• KAFEDRA TARIXI
  • Fakultet va kafedra haqida ma’lumot




    Download 33,77 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi33,77 Kb.
    #243278
    1   2
    Bog'liq
    ijodiy ish (1)

    Fakultet va kafedra haqida ma’lumot
    Bizning fakultet “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” deb nomlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi.
    Toshkent Elektrotexnika aloqa institutiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi berilishi munosabati bilan 2003 yil 1 fevraldan “Iqtisod va boshqaruv” fakulteti deb o‘zgartirildi. 2013 yildan boshlab esa “AKT sohasida iqtisodiyot va manejment” fakultetiga o‘zgartirildi.
    Fakultet bitiruvchilari aloqa sohasi rejalashtirish-iqtisodiy bo‘limlarida, ishlab chiqarish-texnik xizmatlarida, aksiyadorlik va xususiy korxonalarda, loyihalashtirish tashkilotlari va ijtimoiy sohada, shuningdek pochta aloqasi sohasida faoliyat yuritadilar. Fakultet dekanimiz, Botirov Fayzullajon Baxtiyorovich. Fakultetimizda 4 ta kafedra bor. Ular :
    Chet tillari kafedrasi;
    Pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi;
    Menejment va marketing kafedrasi;
    AKT sohasida iqtisodiyot kafedrasi.
    Bizning kafedra “AKT sohasida iqtisodiyot” deb nomlanadi.
    KAFEDRA TARIXI
    “Iqtisod” kafedrasi 1971 yilda universitet “Siyosiy iqtisod” kafedrasi ikki mustaqil kafedraga bo‘linishi natijasida dastlab “Aloqa korxonalari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqaruv” deb nomlandi. Kaferdani 1971-1974 yillarda X.S.Mansirev boshqardi.
    Kaferdaga 1974-1986 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent V.G.Butkeyev, 1986-1991 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent O.Ye.Yakovlevlar mudirlik qildilar.
    Kafedraga 1991-2011 yillarda o‘z kasbini chuqur egallagan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent T.M.Butkeyeva mudirlik qilgan.
    1996 yilda iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi fakultet - O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining 1996 yil 20 maydagi 175-sonli buyrug‘iga asosan muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil qilinishi sababli kafedra tarkibidan “Aloqa korxonalarning iqtisodiyoti” kafedrasi ajralib chiqdi.
    2002 yil 13 dekabrdan Universitet rektorining buyrug‘i bilan “Iqtisod” kafedrasi deb yuritila boshlandi.
    “Iqtisod” kafedrasiga 2012-2013 yillarda iqtisod fanlari nomzodi Sh.E.Sindarov mudirlik qilgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 son qarori talablarga muvofiq Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish natijasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab yangi “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabuli boshlanadi va 2013 yildan kafedra nomi “AKT sohasida iqtisodiyot” deb yuritila boshlandi.
    Kafedraga 2013-2016 yillarda iqtisod fanlari nomzodi S.P.Achilova, 2016 yil 4-sentyabrdan 2016 yil 10 oktyabrgacha iqtisod fanlari nomzodi X.A.Qobulov mudirlik qilgan.
    Bugungi kunda ushbu kafedraga 2016 yil 12 oktyabrdan iqtisod fanlari nimzodi, dotsent N.A.Iminova mudirlik qilmoqda.
    Kafedra o‘qituvchilari kafedra ilmiy mavzusi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan seminarlar hamda xalqaro, respublika ilmiy-texnik va ilmiy-metodik konferentsiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kafedra o‘qituvchilari tomonidan respublika va xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar muntazam ravishda chop etilmoqda.

    Iqtisodiy taraqqiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichi iqtisodiy faoliyatning elektronlashuvi va innovasion yondashuvlarga asoslangan biznes shakllari tobora kengayib borishi bilan o‘zini namoyon qilmoqda. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitlarida iqtisodiy faoliyat va biznes yuritishning an'anaviy usullari yangi tendensiyalar talablariga unchalik ham mos kelmay, milliy iqtisodiyotlar va biznes sub'ektlar raqobatbardoshligini ta'minlay olmayapti. Axborot-kommunikasiya va raqamli texnologiyalarning insoniyat hayotida keng qo‘llanishi iqtisodiy faoliyatning yanada takomillashishiga va uning jadallashishiga olib kelmoqda. Bu borada elektron tijorat va elektron savdo mexanizmlarining shakllanishi va rivojlanib borayotgani ayniqsa alohida ahamiyat kasb etadi.


