Viruslarni topishni, ularni joylashib olish bosqichida yoki hech bo‘lmaganda
virusning buzg‘unchilik funksiyalarini boshlagunga qadar amalga oshirgan
maqsadga muvofiq. Shuni ta’kidlash joizki, barcha turdagi viruslarni topishni
kafolatlovchi antivirus vositalar mavjud emas.
Virus topilgan holatda, uning tizimga keltirishi mumkin bo‘lgan zararli
ta’sirini minimallashtirish maqsadida darhol virus-dasturning ishini to‘xtatilish
lozim.
Virusning ta’sir oqibatlarini bartaraf qilish ikki yo‘nalishda olib boriladi:
– virusni o‘chirish;
– fayllarni, xotira sohalarini tiklash.
Tizimni qayta tiklash virus turiga, uni aniqlangan hamda zararlovchi ta’sirini
boshlagan vaqtiga bog‘liq. Viruslar tizimga kirish jarayonida, o‘zini saqlaydigan
joydagi ma’lumotlarni o‘chirib yuborsa hamda zararlovchi ta’siri natijasida
ma’lumotlarni o‘zgartirish nazarda tutilgan bo‘lsa, zaxiraga olingan ma’lumotlarsiz
yo‘qolgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmaydi.
Viruslarga qarshi kurashda aniq bir ketma-ketlik va kombinatsiyada
qo‘llaniluvchi, viruslarga qarshi kurashish usullarini hosil qiluvchi dasturiy va
apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.