|
Oʼzbekiston fuqarosiga Qozogʼiston Respublikasiga kirishga
rad javobni beradigan xolatlar
|
bet | 2/6 | Sana | 04.04.2021 | Hajmi | 24,9 Kb. | | #14104 |
Oʼzbekiston fuqarosiga Qozogʼiston Respublikasiga kirishga
rad javobni beradigan xolatlar:
agar u avval Qozogʼistondan chiqarib yuborilgan boʼlsa;
agar kirish toʼgʼrisidagi rasmiy iltimosnomada oʼzi haqida yolgʼon maʼlumotlar bergan yoki zarur hujjatlarni Qozogʼiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan muddatda taqdim etmagan boʼlsa;
agar unda Qozogʼiston Respublikasiga kirish uchun qarshilik qiladigan kasalliklar boʼlsa;
agar u terroristik faoliyati uchun sudlangan yoki sud tomonidan oʼta xavfli jinoyatchi deb tan olingan boʼlsa;
agar davlatlararo, millatlararo va diniy ziddiyatlarni keltirib chiqarsa;
davlat xavfsizligi, jamoat tartibi yoki aholi salomatligini saqlashni taʼminlash maqsadida;
zaruriyat boʼlganda Qozogʼiston fuqarolari huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish uchun.
* Qozogʼiston Respublikasi hududidan avval chiqarib yuborilgan shaxslarga chiqarib yuborish haqidagi qaror chiqqan kundan boshlab besh yil davomida mamlakatga kirish taqiqlanadi.
Qozogʼiston Respublikaga kirishga ruxsat berilmaganini
qanday aniqlash mumkin?
Qozogʼiston va Oʼzbekiston oʼrtasida tartib mavjudligini eʼtiborga olgan xolda, Oʼzbekiston fuqarosi Qozogʼistonga kirishiga rad javobi berilganligi haqida chegara xizmati xodimlaridan chegaradan oʼtish vaqtida boʼlishi mumkin.Qozogʼiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda yashab turishi uchun Oʼzbekiston fuqarosi Ichki ishlar organlarida oʼzi yashab turgan joyda (migratsiya xizmati) Qozogʼiston hududiga kirgan kundan boshlab besh kun mobaynida (agar u besh kundan kam boʼlgan muddatga kelgan boʼlsa, roʼyatdan oʼtkazish talab etilmaydi) oʼz pasportini roʼyxatdan oʼtkazishi shart. 16 yoshga toʼlmagan bolalar pasportni roʼyxatdan oʼtkazishdan ozod qilinadi.
|
| |