MАSLАHАTLАR:
Koʼrsatilgan roʼyxatga qoʼyishning amal qilish muddati tugagunga qadar olinishi kerak (30 kun).
Toʼplangan hujjatlarni roʼyxatdan oʼtish joyidagi migratsiya xizmati boshqarmasiga topshirish, shuningdek ularga quyidagilarni ilova qilish zarur: Davlat chegarasidan oʼtganligi haqidagi belgi qoʼyilgan pasport (asli, nusxasi, yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjat);
Ruxsatnoma berilganligi haqidagi ariza – soʼrovnoma (ruxsatnoma berilganligi haqidagi ariza – soʼrovnoma migratsiya xizmati tomonidan beriladi);
Shundan keyin migratsiya xizmati tomonidan jismoniy shaxs qoʼl ostida mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun ruxsatnoma beriladi va vaqtincha registratsiya – uning amal qilish muddati (1, 2 va 3 oy)ga uzaytiriladi;
Ruxsatnomani olgandan soʼng Oʼzbekiston fuqarosi jismoniy shaxs bilan uchning uy xoʼjaligida ishlash uchun mehnat shartnomasi tuzishi mumkin. Uy xoʼjaligida bir vaqtning oʼzida 5 tadan ortiq migrant ishlashi mumkin emas. Berilgan ruxsatnoma ish beruvchining faqat mazkur hujjatda berilgan hududidagi uy xoʼjaligida ishlash huquqini beradi.
Ruxsatnoma faqat migratsiya xizmatida 1, 2 va 3 oyga uzaytirishi mumkin.Bunda, Qozogʼiston Respublikasida yashashning maksimal muddati 12 oyni tashkil etib, shundan soʼng mamlakatdan chiqib ketishi kerak boʼladi.Mehant faoliyati tugagandan soʼng roʼyxatdan oʼtgan joy boʼyicha Soliq qoʼmitasiga dekloratsiyani topshirish va soliq davri uchun 10 ish kuni davomida ishlab topilgan daromaddan 10 foizi miqdorida shaxsiy daromad soligʼini toʼlash zarur. Shaxsiy daromad soligʼi boʼyicha dekloratsiya taqdim etilganligi uchun Qozogʼiston Hukumati keyinchalik Qozogʼiston Respublikasiga kirishga ruxsat berilmasligi mumkin.Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi quyidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin:
Qozogʼistonda ishga joylashish uchun ruxsatnoma olmasdan, ishlaganlik uchun – 25 MRP miqdorida jarima solish va Qozogʼistondan chiqarib yuborish;
Roʼyxatdan oʼtish boʼyicha belgilangan tartibga rioya qilmaganlik, migratsiya kartasida koʼrsatilgan muddat tugagandan keyin 3 kun davomida Qozogʼiston Respublikasidan chiqib ketmaganlik uchun – ogoxlantirish;
Roʼyxatdan oʼtishda koʼrsatilgan manzil boʼyicha yashamaganlik uchun – 15 MRP miqdorida jarima solish yoki Qozogʼiston Respublikasi chegaralaridan maʼmuriy chiqarib yuborish;
Аmalga oshirayotgan faoliyati migratsiya kartasida roʼyxatdan oʼtishda koʼrsatilgan maqsadlarga muvofiq emasligi uchun – 15 MRP miqdorida jarima solish yoki 10 kungacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosi yoki Qozogʼiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish.
Ogoxlantirish va maʼmuriy jarima migratsiya xizmati tomonidan, qamoqqa olish va maʼmuriy chiqarib yuborish – faqat sud tomonidan belgilanadi. Shuningdek, migratsiya xizmati xodimlari migrantni ham, uni ruxsatnomasiz ishga olgan ish beruvchini ham migratsiya qonunchiligi qoidalarini buzganliklari uchun yuqorida koʼrsatilgan maʼmuriy javorgarlikka tortishlari mumkin.
Chet el fuqarolari qonunda belgilangan tartibda Qozogʼiston Respublikasidan chiqarib yuborish va yashash muddatini qisqartirish haqidagi qaror ustidan shikoyat arizasi berish huquqiga egadir.
|