    Elektron savdolar iqtisodiy faoliyatni jadallashtirishi bilan birga uning
    samaradorligini sezilarli oshirishga imkoniyat yaratadi. Biznes
    yuritishning elektron usullari qo‘llanishi bir tomondan tovar va xizmatlarning sotilishini rag‘batlantirgan holda mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlash
    evaziga bozorlarni kengaytirsa, ikkinchi tomondan, joriy xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Elektron savdolar mexanizmi ham iqtisodiy rivojlanish
    tendensiyalari va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yo‘lidagi alohida bosqich, ta'bir
    joiz bo‘lsa, muhim kashfiyot bo‘lib hisoblanadi. Ushbu mexanizm bugungi kunda butun
    dunyoni qamrab olgan COVID-19 koronavirus pandemiyasi va global karantin
    sharoitlarida o‘zining beqiyos afzalligini yana bir bor namoyon qilmoqda va elektron
    savdolar samarali iqtisodiy faoliyatning ajralmas mexanizmi ekanligini yaqqol
    tasdiqladi.
    Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
    Elektron savdo faoliyati va tushunchasining ilmiy adabiyotlarda turlicha
    yondashuvlar asosida talqin qilishga urinishlar mavjud bo‘lib, ushbu tushuncha
    mohiyatini aniqroq bayon qilishda uning belgilarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
    Qator tadqiqotchilar, shu jumladan, A.Orlova va N.Minenkovoy
    elektron savdoning asosiy belgilari sifatida savdo bitimlarini ijro etish va
    tovarlar (xizmatlar) harakatida elektron kommunikasiya vositalarning
    qo‘llanishini ko‘rsatib o‘tishadi.
    Elektron savdo elektron tijoratning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, ko‘pchilik
    adabiyotlarda ushbu tushunchalar deyarli sinonim sifatida qayd etiladi. Xususan,
    elektron savdolar nazariy asoslarini yaratishda faol ishtirok etgan tadqiqotchi
    olimlar I.G.Balanov va D.Koz'e o‘zlarining ilmiy ishlarida “elektron
    tijorat” va “elektron savdo” tushunchalarini o‘rtasida prinsipal farqlar mavjud
    emasligini qayd etadi.
    Elektron savdo an'anaviy formatdagi savdo usullariga nisbatan bir nechta
    afzalliklarga ega: bitim tomonlarining geografik joylashuv noqulayligini
    istisno etadi va ular o‘rtasida muzokaralar olib borish vaqtini qisqartiradi,
    shuningdek, zarur ma'lumotlarni qabul qilish va taqdim etish jarayonini
    jadallashtiradi.
    Tadqiqot metodologiyasi
    Mazkur ilmiy maqolani tayyorlash jarayonida tadqiqot metodologiyasining
    ushbu mavzu uchun eng maqbul deb topilgan usullari qo‘llanilgan. Elektron
    savdolarning hozirgi holati va soha afzalliklari ekspert baholangan va qiyosiy
    tahlil usulidan foydalangan holda elektron tijorat va elektron savdo tushunchalari
    o‘rtasidagi farqlar namoyon etilgan. Shu bilan birga elektron savdo
    infratuzilmasining rivojlanish istiqbollari iqtisodiy tahlili amalga
    oshirilgan.
    Tahlil va natijalar
    Yangilanayotgan jamiyat taraqqiyotning shunday bosqichida turibdiki, bunda yangi
    axborot kommunikasiya texnologiyalarining jadallik bilan tarqalishi va shu asosda
    ijtimoiy-iqtisodiy hayotning muhim bo‘g‘inlarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
    So‘nggi yillarda zamonaviy aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanishi
    butunjahon axborot magistrali vujudga kelishi va shu asosda insoniyat faoliyatining
    “raqamli madaniyat” deb nomlanuvchi mutlaqo yangi ko‘rinishi shakllanishiga olib
    kelmoqda. Mazkur jarayonlarning ta'siri ostida axborot bilan ishlash an'anaviy
    ish uslublari butunlay o‘zgarmoqda. Uchinchi ming yillikning boshlanishi global
    komp'yuter tarmog‘ining insoniyat uchun ulkan imkoniyatlarini anglash, ularni
    iqtisodiyot va xalqaro biznesning turli jabhalarida qo‘llash davri bo‘ladi. Bir so‘z
    bilan aytganda, biz “internet iqtisodiyoti” yoki “raqamli dunyo iqtisodiyoti” deb
    nomlanuvchi yangi iqtisodiyot va “elektron biznes” davrida turibmiz [14].
    Elektron texnologiyalar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning turli
    jabhalarida foydalanish mumkin bo‘lgan universal xususiyatga ega vositalar bo‘lib,
    istalgan tadbirkorlik sub'ekti faoliyatida (savdo, ishlab chiqarish, marketing va
    h.k.) nafaqat qo‘llash, balki ular orqali yuqori samaraga erishish evaziga
    raqobatbardoshlikni oshirish mumkin. Yangi bozorlarni topish, mijozlar qamrovi va
    talabini kengaytirish, bozordagi o‘zgarishlarni tezkorlik bilan “sezish” va o‘z
    vaqtida marketing rejalarini ishlab chiqishda elektron texnologiyalarning xizmati
    beqiyosdir.
    Yildan-yilga tovar va xizmatlar oldi-sotdisi elektron texnologiyalar,
    xususan, internet tarmoqlari orqali amalga oshirilishi kengayib bormoqda.
    Amaliyotda elektron savdolar qanchalik keng avj olayotganiga qaramasdan elektron
    savdolarning umumqabul qilingan nazariyalari va qonunchilik asoslari to‘liq
    shakllanib ulgurmagan bo‘lib, muttasil takomillashib va to‘ldirilib borilmoqda.
    Elektron savdo dastlab tadbirkorlik faoliyatining alohida bir turi sifatida
    shakllangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u butun tadbirkorlik faoliyati bilan
    uyg‘unlashib kettiki, tadbirkorlik faoliyatining alohida turi emas, balki istalgan
    tadbirkorlik faoliyatining ajralmas unsuriga aylanib ulgurdi. Iqtisodiy
    nazariyada ishlab chiqarish omillari sifatida odatda yer, ishchi kuchi, kapital va
    tadbirkorlik layoqati ajratib ko‘rsatib kelingan bo‘lsa, bugungi kunga kelib internet
    tarmog‘ini ham alohida resurs (omil) sifatida ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
