    Universitet axborot resurs markazi umumiy fondining 322 mingdan ortiq adabiyotni o‘z ichiga oladi, undan 194 ming o‘quv adabiyoti, 100859 – ilmiy fondi, 13 mingdan ortig‘i esa elektron adabiyotni tashkil etadi. Ingliz tilidagi chet el o‘quv adabiyotlari fondi 16 mingni tashkil qiladi. ARM ikkita dastur IRBIS va ARMAT da ishlaydi. ARM barcha fondi bu ikki dasturga kiritilgan. Bibliografik yozuvchilarning umumiy soni 42752 taga yetdi. ARM fondida 58 ta doktorlik dissertatsiyasi mavjud. TATU o‘quvchilari www.dilib.uz va www.natlib.uz saytlaridan foydalanishlari mumkin.
    Turli axborot tizimlari yaratilib, ta’lim jarayoniga va universitet boshqaruvi jarayoniga tadbiq etildi: jumladan, "Dekanat” elektron dasturi www.decanat.tuit.uz, ijro intizomi va xujjat almashinuvi elektron tizimi www.dcs.tuit.uz, kabilar yaratilgan bo‘lib, ular ijro intizomi va xujjat almashinuvi jarayonini, xamda talabalar va o‘qituvchilarning yo‘qlama va o‘zlashtirishi, talabalarning o‘qish uchun to‘lovlarini ro‘yxatga olinishi nazorat qilinadi.
    2014/2015 o‘quv yilida talabalarning bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatini oshirish maqsadida antiplagiat tizimi joriy etildi.
    So‘nggi uch yil davomida 490 kishi malaka oshirish kurslarida o‘qidi.
    71 ta loyixa asosida umumiy mablag‘i 3,98 mlrd.so‘mni tashkil etuvchi ilmiy-tadqiqot ishlari va 126 loyixa bo‘yicha 2,25 mlrd so‘mlik tarmoq korxonalari bilan xo‘jalik shartnoma asosida ish olib borilmoqda .
    2015 yilda TATU da 4 tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. AKT va elektron hukumat sohasida davlat organlari xodimlari va rahbarlarining malakasini oshirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar ko‘rildi:
    Davlat aloqa qo‘mitasining 30.09.2013 y. №366 sonli "TATU qoshida "Elektron xukumat” o‘quv markazi yaratish xaqida”gi buyrug‘iga asosan o‘quv markazi tashkil qilindi,tashkiliy tizim markazning qoidalari, shuningdek, moliyaviy va moddiy-texnik ta’limot manbalari tasdiqlandi. TATU da nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun o‘quv xonalari tashkil qilindi. Markaz ishchilari uchun ofislar tashkil etilib, texnik ta’minlandi. TATU filiallarida "Elektron xukumat” regional o‘quv markazlari yaratildi. TATU professor-o‘qituvchilari tarkibidan 25 kishi markazga o‘qituvchi etib tasdiqlandi. Bundan tashqari 151 dan
    ortiq "Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi hamda axborotlashtirish va aloqa sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar jalb qilingan.
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 5 ta mintaqaviy filiallarida, shuningdek, 19 ta oliy o‘quv yurtlari va mamlakatimizdagi 59 ta kasb-hunar kollejlarida malaka oshirish kurslari hamda Vazirlar Mahkamasi bazaviy o‘quv markazlarini samarali tashkil qilingan.
    O‘quv xonalari 3050 ta kompyuter texnikasi bilan ta’minlanib, Internet tarmog‘iga ulangan, ulardan 1301 tasi oliy o‘quv yurtlarida, 457 tasi bazaviy o‘quv markazlari va 1292 ta kasb-hunar kollejlarida.
    Elektron hukumat va AKT sohasidagi xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha multimedia va taqdimot materiallar, o‘quv- uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
    TATU qoshidagi "Elektron hukumat” o‘quv markaziga Koreya Respublikasidan 1 yil muddatga xorijiy mutaxassis taklif qilingan. Unga " Elektron hukumat” loyihalari doirasida yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
    Koreyalik mutaxassis ishtirokida 2016 yil uchun yangi o‘quv kurslari ishlab chiqilgan:
    "Elektron hukumat – imkoniyat va istiqbollar” 14 soatli kurslar;
    " Interfaol davlat xizmati yagona portali- elektron hukumat asosiy segmentlaridan biri” 10 soatli kurslar;
    " Yagona nuqtai nazardan ochiq davlat ma’lumotlariga kirish yo‘li” 10 soatli kurs;
    "Axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish” 38 soatli kurs;
    "BPR- biznes jarayonlar reinjiniringi” 16 soatli kursi;
    "ERP klassi korporativ axborot tizimini ishlab chiqish ” 20 soatli kursi;
    "Axborot xavfsizlik” 22 soatli kursi;
    Oliy ta’lim vazirligi va TATU tomonidan kompyuter savodxonligini oshirish kurslarini o‘tkazish maqsadida 196 ta trener-o‘qituvchilar va axborot texnologiyalari hamda kommunikatsiya sohasidan 33 ta yuqori malakali mutaxassislar o‘qitildi va jalb qilindi.
    "Elektron hukumat” o‘quv markazi web-portali ishlab chiqilgan, o‘quv materiallari elektron shaklda joylashtirildi, shuningdek onlayn rejimida test sinovlarini o‘tkazish imkoniyati yaratilgan, berilgan sertifikatlarning ma’lumot bazasi yaratildi.
    2015 yili "Elektron hukumat” kursi bo‘yicha 9195 tadan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim olishdi ( 2015 yilda reja 9000, 101 % bajarildi).
    Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari sohasida joylarda davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari hamda mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida.
    2015 yilda mazkur kurslardan 42851 ta mutaxassislar o‘tgan (2015 yilgi reja bo‘yicha 44784 edi, 96% ga bajarilgan). Vazirlar Mahkamasining majmualar qoshidagi bazaviy o‘quv kurslarida jami mazkur majmualar korxona va tashkilotlarining 4490 ta xodimi tahsil olgan.
    Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallari professor-o‘qituvchilaridan, hamda ko‘ngilli talabalardan tashkil topgan "Bunyodkor yoshlar 2013”, "Bunyodkor yoshlar 2014” va "Bunyodkor yoshlar 2015” kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi. Ushbu guruhlar tomonidan "Mahalla” jamg‘armasi vakillari, tuman hokimliklari, kasb ta’lim markazining xududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda 93 ta kasb-hunar kollej va akademik litseylar asosida o‘quv kurslar tashkil qilindi.
    Shu bilan birga Respublika bo‘ylab mahallalar va tadbirkorlik sub’ektlarining vakillaridan 2013 yilda 8903, 2014 yilda 12045 hamda 18169 nafar kishi tahsil olishdi.2011-2015 yillar mobaynida butun Respublika bo‘ylab mahallalar va tadbirkorlik sub’ektlarining 61 110 vakillari ta’lim olishdi.
    Aholining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida "Mahalla” jamg‘armasi tomonidan "Mahalla ziyosi” o‘quv-metodik markazida Toshkent shahar fuqarolar yig‘inlarining mas’ul kotiblari uchun o‘quv kurslari tashkil qilinib, ularda 391 ta xodim o‘z malakasini oshirdi.

    Download 33,77 Kb.
      1   2




    Download 33,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish Vazirligi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Axborot Kammunikatsiya va Texnologiyalar Sohasida Iqtisodiyot va Menejment Yo’nalishi individual loyiha

    Download 33,77 Kb.