    Chunki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning birlamchi asosi aynan
    internet va raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lib bormoqda. Xususan, nafaqat
    tovar va xizmatlar savdosi, shuningdek, xomashyo bozorlari ham elektron savdolarga
    tayanmoqda. Zamonaviy texnologiyalar rivojlanishi asnosida internet ijtimoiyiqtisodiy hayotning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga insoniyat uchun qator
    afzalliklar, shu jumladan, elektron tarmoqlarda qulay va tezkor xaridlarni amalga
    oshirish imkoniyatlarini yaratib berdi. Bu esa, an'anaviy savdodan elektron
    savdolarga o‘tish tendensiyasini boshlab bermoqda.
    Elektron savdo an'anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq sutkaning
    istalgan vaqtida mijozlarga avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish va qo‘llabquvvatlash imkoniyatlariga ega. O‘z navbatida, bu jarayon xizmat personalini yollash
    bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar sarflanishini talab qilmasligi biznes uchun ham
    muhim afzalliklardan biridir. Bunda “Amazon” kompaniyasining elektron savdo
    tizimini keltirib o‘tish bunga yaqqol misoldir. “Amazon” an'anaviy ko‘rinishdagi
    savdo rastalari va do‘konlarisiz barcha mahsulotlarini internet tizimi orqali
    sotadi va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq butun jarayonini
    muvofiqlashtirib boradi. Ishlab chiqaruvchilar esa yirik miqdordagi tovar
    zaxiralarini to‘plab o‘tirishlari shart emas [11].
    Umuman olganda, elektron savdoning quyidagi belgilari (xususiyatlari)ni
    ajratib ko‘rsatish mumkin [6]:
    - elektron vositalar qo‘llash orqali an'anaviy bitimlarni
    rasmiylashtirishning takomillashgan shakli;
    - mijozlardan buyurtmalarni qabul qilish va ishlash jarayonlarini
    avtomatlashtirish yo‘li bilan biznes yuritishni texnologik innovasiyalashuvi;
    - sotuvchi va iste'molchi o‘rtasida mutlaqo yangi – masofaviy usul yo‘lga
    qo‘yilishi;
    - an'anaviy savdodan farqli ravishda ijtimoiy munosabatlarda yangi
    sub'ektlarning vujudga kelishini nazarda tutadigan elektron savdo huquqiy
    munosabatlarining murakkab tuzilmasi.
    Xalqaro raqobatning yanada chuqurlashuvi shart-sharoitlari mamlakatlar
    iqtisodiyotlari va biznes hamjamiyatlarini doimiy ravishda bozorda “jon
    saqlash”ning yangi va samarali usullari ustida ishlashni taqozo etmoqda. Ushbu
    usullar ichida biznes jarayonlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida
    boshqarish eng keng qo‘llanilayotgan va yuqori samara berayotgani usullar sirasiga
    kiradi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, internet tarmog‘i rolining
    oshishi va iqtisodiyot sohalarining kompleks avtomatlashtirilishi jarayonlarida
    elektron tijoratning faol qo‘llanishi biznes sub'ektlarining nafaqat
    rivojlanishi, balki ularning raqobatlashgan bozorda o‘z o‘rnini saqlab turishi uchun
    ham juda muhimdir. Elektron savdo mexanizmlari biznes yuritish jarayonlarini
    doimiy takomillashtirib borishi natijasida hozirgi kunga kelib virtual savdo
    munosabatlar hajmi keskin oshib bormoqda. Dunyoning istalgan burchagida joylashgan
    kompaniyalar o‘z biznes strategiyalarini belgilab olishda raqamli texnologiyalar
    imkoniyatlaridan foydalanishni birinchi o‘ringa olib chiqishmoqda. Raqamli
    texnologiyalar hatto kichik korxonalar uchun ham xorijiy hamkorlar bilan aloqani
    yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha bozorlar topish va eng asosiysi iste'molchilarga yaqinroq
    bo‘lishni ta'minlaydi. Elektron muloqot orqali kompaniyalar o‘z mijozlari bilan
    avtomatlashtirilgan va tezkor ma'lumotlar almashinuvga erishishi natijasida talab
    va taklifni boshqarish samaradorligini oshiradi. Ayniqsa, keskin raqobat
    maydonida elektron savdo orqali kompaniya tovarlarni saqlash, joylashtirish va
    savdolarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish evaziga
    raqobatchilari oldida o‘z o‘rnini mustahkamlaydi. Bu esa oxir oqibatda
    kompaniyaning daromadlari oshishiga olib keladi.
    Hozirgi kunda jahon hamjamiyatida va rivojlangan mamlakatlarda elektron
    savdo milliy iqtisodiyotlarning eng samarali va istiqbolli sektorlaridan biri
    sifatida tan olinmoqda. Ko‘pchilik mamlakatlar amaliyotida ushbu sohani “internet
    savdo” yoki “elektron tijorat” atamalari bilan nomlash urfga aylangan. Dunyo bo‘ylab
    internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari ortishi munosabati bilan mutlaqo yangi
    bozorlar kashf qilinmoqda. Ushbu yangi bozorlarning asosini esa elektron savdo
    tizimlari tashkil etadi. Elektron savdo iste'molchilar uchun qulay va tezkor
    xaridlarni amalga oshirish imkonini bersa, korxonalar uchun sotish bilan bog‘liq
    xarajatlarni tejash imkonini beradi. Internet tarmog‘ida savdo aloqalari shiddat
    bilan rivojlanib bormoqdaki, ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlar va amaliy
    ko‘nikmalar qisqa muddatlarda o‘z dolzarbligini yo‘qotib, texnologiyalarning yangi avlodlari bilan ishlash ko‘nikmalarini muntazam shakllantirib borish taqozo
    etilmoqda. Shuning uchun, axborot texnologiyalarga asoslangan elektron savdo
    tizimlarini holatini va rivojlantirish yo‘nalishlarini ta'minlash bugungi
    kunning dolzarb muammosi hisoblanib, ayniqsa 4G – to‘rtinchi avlod axborot
    texnologiyalari taraqqiyotining so‘nggi tendensiyalarini inobatga olgan holda ushbu masalaga chuqurroq yondashish davr talabidir.

    T/R

    Elektron savdoning afzalliklari.

    Kutiladigan samara.

    1

    Istemolchiga tovar haqida ma’lumotlarni yetkazib berish vaqtini qisqartiradi.

    Vaqt harajatlarini qisqartiradi

    2

    Vaqtni inobatga olmagan holda butun sutka mobaynida savdoni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

    Vaqt va moliyaviy harajatlarni qisqartiradi.

    3

    Vositachilar ishtirokini kamaytiradi, ishlab chiqaruvchi
    va iste'molchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa
    tiklanadi.



    Moliyaviy xarajatlarni
    qisqartiradi.



    4

    Real vaqt rejimida mintaqalararo va xalqaro miqyosda
    savdolar amalga oshiriladi



    Mijozlar soni
    ortadi.



    5

    Raqobatbardoshlikni oshiradi.

    Sotish hajmlarini
    ko‘paytiradi.



    6

    Potensial mijozlar sonining cheklanmagan tarzda
    oshishi, xorijiy iste'molchilar hisobiga yangi bozorlar
    ochiladi.



    Bozorni kengaytiradi.

    7

    Tovar haqida ma'lumot turlarini kengaytiradi.

    Tovarlar haqidagi
    reklamalar sifati va
    haqqoniyligini oshiradi.



    8

    Mijozlar ehtiyojlari bo‘yicha maksimal axborot
    yig‘iladi, ko‘p talab etiladigan tovarlar sotiladi.



    Tovarlar sotish hajmi oshadi,
    mijozlar soni kengayadi.



    9

    Personal va ijara to‘lovlariga xarajatlar qisqaradi

    Moliyaviy xarajatlarni
    qisqartiradi.



    10

    Turli to‘lov shakllari kengayadi (mijoz an'anaviy shaklda
    va internet orqali to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin).



    Yetkazib beruvchilar bilan
    hisob-kitoblar va o‘zaro
    munosabatlar soddalashadi.



    11

    Elektron to‘lov sxemalaridan foydalanish orqali pul
    aylanmasini tezlashtiradi.



    Milliy iqtisodiyot
    rivojlanish sur'atlarini
    oshiradi.



    12

    Spekulyativ kapital hajmlarini kamaytiradi (ishlab
    chiqaruvchi bo‘lmagan vositachilarning kapitalini
    qisqartiradi)



    Ishlab chiqarish sohalariga
    investisiyalarni
    ko‘paytiradi

    Jadvalda keltirilgan elektron savdoning afzalliklari umumiy holatda birbiri bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Elektron savdo tizimlari orqali savdo
    servisini optimallashtirish, iqtisod qilingan mablag‘larni ishlab chiqarishni
    modernizasiya qilishga yo‘naltirish, shuningdek, vaqt, personal va moliyaviy
    xarajatlarni tejash natijasidan umumiy xarajatlarni 15-25 foizga qisqartirish
    iqtisodiy sub'ekt raqobatbardoshligi oshishining yorqin namunasidir.
    Ta'kidlash joizki, “elektron savdo” tushunchasini to‘liqroq tushunish uchun asli
    kelib chiqishi ingliz tiliga borib taqaladigan “e-commerce” atamasini keltirib
    o‘tish maqsadga muvofiq. Vaqtning o‘tishi bilan elektron savdo “e-commerce”dan
    alohida yo‘nalish sifatida ajratib ko‘rsatila boshlandi. Elektron savdo “ecommerce”, ya'ni elektron tijoratdan farqli o‘laroq asosan tovar va xizmatlar oldi-sotdi jarayonini qamrab oladi. Elektron tijoratning qamrov doirasi elektron
    savdoga nisbatan kengroq bo‘lib, unda ishlab chiqarish munosabatlari ham ishtirok
    etadi. Elektron savdo tizimi orqali iste'molchi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) bilan
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilmasdan va tovarlar qidirishda ortiqcha xarajat va vaqt
    sarflamasdan xaridlarni amalga oshirsa, o‘z navbatida sotuvchi elektron axborotlar
    olish imkoni yuqoriligi sababli bozordagi vaziyatga tezkorlik bilan moslashishga
    harakat qiladi.
    Elektron savdo tizimlarining afzalliklari bilan bir qatorda uni
    rivojlantirishda to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim muammolar mavjud. Xususan,
    internet tarmog‘ining qamrovi, tezligi va undagi uzilishlar, internetdan
    foydalanuvchilar sonining kamligi, raqamli loyihalarni moliyalashtirish
    resurslari cheklanganligi, elektron infratuzilma va to‘lov tizimlarining yetarli
    rivojlanmaganligi, elektron moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar o‘rtasida
    raqobatning sustligi, yangi elektron to‘lov tizimlarini qonuniy tan olish
    jarayonining cho‘zilib ketishi, internet tarmog‘ida to‘lovlar xavfsizligi bo‘yicha
    himoya tizimlari mavjud emasligi, malakali mutaxassislar sonining kamligi
    singari qator kamchiliklar milliy iqtisodiyotda elektron savdo tizimlarining
    to‘laqonli va samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta'sir o‘tkazadi.
    Internet tarmoqlari asosida zamonaviy axborot-kommunikasiya
    texnologiyalarining rivojlanishi, shuningdek, yangi axborot tizimlarining vujudga
    kelishi va savdo munosabatlariga elektron texnologiyalarning kirib kelishi
    zamonaviy savdoning elektronlashuviga olib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida
    ham global taraqqiyotga hamohang ravishda milliy iqtisodiyotning rivojlanishi
    raqamli texnologiyalarga tayangan holda, iqtisodiy munosabatlarning
    elektronlashuvi kuzatilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda elektron
    tijorat, jumladan elektron savdoning jadal rivojlanayotganini guvohi bo‘lamiz.
    Buning uchun huquqiy asos yaratilgani, axborot-kommunikasiya infratuzilmasi
    takomillashtirilgani, elektron to‘lov tizimlari va platformalari ishga tushayotgani
    va eng asosiysi ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanayotganligi elektron
    savdolarning yanada kengayishi va rivojlanishi uchun zamin yaratmoqda. 2015 yilda
    “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni yangi
    tahrirda qabul qilinishi mamlakatimizda elektron tijorat va savdolar tizimini
    rivojlantirish uchun mustahkam qonuniy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu
    qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan
    iboratdir. Qonun bilan elektron tijoratning quyidagi asosiy prinsiplari
    belgilab berilgan:
    - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi;
    - shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi;
    - elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi;
    - ishtirokchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi.
    Qonun bilan mustahkamlangan yuqoridagi prinsiplardan ko‘rinib turibdiki,
    elektron tijorat mamlakatimizda boshqa tijorat va savdo mexanizmlari singari
    hech qanday to‘siqlarsiz, to‘laqonli ravishda amal qilishi uchun zamin yaratilgan. Bunda
    tadbirkorlik faoliyatini yuritish erkinligi, elektron tijoratda ishtirok etish
    ixtiyoriyligi, ishtirok etish shart-sharoitlari barcha ishtirokchilar uchun tengligi,
    shuningdek, elektron savdoda qatnashayotgan tomonlarning huquq va manfaatlari
    qonun asosida himoya qilinishi kafolatlangan. Bu esa O‘zbekiston Respublikasida
    elektron savdo tizimlarining faoliyat olib borishi uchun eng asosiy omillardan
    biridir. Bugungi kunga kelib elektron savdoni rivojlantirish mamlakatimizda
    davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalar sirasiga kiradi. Elektron tijorat
    sohasidagi davlat siyosati elektron tijoratni rivojlantirish uchun huquqiy,
    iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va boshqa shart-sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan
    bo‘lib, sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat [1]:
    - elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini
    qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
    - elektron tijorat vositasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik sohasiga
    investisiyalar, zamonaviy texnologiyalar va jihozlarni jalb etish uchun shartsharoitlar yaratish;
    - tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi
    faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarishtexnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta'minlash;
    - elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni
    rag‘batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini
    oshirish;
    - elektron tijorat sohasidagi xalqaro hamkorlik. Xorijiy davlatlar bilan
    o‘zaro manfaatli va muvofiqlashtirilgan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi.
    Tadbirkorlik sub'ektlari uchun hamkorlikning eng samarali va ustuvor yo‘nalishlari
    belgilab beriladi.
    Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining
    asosiy maqsadi respublikamizda birinchi navbatda sohadagi tadbirkorlik
    faoliyatini har tomonlama - huquqiy, moliyaviy, tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, zaruriy
    infratuzilmani barpo etish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga
    qo‘yish va ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni rag‘batlantirish, shuningdek, boshqa
    davlatlar bilan yaqindan hamkorlik olib borish orqali elektron savdo doirasidagi
    faoliyatni muvofiqlashtirish va mahalliy tadbirkorlik sub'ektlarining elektron
    savdo jarayonlaridagi manfaatlarini tashqi bozorlarda himoya qilishga qaratilgan.
    Xulosa va takliflar
    Milliy iqtisodiyotning istiqboldagi rivojlanishi va uning
    raqobatbardoshligi ta'minlanishi mamlakatimiz hayotida raqamli
    texnologiyalarning qanchalik samarali qo‘llanishi, iqtisodiy munosabatlarni
    elektron platformalar orqali yanada takomillashtirish, elektron savdo
    tizimlarini kengaytirish natijadorligiga bog‘liqdir. Raqamli O‘zbekiston
    taraqqiyotining asosiy mezonlari ham mamlakatimizda elektron munosabatlar
    muhitining qaror topishi, elektron texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalana
    oladigan tadbirkorlik sub'ektlari sonining ortishiga tayanadi.
    Xalqaro amaliyotdagi tajribalar singari milliy biznes tendensiyasining ham
    elektron texnologiyalarga asoslanishi davrning o‘zi taqozo etmoqda. Mahalliy
    tadbirkorlik sub'ektlarining nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham
    raqobatdoshligining muhim omili aynan elektron tijorat mexanizmlari,
    jumladan, elektron savdo tizimlari bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda axborot
    texnologiyalardan foydalanmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tobora
    imkonsiz va aytish mumkinki, mantiqsiz holatga aylanib bormoqda.
    Mamlakatimizda elektron texnologiyalar nafaqat savdo jarayonlarida keng
    qo‘llanilmoqda, balki biznes faoliyatining butun jarayonida – ishlab chiqarish,
    xizmat ko‘rsatish, biznesni boshqarish, moliyaviy menejment va marketing
    faoliyatlarining eng samarali va ajralmas mexanizmi hisoblanadi. Shu bilan birga,
    elektron texnologiyalarning oxirgi yutuqlarini samarali qo‘llash milliy
    iqtisodiyotning xomashyo resurslariga qaramligini kamaytirish va yuqori
    texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot barpo etishga zamin yaratadi.
    Xulosa o‘rnida ta'kidlab o‘tish joizki, rivojlangan va rivojlanayotgan
    mamlakatlarda elektron savdolarning muttasil rivojlanib borishi tendensiyasi
    elektron savdolar an'anaviy savdolarning o‘rnini to‘liq bosadi deb xulosa
    chiqarishga olib kelmasligi kerak. Balki, elektron savdolar an'anaviy savdo
    mexanizmlari bilan raqobatlashadigan muhit yuzaga kelishiga olib kelib, oxir
    oqibatda umumiy iqtisodiy munosabatlar yanada takomillashib borishi muqarrar.

    Kompyuter tizimlari samaradorligini oshirish va tarmoqtexnologiyalarining mukammallashtirishi yangi iqtisodiy faoliyat turi- elektron biznesning shakllanishiga olib keldi. Elektron bizness- biznesning o’ziga xos turi bolib axborot texnologiyalarining ishlab chiqarish savdo va tovar va xizmatlarni taqsimlash jarayonlariga ma’lum ma’noda tadbiq qilish orqali amalga oshiriladi. Elektron bizness asoslarini ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan soxasi kalit tushunalar va ta’riflarni shakllantirishdan boshlash maqsadga muvofiq. Bugungi kunda ishlayotgan ta’rif va traktovkalar ularning mualliflarining mutahasis tayyorgarligi va ortitrilgan tajribasiga mos kelib, iqtisod sohasidagi voqealarni faqat qisman qamrab oladi va bir qancha nuqtai nazarlarni o’zida aks ettiradi Masalan IBM kompaniyasi mutahasislarining tarifiga kora elektron bizness- bu asosiy bizness jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish. Internet bizness ensklopediyasining ta’rifiga ko’ra esa u foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlarida foydalanadigan har qanday bizness faoliyat. Bu tariflar internet tarmog’ining rivojlanishi va amalga qo’llanishi nuqtai nazaridangina iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi. Shubhasiz milliy shaxsiy va korporativ kompyuter tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron bizness rivojlanishi va mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Lekin ma’lum doiradagi masalalarni yechish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar mujmuasi sifatida elektron bizness savollarini umumiy yoki elektron marketing savollarini qisman ko’rib chiqilishi prespektiv deb hisoblab bo’lmaydi. Chunki tizimning maxsus texnik hususiyatlarini iqtisodiy jarayonlarning obyektiv tasvirini aniqlab berish imkon bermaydi.


    An’anaviy bizness modellarining qollovchisi kompaniyalar foydasi o’sishining ketma-ket qisqartirish bizness jarayonlarning tezligini oshirish zaruriyati va ularning bozor o’zgarishlariga reaksiyasi avval tashqi strukturalar tarmoqg’ining yaratilishiga olib keldi. Hozirgi kunda ta’minotchi-istemolchi zanjirining sezilarli qismi bunday strukturalarga o’tmoqda. Shundan so’ng qo’shilgan qiymat birlashmalarning shakllanishiga olib keldi. Ular mahsulot markasi yoki brendining kompaniya egasi istemolchilarni jalb qilish va ushlab qolish ular bilan o’zaro aloqalarni boshqarish tashqi alyanslar va strukturalar bilan boshqaruvga o’zining moliyaviy va mehnat resurslarini yonaltiradi. Bu kompaniyalarni istemolchiga yonaltirilgani bizness modeliga kirtish mumkin. Chunki brend - bu alohida tovar yoki xizmat qiymati haqida istemolchi miyyasida mavjud tushuncha bolib, bu bozordagi kop turli mahsulotlar ichidan aynan birini tanlashga imkon beradi. Shuni aytish lozimki bu yangi bizness modelining asosi brend sarmoyasi o’z brendiga ega kompaniyaning bizness hamkorlari bilan hamkorligi aks ettiradi. Bunday kompaniyalar tarmog’i qo’shilgan qiymat birlashmalari deb atala boshlandi. Korib o’tilgan transformatsiyasiga sanoatning avtomobil va kompyuter kabi yetakchi sohalari misol bo’la oladi.


    Корхона учун электрон бизнес фойдасини куйидагича кўрсатиш мумкин:

    • Elektron biznes bozor chegaralarini kengaytiradi. Korxona xatto katta bo‘lmagan sarmoya bilan mijozlarga global ko‘lamda xizmat ko‘rsatishi mumkin. 1997 yildayoq aviaqurilish giganti Boeing kompaniyasi o‘z ta'minotchisi sifatida kichik Venger firmani tanladi. U nafaqat buyurtmani sifatli bajardi, balki uskunalarni vaktida va ancha arzon narxda yetkazib bera oldi. Bu aloka elektron tender orkali amalga oshirilgan.


    • Elektron biznes axborotni olish, kayta kechikishlarini kamaytiradi. xarajatlarni pasaytiradi.


    Elektron biznes korxonalarga tor doira mutaxassisligida faoliyat yuritishga imkon beradi.

    • Elektron biznes zaxiraning kamayishi xisobiga ko‘shimcha xarajatlarni sezilarli pasaytirishga imkon beradi. Mijozning anik so‘rovidan so‘ng ishlab chikarish boshlanadi.


    • Elektron biznes umumiylashtirilishi buyutmaga asosan ishlab chikarishga imkon yaratadi. Bu bilan korxonaning rakobat kilish imkoniyatlarini oshiradi.


    Biznes jarayonlarning tezlashishi korxonaning barcha ishchilari unumdorligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi.


    • vaktning real kulamida interaktivlik muvofiklikning mumkinligi. Internetda aloka ikki tomonlama bo‘lib, real vaktda yuz beradi va axborot tizimlari muvofiqligi bilan ta'minlanadi. Bu marketing qarorlarini kabulkilishda prinsipial jihatdan muxim xisoblanadi. Bu xususiyatlar marketologga real vaktdako‘pgina muammolarni (masalan, narx belgilash) hal qilishga imkon beradi.


    • Elektron biznes texnologiyalari mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni operativligini oshirishga, mijozlarning katta soni bilan bir vaktning o‘zida ishlash imkoniyati, mijozlar bilan paralell muloqot qilish imkoniyatiga yo‘l ochib beradi.


    O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan BMT Taraqqiyot dasturi o‘rtasida 2000 2004 yillardagi davrda hamkorlik kilish to‘g‘risida - shartnoma tuzilgan bo‘lib, unga binoan BMT axborotlashtirish dasturiga ko‘maklashi, shuningdek xukumat ehtiyojlariga muvofik ravishda donor tashkilotlarining uchinchi tomonlarning faoliyatini keltirish va mexanizmi sifatida tayyorlangan "raqamli taraqqiyot tashabbusi" dasturi bajarilishini ta'minlashi lozim. Respublikada axborot kommunikasiya texnologiyalari rivojlanish monitoringining yo‘lga qo‘yilgan tizimi bu dasturni amalga oshirishda eng muxim va eng samarali mexanizmlardan biri bo‘lishi lozim.

    Respublikaning rivojlanayotgan jahon iqtisodiyotiga kanchalik tez qo‘shilishi bir vaqtning o‘zida davlat sosializmidan kolgan merosdan kutilish va siyosiy tashkilotlar hamda boshqaruv mexanizmlarini tezda yangilash qobiliyatiga bog‘liq. Shu jihatdan olganda axborot kommunikasiyalar texnologiyalari tashkilotlarni isloh qilishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlar ochib beradi. "Elektron xukumat" tizimi (hukumat ishlarini onlayn rejimida amalga oshirish) O‘zbekistonda o‘z taraqqiyotining boshlang‘ich boskichidadir. Internet tarmogiga ulangan davlat tuzilmalari (2002 yilda 183 % ga) va xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar (15 % ga) soni keskin oshdi.


    Internet resurslari orasida O‘zbekiston mavzusidagi ma'lumotlar kam. Juda kam tashkilotlar hozir tarmoq uchun muntazam biror ma'lumot taqdim etadi, mavjud web - saytlarning ko‘pchiligida bazaviy tasviriy va aloqa axboroti mavjud xolos. Ko‘p tashkilotlar o‘z web -sahifalarini kamdan kam yangilaydi va saytga bog‘langan ma'lumotlar bazasiga ega emas. Ko‘p saytlarda arxiv ma'lumotlarini izlash va ulardan foydalanish imkoniyati yo‘q, bu esa zarur ma'lumotlarni topishni qiyinlashtiradi. 2003 yil 1 yanvargacha davlat muassasalari va tashkilotlarning atigi 1,1 % Internetga ulangan edi. Fakat 300 imkoniyatlaridan foydalangan.


    Ushbu qonun 2004 yil 29 aprel kuni kabul qilindi. Bu Qonunning maqsadi elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Qonun 14 moddadan iborat va O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat kiladi. Unda elektron tijorat ishtirokchilari, ularning huquqiy holati, elektron tijoratni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs to‘g‘risidagi axborot, axborot vositachilarining xizmatlari,shartnoma shartlari va uni tuzish, ofertaga taklif etish, unga qo‘yiladigan talablar, nizolarni hal etish, elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik haqida ma'lumotlar berilgan.


    Bundan tashqari O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dasturda kompyuterlashtirish va axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, axborot xavfsizligini va bu soha rivojlanishini mablag‘ bilan ta'minlash yo‘llari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari bu dasturga 10 ilova kiritilgan bo‘lib, bu ilovalarda 2005-2010 yilgacha bo‘lgan vaktda telekommunikasiya tarmog‘i O‘zbekiston Respublikasi shaharlarini kamrab olishning maksadli yo‘nalishlari va rejalari bayon etilgan.


    Elektron tijoratni olib boruvchilar nuqtai nazaridan kelib chikkan xolda korxonalar tomonidan asosiy hamda yordamchi ishlab chiqarish va ish jaryonlarini ajratib olish maqsadga muvofikdir.

    Asosiy jarayonlarga kuyidagilarni kiritsak bo‘ladi:


    - Yangi mahsulotni yaratishga qaratilgan ilmiy tajribaviy konstruktorlik ishlarini o‘tkazish; izlanishlar va


    - Ishlab chikarish, ya'ni tovarlarni tayyorlash (etkazib berish) va xizmatlar ko‘rsatish;


    Sotish;
    Servis va kuzatmoklik - tovarni sotib olgandan so‘ng va shartnoma shartlari bajarilgandan so‘ng sotib oluvchiga ko‘rsatilgan xizmatlar yigindisi.


    Yordamchi ishlab chiqarish va ish jarayonlariga moliyaviy xisobot. personalni boshkarish, axborot ta'minoti va ma'muriy xo‘jalik faoliyati kiradi.


    Elektron tijoratning asosiy masalalari bo‘lib sotiboluvchilardan maksimum buyurtma kabul kilishi, maxsulot realizasiyasi, bitimlarni tuzish xisoblanadi. Elektron tijoratni Internetga o‘tkazishning asosiy sabablari esa reklamada, personalda, savdo maydonlarida iktisod kilmoklik, mijozning o‘zi rasmiylashtirishi hisobiga shartnoma tuzishga ketadigan vaktning kiskarishi, buyurtma to‘lovini zudlik bilan rasmiylashtirish imkoniyati buyurtmaning xizmatlar tushishining avtomatlashtirilishi ishlab tizimiga chikarishning rejalashtirilishidir. Internetda shartnomalar tuzishning xal kiluvchi sababi bo‘lib sotuvchi yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi bilap mijozning tugridan tugri kelishuvi na dialogi sanaladi. Bunday mexanizmning bo‘lmasligi elektron tijoratni Internetga to‘la konli kiritish imkoniyati tugrisida gapirishga sharoit yaratmaydi. Shunday kilib, elektron tijorat yordamchi ishlab chikarish va jarayonlarning salmokli kismi bulib, sotuvlarning operativ xisobi va ularning avtomatlashtiruvini ta'minlaydi.


    Internet korxonaga reklama, maxsulot va xizmatlarni sotish bilan boglik xarajatlarni kamaytirish, sotish bozorini kengaytirish va bu bilan sotuv xajmini ko‘paytirishga imkon beradi. Elektron tijoratni olib borish uchun Internetdan foydalanishning eng kulay modellar va usullarni tanlashda kuyidagi savollarga javob topish kerak: asosiy mijozlar kim? Ularning faoliyat turlari va geografik joylashuvi?


    mijozlarning komp'yuterlashtrilganlik darajasi va ularning yangi axborot texnologiyalariga munosabatlari,

    -sotish uchun korxona tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar ko‘rinishlarini matn va rangli grafika yordamida kay darajada yaxshi namoyish etish mumkin?


    - global tarmokda elektron tijorat olib boraëtgan rakobatchilarga Internetni ishlatish qanchalik samarali,


    korxona undagi bor vositalar nuktai nazaridan elektron tijoratni Internetda tashkil kilish imkoniyati mavjudmi?


    Tajribadan ma'lumki, kuyidagilarni elektron tijorat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari sifatida ajratish mumkin:


    - originallik original (yoki rivojlangan mamlakatlarning elektron


    bozorlarida o‘zini yaxshi rekomendatsiyalagan) fikr va bozorning alohida segmentidagi salmokli tavsiyalar olgan qat'iylik - elektron tijorat sohasida o‘zining siyosatini keyinchalik amalga oshirishidagi menejmentning qat'iyligi maqsadga yo‘naltirilganlik taklif qilinaëtgan tovarlar xizmatlarni sotish uchun aniq maqsadli Internet auditoriya ajratish va Mijozlarning guruhlarini qiziqishlar, umumiylik va hokazolar bo‘yicha shakllantirish.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni,
    Manba: https://lex.uz/docs/2650293
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
    son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
    strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
    3. Balabanov I.T. «Elektronnaya kommersiya». – SPb.:Piter, 2002.
    4. Djumaniyazova M.Yu. «Perspektivi razvitiya elektronnoy kommersii v
    Uzbekistane». Journal of Economy and Business, vol 6. 2018.
    C. 65-67.
    5. Delfmann, W., Albers, S. Gehring, M. 2002. The impact of electronic commerce on
    logistics service providers. International Journal of Physical Distribution and Logistics, 32,3:
    203-222.
    6. Yemanova N.S. «Priznaki elektronnoy torgovli». Vestnik Omskogo
    universiteta. Seriya «Pravo». 2014. № 1 (38). S. 48-50.
    7. Efendi, Jap, Michael Kinney and L. Murphy Smith. 2008. Profitability Analysis of B2B
    Buy-Side E-Commerce Systems. Working Paper, Texas A&M University.
    8. Gulyamov S.S. i dr. “Blokcheyn texnologii v sifrovoy ekonomike”.
    T.: “Iktisodiyot va moliya” 2019 – 386 s.
    9. Hunter, Shirley and L. Murphy Smith. 2008. Impact of Internet Financial Reporting
    on Emerging Markets. Journal of International Business Research, In press. Available at
    http://papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstract_id=1017078.
    10. Kaz'mina I.V., Shegoleva T.V. «Sostoyanie i osnovnie tendensii razvitiya
    otechestvennoy elektronnoy torgovli na osnove informasionnix texnologiy»,
    M.:Ekonominfo. 2017. №1-2.
    11. Koz'e D. «Elektronnaya kommersiya». – M.: Russkaya redaksiya, 1999. – S. 6.
    12. Minenkova N.V. «Mejdunarodno-pravovoe i nasional'no-pravovoe
    regulirovanie elektronnoy torgovli»: avtoref. dis. kand. yurid. nauk. –M., 2008. – S. 27.
    13. Orlova A. «Vo Vsemirnoy torgovoy organizasii net soglasiya po
    elektronnoy torgovle»//Ibusiness. – 2001. – № 1. – S. 23.
    14. Parshensev A.A. «Problema i perspektivi razvitiya elektronnix
    magazinov»// Marketing v Rossii i za rubejom. - 2010. S. 85.
    15. Rahimova X. “Elektron savdo maydonlarini samarali tashkil qilish -
    elektron tijoratni rivojlantirish garovidir” 2017. Manba: www.norma.uz
    16. Usmonova A.I. “Elektron tijorat virtual iqtisodiyotning asosiy
    komponenti sifatida: tahlil va tavsiyalar”//“Xalqaro moliya va hisob” ilmiy
    elektron jurnali, 1-son, 2018.
    18. “Xalq so‘zi” gazetasining 2015 yil 23 maydagi 103 (6286)-soni.
    Download 33,77 Kb.
    1   2




    Download 33,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakultet va kafedra haqida ma’lumot

    Download 33,77 Kb.